Ismailova Guzal Fayzullaevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Talabalarda mustaqil ta’lim orqali kasbiy kompetensiyani shakllantirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped 9222
Ilmiy rahbar: Narzikulova Dilnoza Xoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09
Rasmiy opponentlar: Xamidova Muborak Hafizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda mustaqil ta’lim orqali kasbiy kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etishning didaktik imkoniyatlari kreativ, kognitiv, refleksiv, motivatsion va tarkibiy komponentlarga asoslangan fanlararo integrativ yondashuv asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda mustaqil ta’lim orqali kasbiy kompetensiyani shakllantirish metodikasi Dual ta’lim tizimi, MOOC (massive open online courses)-ommaviy ochiq onlayn kurslar, E-portfolio tizimi kabi ta’lim loyihalarini uyg‘unlashtirish va fanlararo integrativ yondashuvni mustaqil ta’lim faoliyatiga moslashtirish asosida rivojlantirilgan;
talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida kasbiy kompetensiyasini shakllantirish modeli shaxsga yo‘naltirilganlik, onglilik, faollik va ko‘rgazmalilik tamoyillariga asoslangan kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi, masofaviy, ijtimoiy tarmoqlar bilan integrallashgan muloqot muhitini yaratish prinsipi asosida takomillashtirilgan;
talabalarda mustaqil ta’lim orqali kasbiy kompetensiyasini shakllantirish samaradorligi tajriba va fikr almashish, ijodiy yondashuv asosida muammoni hal etish va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish omillariga ko‘ra optimallashtirish hamda kasbiy bilim va ko‘nikmani amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan baholash mezonlari va kompleks diagnostik tizim asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarda mustaqil ta’lim orqali kasbiy komretensiyani shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etishning didaktik imkoniyatlari kreativ, kognitiv, refleksiv, motivatsion va tarkibiy komponentlarga asoslangan fanlararo integrativ yondashuv asosida aniqlashtirilgan natijalardan Navoiy davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Samarqand davlat chet tillar institutlarda amaliyotda joriy etilgan, shuningdek talabalarning kasbiy kompetensiyasini fanlararo integrallashgan mustaqil ta’lim topshiriqlari orqali shakllantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan metodika sinovdan o‘tkazilgan (Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan 2025-yil 2- iyunda berilgan 02/01-01-179-son ma’lumotnoma). Natijada “Ingliz tili o‘qitish metodikasi” (The Methodology of teaching English) va “Maktabgacha ta’limda ingliz tili o‘qitish metodikasi” (Methodology of Teaching English in Preschool Education) fanlaridan integrallashgan mustaqil ta’lim topshiriqlari talabalar kasbiy kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
talabalarda mustaqil ta’lim orqali kasbiy kompetensiyani shakllantirish metodikasi Dual ta’lim tizimi, MOOC (massive open online courses)-ommaviy ochiq onlayn kurslar, E-portfolio tizimi kabi ta’lim loyihalarini uyg‘unlashtirish va fanlararo integrativ yondashuvni mustaqil ta’lim faoliyatiga moslashtirish asosida takomillashtirilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan 60111800 ‒ Xorijiy til va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Methodology of Teaching English in Preschool Education” nomli darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘iga asosan berilgan №314621 raqamli nashr ruxsatnomasi) yaratishda foydalanilgan. Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida kasbiy kompetensiyasini shakllantirish modelining shaxsga yo‘naltirilganlik, onglilik, faollik va ko‘rgazmalilik tamoyillariga asoslangan kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi, masofaviy, ijtimoiy tarmoqlar bilan integrallashgan muloqot muhitini yaratish prinsipi asosida takomillashgan natijalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023- yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 13-maydagi № 04/1929-son ma’lumotnomasi). Natijada chet tili o‘rganuvchilarining til kompetensiyasini shakllantirishda mustaqil ta’limdan foydalanish, ularning tahliliy va tanqidiy fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiya hamda xulosalar ushbu loyiha mazmunini boyishiga xizmat qilgan;
talabalarda mustaqil ta’lim orqali kasbiy kompetensiyasini shakllantirish samaradorligi tajriba va fikr almashish, ijodiy yondashuv asosida echim taklif etish va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish omillariga ko‘ra optimallashtirish hamda kasbiy bilim va ko‘nikmani amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan baholash mezonlari va kompleks diagnostik tizim asosida aniqlashtirilgan natijalar Britaniya Kengashining Advance HE dasturi asosida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (hozirgi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) hamkorligida Navoiy davlat pedagogika institutida 2019-2022-yillarga mo‘ljallangan Change academy xalqaro amaliy loyihasida foydalanilgan (Navoiy davlat universitetining 2025-yil 26-maydagi № 88-87-3492/04-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqil ta’lim orqali talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini amaliyotda qo‘llash samarali ekanligi tasdiqlangan hamda kasbiy ko‘nikma va bilimlarni oshirishga xizmat qilgan.