G‘anieva Gulxayyo Islom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “III sinf o‘quvchilarida ijtimoiy fikrlashni fanlararo mediata’lim vositalari asosida shakllantirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2024.4.PhD/Ped5008
Ilmiy rahbar: Maxmudov Yusup G‘anievich, Termiz davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti, Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent - Adizov Baxtiyor Raxmonovich – Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori;
ikkinchi opponent - Xolov Olim Chorshamievich – Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi III sinf o‘quvchilarida ijtimoiy fikrlashni fanlararo mediata’lim vositalari asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
III sinf o‘quvchilarida ijtimoiy fikrlashni shakllantirish jarayoni mediata’lim vositalari asosida divergent va konvergent tafakkur omillari uyg‘unligida hamda etnomadaniy kontekst (milliy qadriyatlar, urf-odatlar va madaniy muhit) bilan bog‘liq holda ilmiy asoslangan;
III-sinf o‘quvchilarida ijtimoiy fikrlashni shakllantirishga qaratilgan integral model mazmuni mediata’limning moslashuvchanlik tamoyili (variativlik, kongruentlik va interfaollik) hamda maqsadli, metodologik, tashkiliy va natijaviy komponentlar uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
III-sinf “Tarbiya” fani darslarida mediata’lim vositalari (interfaol veb-ilova, podcast, animatsion dastur, diafilm) orqali o‘quvchilarda ijtimoiy fikrlash va axloqiy-madaniy qadriyatlarni shakllantirishning intellektual tarbiyaviy imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
III-sinf o‘quvchilarida ijtimoiy fikrlashni shakllantirish metodikasi samaradorligi o‘qitish tamoyillarini izchil qo‘llash hamda axborotlashgan ta’lim sharoitida reproduktiv, produktiv va ijodiy topshiriqlar bilan diagnostik usullar majmuasini joriy etish orqali nazorat–tajriba sinovlari natijasida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. III sinf o‘quvchilarida ijtimoiy fikrlashni fanlararo mediata’lim vositalari asosida shakllantirish metodikasiga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
III sinf o‘quvchilarida ijtimoiy fikrlashni shakllantirish jarayoni mediata’lim vositalari asosida divergent va konvergent tafakkur omillari uyg‘unligida hamda etnomadaniy kontekst (milliy qadriyatlar, urf-odatlar va madaniy muhit) bilan bog‘liq holda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 01/11-1-991-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy fikrlashni fanlararo shakllantirish bilan bog‘liq nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni qaror toptirishga xizmat qilgan;
III-sinf o‘quvchilarida ijtimoiy fikrlashni shakllantirishga qaratilgan integral model mazmuni mediata’limning moslashuvchanlik tamoyili (variativlik, kongruentlik va interfaollik) hamda maqsadli, metodologik, tashkiliy va natijaviy komponentlar uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirish hamda III-sinf “Tarbiya” fani darslarida mediata’lim vositalari (interfaol veb-ilova, podcast, animatsion dastur, diafilm) orqali o‘quvchilarda ijtimoiy fikrlash va axloqiy-madaniy qadriyatlarni shakllantirishning intellektual tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlashtirishga oid metodik tavsiyalardan “Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi” nomli elektron o‘quv-qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”ning deponentlash to‘g‘risidagi guvohnomasi, 008866-raqamli guvohnoma). Natijada, III-sinf o‘quvchilarida ijtimoiy fikrlashni fanlararo mediata’lim vositalari asosida shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
III-sinf o‘quvchilarida ijtimoiy fikrlashni shakllantirish metodikasi samaradorligi o‘qitish tamoyillarini izchil qo‘llash hamda axborotlashgan ta’lim sharoitida reproduktiv, produktiv va ijodiy topshiriqlar bilan diagnostik usullar majmuasini joriy etish orqali nazorat–tajriba sinovlari natijasida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2022-2023-yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 12-maydagi 213-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy fikrlashni shakllantirishga doir faoliyat samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.