Turdiev Shavkat Ma’mirovichning 
Pedagogika fanlari bo‘yucha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya haqida
E’LON

I.Umumiy ma’lumotlar.
     Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Tibbiy ta’limda talabalar profilaktik kompetentligini rivojlantirishning intensiv texnologiyalari (gigiena fanini o‘qitish misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(tibbiyot).
 Dissertatsiya mavzu ro‘yhatga olingan raqam: B2024.2. PhD/P7918
 Ilmiy rahbar: Xashirbaeva Dinara Maxkambaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
       IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. PhD.04/02.07.2024. Tib.122.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna, pedagogika fanlari doktori, professor ,   
Salomova Feruza Ibodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot:  Urgench davlat tibbiyot instituti
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi
 tibbiy profilaktika sohasida yuqori kompetentlikka ega tibbiy kadrlarni tayyorlash uchun samarali usullar va yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
tibbiy ta’limda talabalarida profilaktik tadbirlarni rivojlantirishda intensiv texnologiyalarning afzalliklari va ularni samarali qo‘llashda imitatsiyalar realizmining ( vizual, taktik, reaktiv, avtomatlashtirilgan, uskuna, interaktiv, integratsiyalashgan) etti tasnifi tizimli ravishda asoslangan;
         - Gigiena fanini o‘qitishda talabalarning gigienik bilimlari akklimitatsion usullarni qo‘llash orqali T1, T2, T3 tizimining funksional imkoniyatlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
       - talabalarni profilaktik kompetentligini oshirish maqsadida kolloborativ o‘qitish usullarini diagnostik qilish, tanqidiy fikrlash, analitik fikrlash hamda gigienik reglamentlashning orgonoleptik xususiyatlariga  asoslangan mexanizmi isbotlangan;
          - gigiena fanini o‘qitish jarayonida  talabalarining profilaktik kompetentligini rivojlantirish maqsadida “STIR (Strategiya, Texnologiya, Interaktivlik, Refleksiya)” modeli orqali ularning ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilganligi isbotlangan.
   IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
tibbiy ta’lim jarayonida gigiena fanida intensiv texnologiyalar asosida tibbiy ta’lim talabalari profilaktik kompetentligini rivojlantirishdagi o‘rni va ilmiy natijalar asosida: 
tibbiy ta’limda profilaktik ta’lim jarayonini takomillashtirishda intensiv texnologiyalarning afzalliklari va ularni samarali qo‘llashning didaktik imkoniyatlari ijtimoiy va metodik kompetensiyalar bilan o‘zaro harakatlarining uzviy bog‘liqlik jihatlari “Tibbiy ta’limda Gigiena fanini intensiv texnologiyalar orqali o‘qitishni takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 -yil 9 – iyundagi 258 -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nashr ruxsatnomasi  ). Natijada tibbiy ta’lim muassasalarida talabalarga gigiena fanini o‘qitish metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
tibbiy ta’limda talabalarning profilaktik bilim, ko‘nikma va malakalarining rivojlanishi intensiv texnologiyalarning empirik usullari va ularning funksional imkoniyatlari profilaktik starategiyalari “Tibbiy ta’limda Gigiena fanini intensiv texnologiyalar orqali o‘qitishni takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 -yil  9 – iyundagi 258 -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nashr ruxsatnomasi  ). Natijada fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida integral ma’ruzalar samaradorligi oshirilgan.
gigiena fanini o‘qitish jarayonida tibbiy ta’lim talabalari profilaktik kompetentligini oshirish maqsadida virtual va aralash reallik platformalarini qo‘llash orqali talabalarning profilaktik bilimlarini chuqurlashtirish, ularda mustaqil fikrlash va amaliyotda aniq qaror qabul qilish ko‘nikmalari “Tibbiy ta’limda Gigiena fanini intensiv texnologiyalar orqali o‘qitishni takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 -yil 9 – iyundagi 258-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari rivojlantirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish