Otalieva Adila Raxmetovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh karatechilarni yillik mashg‘ulot jarayonlarini rejalashtirish uslubiyati”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7600.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Bektosh Shomurod o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor; Rajabov G‘ulomjon Kurbanbaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi yosh karatechilarning yillik mashg‘ulot jarayonlarini optimal rejalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yosh karatechilarning yillik mashg‘ulot jarayonlarini tizimli rejalashtirish maqsadida tayyorgarlik turlariga kata va kumite yo‘nalishining raqibsiz holda bajariladigan, qat’iy ketma-ketlikda tashkil etilgan texnik harakatlar majmuasi hamda 52 haftalik harakatlar aniqligini oshirish qaratilgan mashg‘ulot rejasini davlat dasturiga moslashtirgan holda optimal taqsimlash hisobiga murakkab texnik harakatlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi yosh karatechilarning musobaqa faolitiga zaxira sportchilarini tayyorlash uchun individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bellashuvdagi chidamkorlik sifatlarini oshirish qaratilgan to‘rt blokli (natijadorlik, pedagogik, diagnostik va nazorat) model takomillashtirish hisobiga texnik harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
o‘quv mashq guruhidagi yosh karatechilarning texnik harakatlarini bajarish samaradorligi oshirish maqsadida klasifikatsiya bo‘yicha elementlar, harakat vazifalari, bajarish usullari, ta’sir yo‘nalishi inobatga olgan holda immitatsiya harakatlarini taktik strategiyalar bilan muvoffiqlikda bajarish hisobiga maxsus jismoniy mashqlarni bajarish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
yosh karatechilariga mashg‘ulot jarayonlarida murakkab kihon elementlarini samarali o‘rgatish maqsadida tezlikka ixtisoslashgan dachi vadza, dzuki vadzada zarbalarini oyoqlar orasiga yuk bog‘lab, nafas ritmini his qilishga qaratilgan usullaridan foydalanish dasturidan foydalanish hisobiga kumite texnik elementlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi yosh karatechilarning yillik mashg‘ulot jarayonlarini optimal rejalashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari asosida:
yosh karatechilarning yillik mashg‘ulot jarayonlarini tizimli rejalashtirish maqsadida tayyorgarlik turlariga kata va kumite yo‘nalishining raqibsiz holda bajariladigan, qat’iy ketma-ketlikda tashkil etilgan texnik harakatlar majmuasi hamda 52 haftalik harakatlar aniqligini oshirish qaratilgan mashg‘ulot rejasini davlat dasturiga moslashtirgan holda optimal taqsimlash bo‘yicha takliflar Sirdaryo viloyati Shirin shahar sport maktabi karate mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-sentyabrdagi 01-09/4199-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarining texnik tayyorgarligi umumiy hisobda 13,5 % ga yaxshilangan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi yosh karatechilarning musobaqa faoliyatiga zaxira sportchilarini tayyorlash uchun individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bellashuvdagi chidamkorlik sifatlarini oshirish qaratilgan to‘rt blokli (natijadorlik, pedagogik, diagnostik va nazorat) model takomillashtirish bo‘yicha takliflar Nukus shahar 1-sonli sport maktabi karate mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-sentyabrdagi 01-09/4199-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhi sportchilarining umumiy chidamlilik sifati 14,2 % ga yaxshilangan;
o‘quv mashq guruhidagi yosh karatechilarning texnik harakatlarini bajarish samaradorligi oshirish maqsadida klasifikatsiya bo‘yicha elementlar, harakat vazifalari, bajarish usullari, ta’sir yo‘nalishi inobatga olgan holda immitatsiya harakatlarini taktik strategiyalar bilan muvoffiqlikda bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nukus shahar Respublika yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi karate mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-sentyabrdagi 01-09/4199-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhi sportchilarining taktik tayyorgarligi umumiy hisobda 10,1 % ga yaxshilangan;
yosh karatechilarga mashg‘ulot jarayonlarida murakkab kihon elementlarini samarali o‘rgatish maqsadida tezlikka ixtisoslashgan dachi vadza, dzuki vadzada zarbalarini oyoqlar orasiga yuk bog‘lab, nafas ritmini his qilishga qaratilgan usullaridan foydalanish dasturidan foydalanish bo‘yicha takliflar Urganch shahar Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi karate mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-sentyabrdagi 01-09/4199 -son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhi sportchilarining Gyaku dzuki(20 soniya marta) mashqini bajarish ko‘rsatkichi tadqiqotdan oldin 13,30 marta aniqlangan bo‘lsa tadqiqotdan keyin 16,15 marta natijaga erishilgan.