Kenjaboev Shukurjon Sharipovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Egiluvchan bo‘g‘inli va qayishqoq elementli richagli mexanizmlarning konstruktiv sxemalarini va hisoblash usullarini ishlab chiqish», 05.02.02-Mexanizm va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/T246.

Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.

Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxkamov Qobil Xamdamovich,texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: egiluvchan bo‘g‘inli va qayishqoq elementli richagli mexanizmlarning yangi sxemalarini va parametrlarini hisoblash usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qayishqoq elementli tekis richagli, kulachokli va tishli mexanizmlarning kinematik juftlaridagi ortiqcha bog‘lanishlar sonini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

graflar nazariyasi asosida egiluvchan bo‘g‘inli kulisali mexanizmlarni strukturaviy analiz va sintez qilish usuli ishlab chiqilgan;

egiluvchan bo‘g‘inli va o‘zgaruvchan parametrli kulisali mexanizmlarni kinematik analizi asosida, simmetrik egiluvchan yopiq konturli kulisali mexanizmning umumlashgan kinematik modeli ishlab chiqilgan;

kulisa sterjenini etaklovchi bo‘g‘inga bog‘lanish xarakteriga bog‘liq holda etaklanuvchi bo‘g‘inning harakat traektoriyasi aniqlangan;

tarkibli kinematik jufti bo‘lgan richagli to‘rt bo‘g‘inli mexanizmni qayishqoq vtulkalarining maksimal deformatsiyalanishini hisobga olgan holda bo‘g‘inlarning kinematik parametrlarini hisoblash formulalari ishlab chiqilgan;

vallardagi burovchi momentni o‘zgarishi bilan shesternya va g‘ildirak vtulkalarining burchak siljishlari deformatsiyasini o‘zgarishi hamda tarkibli tishli g‘ildirakdagi vtulka amortizatorini siljish deformatsiyasi va siljish moduli orasidagi bog‘lanish grafigi ishlab chiqilgan;

ishqalanish momentini kinematik juft uzunligi va ariqcha (kanavka) enini o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgarishini ifodalash imkonini beradigan bog‘lanishlar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

egiluvchan bo‘g‘inli va qayishqoq elementli richagli mexanizmlarning yangi sxemalarini va parametrlarini hisoblash usullarini ishlab chiqish uchun olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:

uzatish mexanizmida qayishqoq elementli tarkibli yulduzchasi bo‘lgan yopiq konturli zanjirli uzatma bilan jihozlangan jun tozalash va tarash konserval` mashinasining moderinizatsiyalangan seksiyasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tizimidagi korxonada, jumladan “O`KTAM-KO” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2018 yil 29 noyabrdagi M3-3/2490-son ma’lumotnomasi). Natijada tolalarni ajralish koeffisientini 0,93% ga pasaytirish, ajratib olingan iflosliklardagi jun tolalari miqdorini 2,5-3,5% ga kamaytirish va ishchi organlarning ish resurslarini 15-20% gacha oshirish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan materialni surish mexanizmi asosida modernizatsiyalashgan tikuv mashinasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonada, jumladan “Maishiytexsoz” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 4 dekabrdagi BM-06-6305-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv mashinasining ish unumini 15-20% gacha oshirish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan igna mexanizmi asosida takomillashtirilgan tikuv mashinasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonada, jumladan “Maishiytexsoz” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 4 dekabrdagi BM-06-6305-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv mashinasi ignasining ish resursini 2,1-2,4 martaga oshirish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan tarkibli kinematik juftli yangi krivoship-polzunli mexanizmi bo‘lgan tikuv mashinasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonada, jumladan “XUJAOBOD” MChJ konxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 4 dekabrdagi BM-06-6305-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud tikuv mashinasiga nisbatan modernizatsiyalashgan tikuv mashinasining ish unumini 1,1-1,2 martaga oshirish imkoni yaratilgan;

ishlab chiqilgan tarkibli kinematik juftli yangi krivoship-koromisloli mexanizmi bo‘lgan tikuv mashinasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonada, jumladan “XUJAOBOD” MChJ konxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 4 dekabrdagi BM-06-6305-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud tikuv mashinasiga nisbatan modernizatsiyalashgan tikuv mashinasining ish resursini 2,2-2,7 martaga oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish