Muxtorova Indirabonu Yasharbek qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sayohlarga transport xizmati ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish”, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” va 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.PhD/Iqt5259
Ilmiy rahbari: Xo‘jaev Fazliddin Elmurodovich iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Saidov Mashal Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ravshanov To‘yli Gulmuradovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD).  
Yetakchi tashkilot: Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Tadbirkorlik va biznes Oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sayyohlarga transport xizmatlari koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini barqaror rivojlanish omili boʻlgan transport munosabatlari tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    uslubiy yondashuvga ko‘ra “sayyohlik transport xizmatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xalqaro va mahalliy turistik harakatni ta’minlash maqsadida sayyohlar va ularning yuklarini bir manzildan ikkinchisiga xavfsiz, qulay va samarali tarzda tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan transport xizmatlarining majmuasini turistik mahsulotning ajralmas tarkibiy qismi sifatida hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, transport infratuzilmasini diversifikatsiya qilish, mehmonxona va boshqa xizmat sohalari bilan kooperatsiyalashgan holda, mamlakatning turistik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda undan barqaror iqtisodiy foyda olish imkoniyatlarini kengaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
sayyohlik transport xizmatlarining rivojlanganlik darajasi va sifatini baholash uslubi egalik, foydalanish turi, funksional maqsadi, mulkchilik turi, rivojlanish darajasidan iborat beshta mezon asosida sayyohlarga transport xizmati ko‘rsatish infratuzilmasi tasnifini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
sayyohlarga transport xizmatlari ko‘rsatishda iste’molchilarning asosiy motivatsion omillari ta’sirini baholash — xizmat sifati (IXS = 0,45), narxning maqbulligi (INM = 0,37),  haydovchi muomalasi (IHM = 0,28),  xavfsizlik (IX = 0,68) omillarini o‘zaro ta’sirini yahlit indeks yordamida ifodalash orqali takomillashtirilgan;
sayyohlarga transport xizmatlari ko‘rsatishda xavfsizlik, haydovchi muomalasi va narx maqbulligi darajasini qamrab oluvchi ko‘p omilli regressiya modeli yordamida 2027 yilga qadar transport korxonalari yillik daromadining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida sayyohlarga transport xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sayyohlik transport xizmatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini xalqaro va mahalliy turistik harakatni ta’minlash maqsadida sayyohlar va ularning yuklarini bir manzildan ikkinchisiga xavfsiz, qulay va samarali tarzda tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan transport xizmatlarining majmuasini turistik mahsulotning ajralmas tarkibiy qismi sifatida hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, transport infratuzilmasini diversifikatsiya qilish, mehmonxona va boshqa xizmat sohalari bilan kooperatsiyalashgan holda, mamlakatning turistik salohiyatini reallashtirish hamda undan barqaror iqtisodiy foyda olish imkoniyatlarini kengaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Xalqaro logistika” nomli darslikni tayyorlashda foydadanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda mamlakatning turistik salohiyatini reallashtirish hamda undan barqaror iqtisodiy foyda olish imkoniyatlarini kengaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan sayyohlik transport xizmatlari tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
sayyohlik transport xizmatlarining rivojlanganlik darajasi va sifatini baholash uslubi egalik, foydalanish turi, funksional maqsadi, mulkchilik turi, rivojlanish darajasidan iborat beshta mezon asosida sayyohlarga transport xizmati ko‘rsatish infratuzilmasi tasnifini ishlab chiqish orqali takomillashtirish taklifi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasining 2025-yilning 14 iyuldagi 03-10-17-6363-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm va transportning quyi tizimi sifatida turizmning transport infratuzilmasining konseptual apparatiga aniqlik kiritilib, sayyohlarga transport xizmatlari ko‘rsatishning hozirgi bosqichda sayyohlik tizimidagi roliga ob’ektiv baho berish imkoni yaratilgan;
sayyohlarga transport xizmatlari ko‘rsatishda iste’molchilarning asosiy motivasion omillari ta’sirini baholash xizmat sifati (IXS = 0,45), narxning maqbulligi (INM = 0,37), haydovchi muomalasi (IHM = 0,28), xavfsizlik (IX = 0,68) omillarni o‘zaro ta’sirini yaxlit indeks yordamida ifodalash orqali takomillashtirish taklifi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasining 2025-yilning 14 iyuldagi 03-10-17-6363-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Trawell” MChJ va “Modern Cars” MChJda sayyohlarga transport xizmat ko‘rsatish uchun yangi transport vositalaridan foydalanish natijasida xarajatlarni tejash hisobiga MChJ daromadi 4,3% va 2,9% foizga oshishiga erishilgan; 
sayyohlarga transport xizmatlari ko‘rsatishda xavfsizlik, haydovchi muomalasi va narx maqbulligi darajasini qamrab oluvchi ko‘p omilli regressiya modeli yordamida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan transport korxonalari yillik daromadining prognoz ko‘rsatkichlaridan “Trawell” MChJ va “Modern Cars” MChJning istiqbolni moliyaviy rejalashtirish jarayonlarida qo‘llanilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasining 2025-yilning 14 iyuldagi 03-10-17-6363-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Trawell” MChJ va “Modern Cars” MChJda sayyohlarga transport xizmatlari ko‘rsatishda xavfsizlik, haydovchi muomalasi va narx maqbulligi darajasining o‘zaro muvofiq me’yoriy ko‘rsatkichlarini ta’minlash orqali istiqbolda yillik daromadning yuqori hajmiga erishish imkoni asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish