Xolmuradov Akmal Toirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarini charchoq sindromi bilan kompleks reabilitatsiyasining tashkiliy tamoyillari», ixtisoslik shifri: 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib3082.
Ilmiy rahbar: Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/31.10.2024.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Gul`chexra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Slivkina Natal`ya Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: charchoq sindromi bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini kompleks ko‘p bosqichli reabilitatsiya qilishning tashkiliy tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida charchoq sindromi bilan bog‘liq simptomlarning yaqqolligi (68,3%) va kasbiy ish qobiliyatining pasayish xavfi (72,4%) uchun xos bo‘lgan kognitiv, gormonal va kardiorespirator ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos profillari aniqlangan;
yaqqol ifodalangan charchoq sindromi bo‘lgan xodimlarning 62 foizida kasbiy charchashning yuqori darajasi, 57 foizida klinik ahamiyatga ega xavotirlanish, 46 foizida o‘rtacha va og‘ir depressiya belgilari, 71 foizida yuqori darajadagi hissiy stress kuzatilgan, bunda shkalalar yig‘indisi bo‘yicha yuqori integral ballga ega bo‘lgan shaxslarda reabilitatsiya samaradorligi past darajadagi psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan xodimlarga nisbatan o‘rtacha 28 foizga pastligi aniqlangan;
neyropsixologik, gormonal va kardiorespirator ko‘rsatkichlar dinamikasini tahlil qilishga asoslangan reabilitatsiya samaradorligini baholashning matematik modelini joriy etish 87% hollarda tiklanish jarayonini shaxsiy nazorat qilinishi, 74% hollarda davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzatishni ta’minlashi va charchoq sindromining surunkali shakllanishi xavfini standart yondashuvlarga nisbatan 42% ga kamaytirishi isbotlangan;
kompleks ko‘p bosqichli reabilitatsiya dasturi psixoemotsional holatning 35% ga ishonchli yaxshilanishini, gormonal fonning 28% ga normallashishini, shuningdek, standart terapiyaga nisbatan yurak-qon tomir tizimining funksional zaxirasining 31% ga oshishini ta’minlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha yagona xulosa 2025 yil 17 iyuldagi 22-sonli yig‘ilish bayonnomasiga № 22/38 xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida charchoq sindromi bilan bog‘liq simptomlarning yaqqolligi (68,3%) va kasbiy ish qobiliyatining pasayish xavfi (72,4%) uchun xos bo‘lgan kognitiv, gormonal va kardiorespirator ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos profillari aniqlangan. Bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Charchoq sindromi bo‘lgan bemorlarni kompleks reabilitatsiya qilishni tashkil etish» nomli uslubiy tavsiyanoma Ichki ishlar Vazirligi Tibbiyot boshqarmasi huzuridagi Reabilitatsiya markazida 22.12.2022 yildagi 25/249-son ma’lumotnoma (buyruq) va IIV Tibbiyot boshqarmasining Namangan shahar shifoxonada 31.12.2023 yildagi 6621-sonli so‘rov asosida joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: charchoq sindromi rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari guruhini ajratishga muvaffaq bo‘lindi va ushbu yondashuvlarni qo‘llash kasbiy charchoq darajasini 28% ga, somatik va psixoemotsional buzilishlar bo‘yicha tibbiy yordamga murojaatlar sonini 34% ga kamaytirishni ta’minladi, shuningdek, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish holatlarini kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida charchoq sindromini tashxislash va reabilitatsiya qilishning kompleks ko‘p bosqichli dasturini joriy etish vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik va xizmatdan muddatidan oldin ketish holatlarini kamaytirish imkonini berdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, shifoxonada davolanish muddatlarini qisqartirish, kasallik zo‘rayishining oldini olish va yuqori xarajatli tibbiy aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hisobiga bir nafar xodim uchun sutkasiga 667000-890000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan; Xulosa: huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida charchoq sindromining o‘ziga xos kognitiv, gormonal va kardiorespirator profillari ilk bor aniqlanib, psixoemotsional buzilishlar darajasi va ularning kasbiy samaradorlikka ta’siri ilmiy jihatdan asoslandi. Shuningdek, reabilitatsiya samaradorligini baholash uchun yaratilgan matematik model yuqori aniqlik bilan tiklanish jarayonini nazorat qilish va davolash taktikasiga o‘z vaqtida tuzatish kiritish imkonini berdi. Kompleks ko‘p bosqichli dastur esa standart terapiyaga nisbatan ancha samarali ekani isbotlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yaqqol ifodalangan charchoq sindromi bo‘lgan xodimlarning 62 foizida kasbiy charchashning yuqori darajasi, 57 foizida klinik ahamiyatga ega xavotirlanish, 46 foizida o‘rtacha va og‘ir depressiya belgilari, 71 foizida yuqori darajadagi hissiy stress kuzatilgan, bunda shkalalar yig‘indisi bo‘yicha yuqori integral ballga ega bo‘lgan shaxslarda reabilitatsiya samaradorligi past darajadagi psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan xodimlarga nisbatan o‘rtacha 28 foizga pastligi aniqlangan. Bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Charchoq sindromi bo‘lgan bemorlarni kompleks reabilitatsiya qilishni tashkil etish» nomli uslubiy tavsiyanoma Ichki ishlar Vazirligi Tibbiyot boshqarmasi huzuridagi Reabilitatsiya markazida 22.12.2022 yildagi 25/249-son ma’lumotnoma (buyruq) va IIV Tibbiyot boshqarmasining Namangan shahar shifoxonada 31.12.2023 yildagi 6621-sonli so‘rov asosida joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: kompleks reabilitatsiya dasturini joriy etish orqali huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarida kasbiy ish qobiliyati darajasini oshirish va psixoemotsional buzilishlar chastotasini kamaytirish, erta kasbiy charchash xavfini kamaytirish, faol xizmat muddatini uzaytirish, shuningdek, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish sharoitlaridan qoniqish darajasini oshirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: charchoq sindromi belgilarini erta aniqlash va tuzatish orqali huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini davolash va reabilitatsiya qilish xarajatlarini kamaytirish, tibbiy xizmat xarajatlari va xodimlar yo‘qotishlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi. Xodimning IIV statsionarida bir kun bo‘lishi byudjetga o‘rtacha: kunduzgi statsionar sharoitida - 667 ming so‘mga; IIV gospitalining terapiya bo‘limida - 890 ming so‘mga tushadi. Erta tashxis qo‘yish va shaxsiylashtirilgan reabilitatsiya dasturini joriy etish orqali har bir xodim uchun statsionar davolanishning o‘rtacha davomiyligini 5 kunga qisqartirishga erishildi. Bitta xodimning iqtisodiy samaradorligi 3335000 so‘mdan (5 kun × 667000 so‘m) 4450000 so‘mgacha (5 kun × 890000 so‘m) bo‘ladi; Xulosa: huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida charchoq sindromining o‘ziga xos kognitiv, gormonal va kardiorespirator profillari ilk bor aniqlanib, psixoemotsional buzilishlar darajasi va ularning kasbiy samaradorlikka ta’siri ilmiy jihatdan asoslandi. Shuningdek, reabilitatsiya samaradorligini baholash uchun yaratilgan matematik model yuqori aniqlik bilan tiklanish jarayonini nazorat qilish va davolash taktikasiga o‘z vaqtida tuzatish kiritish imkonini berdi. Kompleks ko‘p bosqichli dastur esa standart terapiyaga nisbatan ancha samarali ekani isbotlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: neyropsixologik, gormonal va kardiorespirator ko‘rsatkichlar dinamikasini tahlil qilishga asoslangan reabilitatsiya samaradorligini baholashning matematik modelini joriy etish 87% hollarda tiklanish jarayonini shaxsiy nazorat qilinishi, 74% hollarda davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzatishni ta’minlashi va charchoq sindromining surunkali shakllanishi xavfini standart yondashuvlarga nisbatan 42% ga kamaytirishi isbotlangan. Bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Charchoq sindromi bo‘lgan bemorlarni kompleks reabilitatsiya qilishni tashkil etish» nomli uslubiy tavsiyanoma Ichki ishlar Vazirligi Tibbiyot boshqarmasi huzuridagi Reabilitatsiya markazida 22.12.2022 yildagi 25/249-son ma’lumotnoma (buyruq) va IIV Tibbiyot boshqarmasining Namangan shahar shifoxonada 31.12.2023 yildagi 6621-sonli so‘rov asosida joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: IIVning charchoq sindromga chalingan xodimlariga reabilitatsiya yordami sifatini tiklash chora-tadbirlarini nazorat qilish va tuzatishga individual yondashuv orqali oshirishdan iborat. Matematik modelni joriy etish holatning yomonlashuvi xavfini o‘z vaqtida aniqlash, kasallikning qaytalanish chastotasini kamaytirish, kasbiy ish qobiliyatini saqlab qolish va mutaxassislarning xizmat faoliyatidan muddatidan oldin ketishining oldini olish imkonini beradi, bu esa umuman olganda kadrlar salohiyatini mustahkamlashga va sog‘liqni saqlash tizimiga ijtimoiy yukni kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar ofiserni tayyorlash uchun byudjetdan o‘rtacha 348,3 mln so‘mgacha mablag‘ sarflanadigan kadrlarning kasbiy mehnat qobiliyatini saqlab qolish, muddatidan oldin ishdan bo‘shatish va almashtirish zaruratining oldini olish hisobiga idoraviy sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirish; idoraviy poliklinika va shifoxonalar resurslaridan oqilona foydalanish: statsionarda 1 nafar xodim uchun reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirishda kuniga 667000 so‘mdan 890000 so‘mgacha iqtisod qilish mumkin. Dasturni hatto IIVning 1000 nafar xodimiga kengaytirishni hisobga olgan holda, byudjet uchun potensial umumiy tejamkorlik 3,3 dan 4,5 milliard so‘mgacha bo‘lishi mumkin; Xulosa: huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida charchoq sindromining o‘ziga xos kognitiv, gormonal va kardiorespirator profillari ilk bor aniqlanib, psixoemotsional buzilishlar darajasi va ularning kasbiy samaradorlikka ta’siri ilmiy jihatdan asoslandi. Shuningdek, reabilitatsiya samaradorligini baholash uchun yaratilgan matematik model yuqori aniqlik bilan tiklanish jarayonini nazorat qilish va davolash taktikasiga o‘z vaqtida tuzatish kiritish imkonini berdi. Kompleks ko‘p bosqichli dastur esa standart terapiyaga nisbatan ancha samarali ekani isbotlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kompleks ko‘p bosqichli reabilitatsiya dasturi psixoemotsional holatning 35% ga ishonchli yaxshilanishini, gormonal fonning 28% ga normallashishini, shuningdek, standart terapiyaga nisbatan yurak-qon tomir tizimining funksional zaxirasining 31% ga oshishini ta’minlashi asoslangan. Bu bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Charchoq sindromi bo‘lgan bemorlarni kompleks reabilitatsiya qilishni tashkil etish» nomli uslubiy tavsiyanoma Ichki ishlar Vazirligi Tibbiyot boshqarmasi huzuridagi Reabilitatsiya markazida 22.12.2022 yildagi 25/249-son ma’lumotnoma (buyruq) va IIV Tibbiyot boshqarmasining Namangan shahar shifoxonada 31.12.2023 yildagi 6621-sonli so‘rov asosida joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: IIV xodimlarining psixoemotsional holatini integral baholashni joriy etish charchoq sindromni o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi, uning surunkali shaklga o‘tish xavfini kamaytiradi, xodimlarning psixoemotsional farovonligi va kasbiy moslashuvini yaxshilaydi. Bu esa sog‘lig‘i tufayli muddatidan oldin ishdan bo‘shatishlar sonini kamaytirib, idoraning kadrlar salohiyatini saqlab qolish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: IIV xodimlarining sog‘liq holati tufayli ishdan ketishi va yangi kadrlarni tayyorlash zarurati bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarni kamaytirishdan iborat. Psixoemotsional holatni integral baholash va keyinchalik shaxsiylashtirilgan reabilitatsiyani qo‘llash davlat mablag‘larini tejash imkonini beradi. Masalan, IIV ning bitta ofiserini tayyorlashning o‘rtacha qiymati (lisey, akademiya va magistratura bosqichlari bo‘yicha) taxminan 348,3 million so‘mni tashkil etsa, samarali reabilitatsiya va bitta tayyorlangan mutaxassisni saqlab qolish uni almashtirish va qayta tayyorlash xarajatlaridan qutulish imkonini beradi. Xulosa: huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida charchoq sindromining o‘ziga xos kognitiv, gormonal va kardiorespirator profillari ilk bor aniqlanib, psixoemotsional buzilishlar darajasi va ularning kasbiy samaradorlikka ta’siri ilmiy jihatdan asoslandi. Shuningdek, reabilitatsiya samaradorligini baholash uchun yaratilgan matematik model yuqori aniqlik bilan tiklanish jarayonini nazorat qilish va davolash taktikasiga o‘z vaqtida tuzatish kiritish imkonini berdi. Kompleks ko‘p bosqichli dastur esa standart terapiyaga nisbatan ancha samarali ekani isbotlandi.