Gulyamova Gulnoz Baxodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh ichki ishlar xodimlarining vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasini takomillashtirish (falsafiy fanlar materiallari misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped4323
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna redagogika fanlari doktori, rrofessor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqmli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: 
Quranov Muhammad, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yusupov Konisboy Abilovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi instituti  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari ichki ishlar tizimining o‘ziga xosligi, intizom, sadoqat, qat’iyatlilik asosida vatanparvarlikni hayotiy faoliyatga integratsiya qilish hamda yosh xodimlarning shaxsiy ehtiyojlari, kasbiy faoliyati, xizmat vazifalari, milliy qadriyatlar tizimi va pedagogik yondashuvlar asosida aniqlashtirilgan;
yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash modeli eksperimental tadqiqot dinamikasini ta’minlashda qadriyatlarning sistematik integratsiyasi, iterativ va insentiv paradigmalarning amaliy natijadorligiga erishish hamda zamonaviy interdissiplinar ta’lim, narrativ va immersiv ta’lim kabi analogik metodlarni tadbiq etishga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasi ilmiy-nazariy, tarbiyaviy-metodik, milliy-ma’naviy, kasbiy-psixologik omillarning ta’sirchanligini muvofiqlashtirgan holda tashkilot doirasida tarbiyaviy va jamoaviy muhit imkoniyatlarini tasniflash, yosh xodimlarning kasbiy shakllanish bosqichlari, motivatsiyasi va stressga chidamliligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasining samaradorligi gumanistik, situativ, kontekstual, refleksiv, integrativ va diversativ konseptual yondashuvlarning bogʻliqligini qadriyatlar tizimida aniqlashtirish,  “Xizmatiy-situatsion integratsiyalashgan tarbiya usuli”ni kiritish, halollik va poklik, adolatparvarlik va mas’ulyatlilik, hurmat va xushmuomilalik, axloqiy mustahkamlik mezonlariga ko‘ra statistik aniqlashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar xodimlarining ma’naviy madaniyati va vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish omillari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari ichki ishlar tizimining o‘ziga xosligi, intizom, sadoqat, qat’iyatlilik asosida vatanparvarlikni hayotiy faoliyatga integratsiya qilish hamda yosh xodimlarning shaxsiy ehtiyojlari, kasbiy faoliyati, xizmat vazifalari, milliy qadriyatlar tizimi va pedagogik yondashuvlarga oid ilmiy xulosalar “Ijtimoiy falsafa” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 277-396-raqamli guvohnoma). Natijada, yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda axloqiy fazilarlarni shakllantirishga, shuningdek, mamlakatimizda barkamol avlodni dunyoqarashini yuksaltirish, bilimlarni chuqur egallashlariga xizmat qilgan; 
yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasi ilmiy-nazariy, tarbiyaviy-metodik, milliy-ma’naviy, kasbiy-psixologik omillarning ta’sirchanligini muvofiqlashtirgan holda tashkilot doirasida tarbiyaviy va jamoaviy muhit imkoniyatlarini tasniflash, yosh xodimlarning kasbiy shakllanish bosqichlari, motivatsiyasi va stressga chidamliligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Ijtimoiy falsafa” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 277-396-raqamli guvohnoma). Natijada, ichki ishlar xodimlari faoliyatida ma’naviy-axloqiy fazilatlar va vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qilgan;
yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash modeli eksperimental tadqiqot dinamikasini ta’minlashda qadriyatlarning sistematik integratsiyasi, iterativ va insentiv paradigmalarning amaliy natijadorligiga erishish hamda zamonaviy interdissiplinar ta’lim, narrativ va immersiv ta’lim kabi analogik metodlarni tadbiq etishga ustivorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar “Ijtimoiy falsafa” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 277-396-raqamli guvohnoma). Natijada, yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tizimli, moslashuvchan, samarali va shaxsga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish imkoniyatlari oshirildi.
yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodikasining samaradorligi gumanistik, situativ, kontekstual, refleksiv, integrativ va diversativ konseptual yondashuvlarning bogʻliqligini qadriyatlar tizimida  “Xizmatiy-situatsion integratsiyalashgan tarbiya usuli”ni kiritish, halollik va poklik, adolatparvarlik va mas’ulyatlilik, hurmat va xushmuomilalik, axloqiy mustahkamlik mezonlariga ko‘ra statistik aniqlashtirilganligiga oid xulosalar va amaliy tavsiyalardan O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” telekanali efirga uzatiluvchi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-dekabrdagi 04-36-1276-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlarini, xususan yosh ichki ishlar xodimlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy-axloqiy tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish