Achilov Luqmon G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingichka ichak morfologik ko‘rsatkichlarining bosh miya jarohatlanishining turli davrlaridagi qiyosiy tavsifi” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4004.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Bahodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi: bosh miya jarohatining turli davrlarida ingichka ichak morfologik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifini o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ontogenezning turli bosqichlarida ingichka ichak devorining so‘rg‘ich balandligi, kripta chuqurligi, shilliq qavat qalinligi va limfoid follikula maydoni kabi morfologik tuzilmalari tizimli hamda qiyosiy morfometrik tahlil asosida me’yoriy morfometrik ko‘rsatkichlari hamda yoshga bog‘liq dinamik o‘zgarishlari asoslangan;
bosh miya jarohatidan keyingi turli davrlarda ingichka ichak devoridagi limfoid tugunlarning morfologik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar yosh va vaqt omillariga bog‘liq holda baholash asosida yosh organizmlarda tiklanish jarayoni nisbatan erta va faol kechishi, keksalarda esa sekin hamda cheklangan darajada namoyon bo‘lishi isbotlangan;
bosh miya jarohatidan keyingi 1, 3 va 6 sutkada ingichka ichak to‘qimasidagi so‘rg‘ich balandligi, kripta chuqurligi, shilliq qavat qalinligi kabi tuzilmalardagi morfologik va gistologik o‘zgarishlar morfometrik hamda immunogistokimyoviy usullar yordamida kompleks va qiyosiy tahlil asosida ularning yosh va vaqt bilan bog‘liq adaptiv–kompensator mexanizmlar asosida kechishi aniqlangan;
bosh miya jarohatini konservativ davolash jarayonida L-lizin essinat preparatini qo‘llash ingichka ichakning turli tuzilmalarida, jumladan shilliq qavat qalinligi, so‘rg‘ich balandligi, kripta chuqurligi, epitelial hujayralar zichligi va limfoid apparat faoliyatida ijobiy morfologik o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi va tiklanish jarayonini jadallashtirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya jarohati (BMJ) sharoitida ingichka ichak to‘qimalarida kuzatiladigan yosh va vaqt omiliga bog‘liq dinamik morfologik o‘zgarishlarni morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy usullarda kompleks qiyosiy tahlil qilish natijasida:
birinchi ilmiy yangilik: ontogenezning turli bosqichlarida ingichka ichak devorining so‘rg‘ich balandligi, kripta chuqurligi, shilliq qavat qalinligi va limfoid follikula maydoni kabi morfologik tuzilmalari tizimli hamda qiyosiy morfometrik tahlil asosida me’yoriy morfometrik ko‘rsatkichlari hamda yoshga bog‘liq dinamik o‘zgarishlari asoslangan. Mazkur ilmiy yangilik “Tajriba¬viy bosh miya jarohatlanishida ingichka ichakning morfologik o‘zgarishlarini baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomada qayd etilgan bo‘lib, Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 iyulda (№ 24-m/010) tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar bosh miya jarohatlanishida ingichka ichak morfologik o‘zgarishlarini baholash usulini takomillashtirish va yoshga mos me’yoriy diapazonni belgilash bo‘yicha metodologik asos yaratgan. Shuningdek, bosh miya jarohatining turli davrlarida, ayniqsa yosh va keksa yoshdagi bemorlarda ingichka ichak bilan bog‘liq klinik simptomatika kuzatilmasa ham, gastroenterolog ko‘rigidan o‘tish tavsiyasi kasallikni erta tashxislash va asoratlarning oldini olishga xizmat qilgan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (02.10.2024, № 118-son buyruq) va Buxoro viloyati patologik-anatomiya byurosi (28.09.2024, № 44-son buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Mazkur joriy etish holati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengash tomonidan tasdiqlangan (xulosa № 21/68, 2025 yil 7 iyul`). Ijtimoiy samaradorligi: yoshga bog‘liq me’yoriy morfologik ko‘rsatkichlar pediatriya, geriontologiya, gastroenterologiya va nevrologiya sohalarida ingichka ichak shilliq qavati holatini to‘g‘ri baholash, fiziologik va patologik o‘zgarishlarni ajratish hamda yoshga moslashtirilgan diagnostika va davolash strategiyalarini ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa ingichka ichak kasalliklarini erta aniqlash, davolash samaradorligini oshirish, bemorlar sog‘ligini tez tiklash, hayot sifatini yaxshilash, asoratlarning oldini olish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni yoshga xos yondashuv asosida baholash diagnostik xatoliklarni kamaytirib, ortiqcha tekshiruvlarni chekladi va davolash jarayonini optimallashtirishga imkoniyat berdi. Tajriba jarayonida har bir tadqiqot seriyasida o‘rtacha 1930000 so‘mgacha mablag‘ tejash qayd etildi. Erta tashxis va yoshga mos davolash choralari asoratlarning oldini olib, gospitalizatsiya muddatini qisqartirdi va uzoq muddatli davolash xarajatlarini kamaytirdi. Xulosa: Turli yoshlarda ingichka ichak devorining morfologik xususiyatlari sezilarli farqlarni namoyon etadi. Ushbu yoshga bog‘liq xususiyatlarni hisobga olish ingichka ichak kasalliklarini tashxislash va davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
ikkinchi ilmiy yangilik: bosh miya jarohatidan keyingi turli davrlarda ingichka ichak devoridagi limfoid tugunlarning morfologik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar yosh va vaqt omillariga bog‘liq holda baholash asosida yosh organizmlarda tiklanish jarayoni nisbatan erta va faol kechishi, keksalarda esa sekin hamda cheklangan darajada namoyon bo‘lishi isbotlangan. Mazkur ilmiy yangilik “Tajriba¬viy bosh miya jarohatlanishida ingichka ichakning morfologik o‘zgarishlarini baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomada qayd etilgan bo‘lib, Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 iyulda (№ 24-m/010) tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar bosh miya jarohatlanishida ingichka ichak morfologik o‘zgarishlarini baholash usulini takomillashtirish va yoshga xos morfologik ko‘rsatkichlarni belgilash bo‘yicha metodologik asos yaratgan. Bosh miya jarohatining turli davrlarida ichak immun tizimi reaktivligini baholash va yoshga mos davolash yondashuvlarini ishlab chiqish ingichka ichakdagi tiklanish jarayonlarini tezlashtirish, infeksion va yallig‘lanish asoratlarini kamaytirishga xizmat qilgan, pediatriya va geriontologiya amaliyotida individual profilaktika va davolash strategiyalarini tanlash imkoniyatini kengaytirgan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (02.10.2024, № 118-son buyruq) va Buxoro viloyati patologik-anatomiya byurosi (28.09.2024, № 44-son buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Mazkur joriy etish holati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengash tomonidan tasdiqlangan (xulosa № 21/68, 2025 yil 7 iyul`). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar bosh miya jarohatining turli davrlarida ichak immun tizimi reaktivligini baholash va yoshga mos davolash yondashuvlarini ishlab chiqishga ilmiy asos yaratadi. Bu, ayniqsa, nevrologik va gastroenterologik kasalliklar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan holatlarda (“gut–brain axis”) tiklanish jarayonlarini tezlashtirish, infeksion va yallig‘lanish asoratlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Yoshga bog‘liq farqlarni hisobga olish orqali gastroenterologiya, pediatriya va geriontologiya amaliyotida individual profilaktika va davolash strategiyalarini tanlash imkoniyati kengayadi. Iqtisodiy samaradorligi: ingichka ichakning limfoid tugunlari morfologiyasini yosh va vaqt omillari bo‘yicha baholash usulining amaliyotga joriy etilishi bosh miya jarohatidan keyingi ichak immun tizimidagi buzilishlarni erta tashxislash, og‘ir asoratlarning oldini olish va diagnostika jarayonini tezlashtirish imkonini berdi. Ushbu yondashuv keraksiz qo‘shimcha tekshiruvlar sonini kamaytiradi, tajriba va klinik sharoitlarda samaradorlikni oshiradi. Tajriba jarayonida har bir tadqiqot seriyasida o‘rtacha 1930000 so‘m mablag‘ tejash qayd etildi. Klinik amaliyotda esa jarohatning immun javobga ta’sirini erta baholash asoratlar sonini kamaytirish, davolash muddatini qisqartirish va umumiy davolash xarajatlarini sezilarli darajada amaytirishga xizmat qildi. Xulosa: Bosh miya jarohatidan keyingi davrlarda ingichka ichak devoridagi limfoid tugunlar morfologiyasi yosh va vaqt omiliga sezilarli darajada bog‘liqdir. Ushbu yoshga xos farqlarni hisobga olish ichak immun tizimi reaktivligini baholash va davolash strategiyalarini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Bu yondashuv tiklanish jarayonlarini tezlashtirish, infeksion va yallig‘lanish asoratlarini kamaytirish hamda davolash muddatini va xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya jarohatidan keyingi 1, 3 va 6 sutkada ingichka ichak to‘qimasidagi so‘rg‘ich balandligi, kripta chuqurligi, shilliq qavat qalinligi kabi tuzilmalardagi morfologik va gistologik o‘zgarishlar morfometrik hamda immunogistokimyoviy usullar yordamida kompleks va qiyosiy tahlil asosida ularning yosh va vaqt bilan bog‘liq adaptiv–kompensator mexanizmlar asosida kechishi aniqlangan. Mazkur ilmiy yangilik “Tajribaviy bosh miya jarohatlanishida ingichka ichakning morfologik o‘zgarishlarini baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomada qayd etilgan bo‘lib, Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 iyulda (№ 24-m/010) tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar bosh miya jarohatining turli davrlarida ingichka ichak morfologik ko‘rsatkichlarini baholash usulini takomillashtirish va yoshga xos morfologik o‘zgarishlarni aniqlash bo‘yicha metodologik asos yaratgan. Ushbu yondashuv ichak morfofunksional tiklanish jarayonlarini baholash va yoshga oid me’yoriy chegaralarni belgilash imkonini bergan. Klinik sharoitda bosh miya jarohati bilan bog‘liq bemorlarda ingichka ichak shilliq qavati bilan aloqador kasalliklarni, jumladan ingichka ichak yara kasalligini oldini olish va davolashda morfologik hamda immunogistokimyoviy usullarni qo‘llash yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (02.10.2024, № 118-son buyruq) hamda Buxoro viloyati patologik-anatomiya byurosi (28.09.2024, № 44-son buyruq) amaliyotiga tatbiq qilingan. Mazkur joriy etish holati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengash tomonidan tasdiqlangan (xulosa № 21/68, 2025 yil 7 iyul`). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ilmiy natijalar bosh miya jarohatidan keyingi ingichka ichak shilliq qavati va epitelial hujayralardagi o‘zgarishlarning yosh va vaqt bo‘yicha kechish qonuniyatlarini aniqlash imkonini berdi. Bu esa nevrologik reabilitatsiya davrida enteral` oziqlantirish rejimi¬ni optimallashtirish, yallig‘lanish va disbiozni oldini olish, shuningdek, gastroenterologiya, pediatriya va geriontologiya sohalarida yoshga mos davolash yondashuvlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari neyroxirurgiya amaliyotida bosh miya jarohati olgan bemorlarda ichak–miya o‘qi faoliyatini monitoring qilish va tiklash strategiyalarini takomillashtirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida esa og‘ir bemorlarda ichak morfofunksional tiklanish jarayonlarini jadallashtirish va enteral` oziqlantirish tolerantligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gistologik baholash mezonlarini amaliyotga joriy etish diagnostika jarayonini tezlashtirib, qo‘shimcha invaziv tekshiruvlarga ehtiyojni kamaytirgan. Tajriba sharoitida har bir tadqiqot seriyasida o‘rtacha 1930000 so‘mgacha mablag‘ tejash qayd etilgan. Klinik amaliyotda esa patologik o‘zgarishlarni erta aniqlash orqali asoratlar sonini kamaytirish, davolash muddatini qisqartirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkoniyati yaratilgan. Xulosa: Tadqiqot natijalari bosh miya jarohatining turli davrlarida ingichka ichak to‘qimalarida kechadigan gistologik o‘zgarishlar yosh guruhlariga qarab sezilarli farq qilishini ko‘rsatdi. Tiklanish jarayoni murakkab va bosqichma-bosqich kechadi, bunda so‘rg‘ich balandligi, kripta chuqurligi, shilliq qavat qalinligi hamda epitelial hujayralar holatidagi o‘zgarishlar dinamikasi bu jarayonning vaqtga bog‘liq bosqichlarini tasdiqlaydi. Ushbu ilmiy natijalar nevrologik va gastroenterologik patologiyalar o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda, yoshga mos diagnostika mezonlarini ishlab chiqish va individual davolash strategiyalarini belgilash uchun muhim ilmiy asos yaratadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Bosh miya jarohatini konservativ davolash jarayonida L-lizin essinat preparatini qo‘llash ingichka ichakning turli tuzilmalarida, jumladan shilliq qavat qalinligi, so‘rg‘ich balandligi, kripta chuqurligi, epitelial hujayralar zichligi va limfoid apparat faoliyatida ijobiy morfologik o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi va tiklanish jarayonini jadallashtirishi asoslangan. Mazkur ilmiy yangilik “Tajriba¬viy bosh miya jarohatlanishida ingichka ichakning morfologik o‘zgarishlarini baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomada qayd etilgan bo‘lib, Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 iyulda (№ 24-m/010) tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar bosh miya jarohatining turli davrlarida ingichka ichak morfologik o‘zgarishlarini baholash usulini takomillashtirish va yoshga xos morfologik o‘zgarishlarni aniqlash bo‘yicha metodologik asos yaratgan. L-lizin essinat preparatini qo‘llash natijasida ingichka ichakning morfologik va immun ko‘rsatkichlari tezroq tiklanib, bosh miya jarohatidan so‘ng gastrointestinal tizim faoliyatining normallashuvi jadallashgan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (02.10.2024, № 118-son buyruq) hamda Buxoro viloyati patologik-anatomiya byurosi (28.09.2024, № 44-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Mazkur joriy etish holati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengash tomonidan tasdiqlangan (xulosa № 21/68, 2025 yil 07 iyul). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari L-lizin essinat preparati¬ning bosh miya jarohatidan so‘ng ingichka ichak morfologik va immun ko‘rsatkichlarini tiklashdagi yuqori samaradorligini ko‘rsatdi. Preparat gastrointestinal tizim faoliyatini tezroq normallashtirishga yordam beradi, bu esa reanimatsiya va nevrologik reabilitatsiya davrida enteral` oziqlantirish tolerantligini oshirish, infeksion va yallig‘lanish asoratlari chastotasini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, preparatning yoshga xos samarasi aniqlanishi pediatriya va geriontologiya amaliyotida individual davolash strategiyalarini tanlashda muhim klinik va ilmiy asos yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash natijasida ichak morfologik tiklanish muddatining qisqarishi va asoratlar sonining kamayishi klinik davolash xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirgan. Tajriba jarayonida har bir tadqiqot seriyasida o‘rtacha 1930000 so‘mgacha mablag‘ tejash qayd etilgan. Klinik amaliyotda esa bemorlarning tiklanish muddatining qisqarishi va qayta shifoxonaga yotish ehtimolining kamayishi orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlari qisqargan. Xulosa: Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, bosh miya jarohatini konservativ davolash ingichka ichak tuzilmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tiklanish jarayonini jadallashtiradi. Ushbu ilmiy natijalar nevrologik va gastroenterologik patologiyalarni o‘zaro bog‘liq ravishda baholash, diagnostika va davolash strategiyalarini ishlab chiqish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish