Raxmonova Kamolaxon Shoirjon qizining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Guruhli akrobatikachi qizlarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4636.
Ilmiy rahbar: Eshtaev Anvar Kurganovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Musaev Bahrom Baxtiyorovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali akrobatikachi qizlarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori malakali akrobat qizlarning musobaqaviy mashqlarini dinamik xususiyatlarini oshirish maqsadida kombinatsiyalardagi balans mashqlarining turli kategoriyalarida, tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish mashqlarini qo‘llash orqali turli murakkab aylanma mashqlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
turli vazifadagi akrobatlarning statik kuch qobiliyatlarini oshirish maqsadida tabaqalashtirilgan maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish kompleks mashqlar dasturidan shiddat zonalarini inobatga olgan holda foydalanish hisobiga murakkab balans kombinatsiyalarini bajarish samaradorligi oshirilgan; 
yuqori malakali akrobatlarning harakatlarini ko‘rish qobiliyatisiz muvozanat saqlashga imkonini yaratish maqsadida qo‘llarda tik turgan holda, oyoqlarda turgan hamda piramida qismlarida qo‘shimcha vositalardan foydalanish orqali takomillashtirish metodikasidan foydalanish hisobiga fazoda yo‘nalish olish qobiliyati oshirilgan;
yuqori malakali akrobatlarning barqarorroq tayanchdan murakkab tayanchga o‘tishlarini takomillashtirish maqsadida pastki, o‘rta va yuqori guruh vakillarining balans va voltij mashqlaridagi harakatlar uyg‘unligini oshirish hisobiga murakkab texnik elementlarni bajarish imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. yuqori malakali akrobatikachi qizlarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
yuqori malakali akrobat qizlarning musobaqaviy mashqlarini dinamik xususiyatlarini oshirish maqsadida kombinatsiyalardagi balans mashqlarining turli kategoriyalarida, tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish mashqlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar Toshkent shahar Mirobod tumani sport maktabining qizlar guruhi shug‘ullanuvchilari mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 24-aprelda berilgan 02-16/4205-son ma’lumotnoma). Natija, statik harakatda pastki akrobatlarda nisbiy o‘sish 18,48 % ga, o‘rta akrobatlarda 0,09 % ga, yuqori akrobatlarda ko‘rsatkichlarda 18,4 5% ga oshgan; 
turli vazifadagi akrobatlarning statik kuch qobiliyatlarini oshirish maqsadida tabaqalashtirilgan maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish kompleks mashqlar dasturidan shiddat zonalarini inobatga olgan holda foydalanish bo‘yicha takliflar Respublika oliy sport mahorati maktabining qizlar guruhi shug‘ullanuvchilarining mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 24-aprelda berilgan 02-16/4205-son ma’lumotnoma). Natija, balans mashqlarining oʻrtacha va yuqori darajadagi texnik ijrosini 
25,28 % ga, uchlikning umumiy balansini esa 21,65 % ga yaxshilangan;
yuqori malakali akrobatlarning harakatlarini ko‘rish qobiliyatisiz muvozanat saqlashga imkonini yaratish maqsadida qo‘llarda tik turgan holda, oyoqlarda turgan hamda piramida qismlarida qo‘shimcha vositalardan foydalanish orqali takomillashtirish metodikasidan foydalanish bo‘yicha takliflar Farg‘ona viloyati Quva tumani sport maktabi yuqori malakali qizlaning mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 24-aprelda berilgan 02-16/4205-son ma’lumotnoma). Natija, o‘rtacha kuch ko‘rsatkichlari 23,47 % ga, yuqori kuch ko‘rsatkichlari 23,93%ga o‘sgan;
yuqori malakali akrobatlarning barqarorroq tayanchdan murakkab tayanchga o‘tishlarini takomillashtirish maqsadida pastki, o‘rta va yuqori guruh vakillarining balans va voltij mashqlaridagi harakatlar uyg‘unligini oshirish bo‘yicha takliflar Respublika oliy sport mahorati maktabining qizlar guruhi shug‘ullanuvchilarining mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 24-aprelda berilgan 02-16/4205-son ma’lumotnoma). Natija, texnik-taktik tayyorgarlik 21,91 % ga yaxshilangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish