Ashurov Zafarjon Rahmankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Oliy ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitishning kunduzgi va masofaviy shakllarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped3093.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti(SamDChTI) .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Mahmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kushieva Nodira Xabibjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitishning kunduzgi va masofaviy shakllarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy til kompetensiyasini rivojlantirishda LMS platformalarining imkoniyatlari TAIM metodik modeli doirasida modul asosida ishlab chiqilgan bosqichli blok-sxema tarkibining reflektiv-monitoring komponentini differensial ta’lim konsepsiyasiga moslashtirish orqali ta’limning gibrid AP4/VP formatida raqamli muhitda faollashtirish zaruratiga ko‘ra dalillangan.
masofaviy ta’lim shakllarida interaktiv mashg‘ulotlar va avtomatlashtirilgan teskari aloqalarni uzviylashtiruvchi raqamli “IT-WORKFLOWS” asosida shakllangan DFA (Digital Flow Alignment) mexanizmining transformatsiya xususiyatlari o‘qitish jarayonining texnologik dinamikasi, foydalanuvchi ishtiroki va funksional segmentlar kesimiga ustuvorlik berish orqali aniqlangan.
xorijiy tillarni an’anaviy va masofaviy ta’lim orqali o‘qitishda qo‘llaniladigan LMS+AMS funksiyalariga ega raqamli vositalarning samaradorligi Edu-Page-Lang-AI axborot tizimidan foydalanish metodikasiga ta’lim jarayonining DDD (Data-Driven Didactics) komponentinining tayyorlov, integratsiyalashgan qo‘llash, oraliq baholash va yakuniy tahlil tarkibiy bosqichlarini vertikal integratsiya qilish asosida aniqlangan;
til kompetensiyasini bosqichma-bosqich “Starter-Agent”dan “Strategic-Performer”gacha to‘rt bosqichda (SA→PB→AU→SP) rivojlantirishga qaratilgan EduLangIT elektron dasturiy vositasi interaktiv monitoringni yo‘lga qo‘yish va baholash mezonlari bilan koordinatsiyalangan kognitiv tahlil mexanizmlari asosida raqamli samaradorlikni ta’minlash ehtiyojiga ko‘ra ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida xorijiy tillarni an’anaviy va masofaviy o‘qitish shakllarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
chet tillarini an’anaviy va masofaviy ta’lim shakllarida o‘qitishda qo‘llaniladigan maxsus dasturlarning afzalliklari va cheklovlari kontent tahlili, foydalanuvchi faoliyatini monitoring qilish va funksional imkoniyatlarini solishtirma tahlil asosida aniqlanib, foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi metodik, texnik va psixologik omillar aniqlanganligi borasidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqi Erasmus + dasturi asosida amalga oshirilgan 585845-EPP-1-2017-1-es-EPPKA2-CBHE-JPCLASS: “Markaziy Osiyo universitetlarida hisoblash lingvistikasi” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 13-martdagi 155/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada chet tilida og‘zaki nutqni rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligiga erishilgan;
xorijiy tillarni an’anaviy va masofaviy ta’limda o‘qitishda qo‘llaniladigan Google Classroom veb ilovasi va tadqiqot natijasida yaratilgan EduLangIT maxsus axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari borasidagi tavsiyalar Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqi Tempus dasturi asosida amalga oshirilgan 544161-TEMPUS-1-2013-1-UKTEMPUS-JPCR AstonUniversityDeTEL: “Evropa tillarini o‘qitishni rivojlantirish: tilni modernizatsiya qilish bo‘yicha o‘qitish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 14-martdagi 156/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada chet tilini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan an’anaviy va masofaviy o‘qitish shakllarida foydalanish parametrlari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan elektron dasturlar va ulardan foydalanish metodikasining chet tilining til ko‘nikmalari tahlili misolida afzalliklari asoslanganiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2014-2015-yillarda amalga oshirilgan 204-4-5 raqamli “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga ingliz mutaxassisliklarini joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihaa foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 7-fevraldagi 276/02-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tillarni an’anaviy va masofaviy shakllarda o‘qitish jarayonida interfaol, innovatsion usullar va aloqa vositalaridan foydalanib, o‘quv jarayonining sifatini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim tizimi til yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim muassasalarining xorijiy til va adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga chet tillarini ham an’anaviy EduLangIT, ham masofaviy (Google Classroom) shakllarda o‘qitishda axborot texnologiyalaridan optimal foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligi tajriba-sinov jarayonida isbotlangani xususidagi amaliy tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi “Samarqand radiosi”ning 2023-yil 29-noyabrda efirga uzatilgan ko‘rsatuv ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 2-apreldagi 01-07/ 64-son guvohnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida chet tillarni an’anaviy va masofaviy o‘qitish shakllari doirasida yaratilgan Google Classroom va EduLangIT yangi elektron o‘quv ilovalardan foydalanish orqali ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga erishilgan.