Turdieva Uzayda Omirbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo‘llari ”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4130.
Ilmiy rahbar: Tajenova Gulbahar Esbosinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq Davlat Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Saipnazarov Sherbek Shalavbekovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy – amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat tasarrufidagi yirik korxonalar va tijorat banklari aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy (birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO)) joylashtirishni yanada takomillashtirish taklif etilgan;
davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish hamda infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali joylashtirilgandan so‘ng kamida etti yil davomida mazkur korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividend to‘lashga yo‘naltirish taklif etilgan;
davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar bir moliya yilida jalb qiladigan jami mablag‘larining bir qismini mahalliy kapital bozorida birja va korporativ obligatsiyalarni qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdolarida joylashtirish orqali jalb etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat tasarrufidagi yirik korxonalar va tijorat banklari aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy (birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO)) joylashtirishni yanada takomillashtirish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 16 avgustdagi PC/-01-09/258-ma’lumotnomasi). Natijada, IPO va SPO orqali aksiyalarni ommaviy joylashtirish xususiy va institusional investorlarni bozorga jalb qilishga imkon beradi. Bu esa investisiya muhitini yanada ham yaxshilashga erishilgan.
davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish hamda infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish amaliyotini joriy etish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 16 avgustdagi PC/-01-09/258-ma’lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi bozorda davlat obligatsiyalarining muomalada bo‘lishi orqali savdo hajmlari ortib, bozor likvidligi yaxshilanadi.
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali joylashtirilgandan so‘ng kamida etti yil davomida mazkur korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividend to‘lashga yo‘naltirish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 16 avgustdagi PC/-01-09/258-ma’lumotnomasi). Natijada, investorlar uchun dividendlar orqali barqaror daromad manbai yaratiladi, bu aksiyalarning jozibadorligini oshiradi va IPO/SPO jarayonlariga qiziqishni kuchaytiradi.
davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar bir moliya yilida jalb qiladigan jami mablag‘larining bir qismini mahalliy kapital bozorida birja va korporativ obligatsiyalarni qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdolarida joylashtirish orqali jalb etish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 16 avgustdagi PC/-01-09/258-ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy kapital bozorida likvidlik va faollik oshadi, chunki yirik korxonalarning korporativ obligatsiyalari orqali yangi moliyaviy instrumentlar paydo bo‘ladi.