Mullodjanova Gulnoza Muxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Geoinnovatsion texnologiyalar asosida er yuzasidagi deformatsion o‘zgarishlarni monitoring qilish usulini takomillashtirish (Buxoro viloyati Qandim gaz koni misolida)”,11.00.07 – Geoinformatika (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhDT5191.
Ilmiy rahbar: Suyunov Abdusali Samadovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD26/26.01.2023.T.109.04.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich geografiya fanlari doktori (DSc), professor; Mamatkulov Zoxid Jonqobilovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti (Hozirda Buxoro davlat texnika universiteti).
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Geoaxborot tizimi va masofadan zondlash texnologiyalari asosida gaz konlarining geodinamik poligonlari er yuzasida deformatsion o‘zgarishlarni monitoring qilish usulini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geodezik, masofadan zondlash va geoaxborot texnologiyalari asosida neft va gaz konlaridagi deformatsion o‘zgarishlarini monitoring qilish usuli takomillashtirilgan;
Interferometric Synthetic Aperture Radar (InSAR) texnologiyasi hamda Sentinel Application Platform (SNAP) dasturi yordamida vertikal o‘zgarishlar inobatga olinib gaz konlari hududidagi deformatsiyalarni aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan;
er yuzasida kuzatilayotgan deformatsiyani aniqlashda InSAR usulidan foydalanib yaratilgan relefning raqamli modellari aniqligini baholash usuli takomillashtirilgan;
Qandim konidagi deformatsion jarayonlarni ilmiy asosda kartalashtirish uchun masofadan zondlash ma’lumotlari va SNAP dasturida hisoblangan relefning raqamli modellarini ArcGIS muhitiga integratsiya qilish metodologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Geoinnovatsion texnologiyalar asosida er yuzasidagi deformatsion o‘zgarishlarni monitoring qilish usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
geodezik, masofadan zondlash va GAT texnologiyalari asosida neft va gaz konlaridagi deformatsion o‘zgarishlarni monitoring qilish usulini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Respublika aerogeodeziya markazining Xorazm hududlararo bo‘linmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 05/527-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, neft va gaz konlaridagi deformasiyalarni aniqlash natijalaridagi dispersiyani kamaytirishga, qayta ishlangan experiment natijalaridagi ishonchlilikni oshirish hamda shunga mutanosib ravishda noaniqlikni kamaytirishga erishilgan.
-tadqiqot maydonida kuzatilgan deformatsiyani aniqlashda InSAR texnologiyasidan foydalanib yaratilgan DEMlarning aniqligini baholash usuli takomillashtirilishi Respublika aerogeodeziya markazining Xorazm hududlararo bo‘linmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 05/527-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, masofadan zondlash texnologiyalarini qo‘llash orqali deformatsiyalarni monitoring qilish va ilmiy jihatdan tahlil qilishda sezilarli afzalliklarga erishilgan. Bu esa, murakkab va bajarish qiyin bo‘lgan Respublikamiz hududlarida aniqlash samaradorligi jiddiy oshirilishiga erishilgan.
-masofadan zondlash ma’lumotlari va SNAP dasturida olingan DEM modelini ArcGIS dasturiga integratsiya qilish asosida Qandim gaz koni hududining er sirtida uchrayotgan deformatsion jarayonlar xaritasi ishlab chiqilgan. Natijada, zondlash ma’lumotlari va GAT texnologiyalarining integratsiyasi deformatsiyalarning yuqori aniqlikdagi xaritasi Respublika aerogeodeziya markazining Xorazm hududlararo bo‘linmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 05/527-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, zondlash ma’lumotlari va GAT texnologiyalarining integrasiyasi deformasiyalarning yuqori aniqlikdagi xaritasini yaratish imkonini bergan. Bu esa neft va gaz konlarida geodinamik jarayonlarni vizualmonitoring qilish va prognozlash samaradorligini 8-10% ga oshirgan