Nasirova Xatidje Kamoljonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat chiqindilarining buxgalteriya hisobini takomillashtirish”, 08.00.08 – “ Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4511. 
Ilmiy rahbar: Raximova Guzalbegim Murodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdug‘afur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz sanoatida shakllanuvchi chiqindilarning buxgalteriya hisobi tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
neft sanoati korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar hisobidagi noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida 1091-“Neft sanoati chiqindilari” ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida sanoat korxonalarining hisobot davridagi chiqindilar hajmiga oid axborotlarini yoritib beruvchi hisobvaraq-fakturaning namunaviy shakli ishlab chiqilgan;
neft sanoati korxonalarida mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash maqsadida 2311-“Chiqindilarni qayta ishlash xarajatlari” ishchi schyotini kiritish asoslangan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida sanoat korxonalarining chiqindi chiqarishga oid xarajatlarini aks ettiruvchi foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotning takomillashgan variantini qo‘llash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat chiqindilarining hisobini joriy qilish va takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
neft sanoati korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar hisobidagi noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida 1091-“Neft sanoati chiqindilari” ishchi schyotini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya Vazirligi tomonidan 2025 yil 22 fevraldagi 02/28-1-3993-son ma’lumotnomasi, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan 2025 yill 25 fevraldagi  03-18-8-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft sanoatidagi chiqindilar (masalan, neft shlamlari, suv-neft aralashmalari, texnologik chiqindilar) alohida schyotda yuritilishi hisobotlarda aniqlikni ta’minlangan. 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida sanoat korxonalarining hisobot davridagi chiqindilar hajmiga oid axborotlarini yoritib beruvchi hisobvaraq-fakturaning namunaviy shakli ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya Vazirligi tomonidan 2025 yil 22 fevraldagi 02/28-1-3993-son ma’lumotnomasi, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan 2025 yill 25 fevraldagi 03-18-8-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunaviy hisobvaraq-faktura shaklini joriy etish, sanoat korxonalarida xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq chiqindilar hisobini yuritishga, axborotni aniq, shaffof va foydalanuvchi uchun tushunarli shaklda taqdim etishga xizmat qilgan.
neft sanoati korxonalarida mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash maqsadida 2311-“Chiqindilarni qayta ishlash xarajatlari” ishchi schyotini kiritish taklifi  O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya Vazirligi tomonidan 2025 yil 22 fevraldagi 02/28-1-3993-son ma’lumotnomasi, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan 2025 yill 25 fevraldagi  03-18-8-186-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida asosiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar alohida schyotda yuritilishi, mahsulotning haqiqiy tannarxini to‘g‘ri aniqlashga yordam bergan.
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida sanoat korxonalarining chiqindi chiqarishga oid xarajatlarini aks ettiruvchi foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotning takomillashgan variantini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya Vazirligi tomonidan 2025 yil 22 fevraldagi 02/28-1-3993-son ma’lumotnomasi, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan 2025 yill 25 fevraldagi  03-18-8-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindilarni hisobga olish va aks ettirish bo‘yicha takomillashgan moliyaviy hisobotni joriy etish bu nafaqat buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish, balki salohiyatli xarajatlarni optimallashtirish, ekologik javobgarlikni ta’minlash va investorlar ishonchini oshirishga xizmat qiladigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish