Kutlimuratova Nargiza Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Husayn Voiz Koshifiyning pedagogik g‘oyalari asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy jihatlarini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped3991
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultonovna, Pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03.31.10.2024.Ped.187.01 raqmli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor; Narzikulova Dilnoza Xoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Husayn Voiz Koshifiyning pedagogik g‘oyalari asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy jihatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Husayn Voiz Koshifiyning hayot yo‘li va pedagogik merosini rivojlanishining tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy muhiti tadqiq etilib, allomaning pedagogik qarashlari negizida ishlab chiqilgan metodik yondashuvlarni bugungi kun talablari rakursida o‘rganish va global aspektdagi tadqiqotlar mohiyatidagi dominant ilmiy mulohazalarni retrospektiv tahlil usulida nazariy tavsiflash asosida ochib berilgan;
mutafakkirning adolatli jamiyat, odil shoh, odob-axloqli farzand, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishning shakl, uslub va metodik aspektlari ko‘rsatib o‘tilgan hamda talabalarning ma’naviy-axloqiy jihatlari rivojlantirishning didaktik vositalariga gorizontal va vertikal integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy ta’limotlari asosida yaratilgan pedagogik va didaktik omillar yordamida, uning ta’lim-tarbiyaga oid axloqiy g‘oyalaridan foydalanib, talabalar improvizatsion faoliyatini (fikr, dunyoqarash, ijodiy jarayonlar) rivojlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalari didaktik va metodik komponentlariga kognitiv va pragmatik yondashuvlar orqali integratsiyalsh asosida takomillashtirilgan;
mutafakkirning pedagogik g‘oyalaridan zamonaviy ta’limda foydalanishning metodik imkoniyatlari dars jarayoniga uzviylik va izchillik tamoyillari asosida foydalanishning samaradorlik darajalarini baholash mezonlari (avtokompetentlik, refleksivlik, kommunikativlik) tajriba-sinov ishlarining faktlarga asoslanganligi, faktlarning esa aniqligi, ilmiy asoslanganligi va nazariy qoidalar bilan statisktik ma’lumotlari orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Husayn Voiz Koshifiyning pedagogik g‘oyalari asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy jihatlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
Husayn Voiz Koshifiyning hayot yo‘li va pedagogik merosini rivojlanishining tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy muhiti tadqiq etilib, allomaning pedagogik qarashlariga negizida ishlab chiqilgan metodik yondashuvlarni bugungi kun talablari rakursida o‘rganish va global aspektdagi tadqiqotlar mohiyatidagi dominant ilmiy mulohazalarni retrospektiv tahlil usulida nazariy tavsiflash asosida ochib berishga doir taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar “Umumiy pedagogika va psixologiya” darsligi mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 333-178-raqamli guvohnoma); natijada, bu taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar Husayn Voiz Koshifiyning pedagogik qarashlari asosida talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirish jarayonini optimallashtirish imkonini berdi;
Mutafakkirning adolatli jamiyat, odil shoh, odob-axloqli farzand, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishning shakl, uslub va metodik aspektlari ko‘rsatib o‘tilgan hamda talabalarning ma’naviy-axloqiy jihatlari rivojlantirishning didaktik vositalariga gorizontal va vertikal integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” (faoliyat turi bo‘yicha) darsligi mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 68-875-raqamli guvohnoma);
Natijada bu taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar Husayn Voiz Koshifiyning gumanistik g‘oyalari asosida talabalar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish va takomillashtirish imkonini berdi;
Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy ta’limotlari asosida yaratilgan pedagogik va didaktik omillar yordamida, uning ta’lim-tarbiyaga oid axloqiy g‘oyalaridan foydalanib, talabalar improvizatsion faoliyatini (fikr, dunyoqarash, ijodiy jarayonlar) rivojlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalari didaktik va metodik komponentlariga kognitiv va pragmatik yondashuvlar orqali integratsiyalsh asosida takomillashtirishga doir taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar “Umumiy pedagogika va psixologiya” darsligi mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 333-178-raqamli guvohnoma). Natijada bu taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar oliy pedagogik ta’lim jarayonida Husayn Voiz Koshifiyning pedagogik merosidan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qildi;