Abdiev Bekzod Rizvonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda uretra orqa klapanini erta jarrohlik davolashni takomillashtirish» 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: V20231.3. PhD/Tib3938.
Ilmiy rahbar:Agzamxodjaev Saidanvar Talatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sapaev Otabek Qadirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda uretra orqa klapanini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini erta diagnostika va siydik derivatsiyasi usullarini takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor homiladorlik davrida uretra orqa klapanini (UOK) gumon qilish va chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng to‘g‘ri davolash taktikasini belgilash imkonini beradigan prognostik ahamiyatga ega antenatal va postnatal exografik mezonlar aniqlangan;
bolalarda UOKning og‘irlik darajasi, buyrak funksional holati, vezikouretral reflyuks darajasi va bolaning yoshiga qarab siydik derivatsiyasi usullarini tanlashda differensial yondashuv asoslangan;
UOKning og‘ir shakllarida davolash samaradorligini oshirish maqsadida doimiy drenajni ta’minlovchi, kam shikastlovchi va samarali bo‘lgan Double J stentini o‘rnatishning modifikatsiyalashgan texnikasi ishlab chiqilgan (patent № IAP 7813, 2024 yil);
UOK bo‘yicha jarrohlik davolash natijalari, shu jumladan buyrak va siydik pufagi morfo-funksional holatidagi o‘zgarishlar dinamikasi ultratovush doplerografiyasi, miksion sistouretrografiya va radioizotopli ssintigrafiya orqali surunkali buyrak kasalligi (SBK) va urodinamik buzilishlarning rivojlanish xavf omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda uretra orqa klapanini erta jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik. ilk bor homiladorlik davrida uretra orqa klapanini (UOK) gumon qilish va chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng to‘g‘ri davolash taktikasini belgilash imkonini beradigan prognostik ahamiyatga ega antenatal va postnatal exografik mezonlar aniqlanganligi “Bolalarda orqa uretra klapaniga zamonaviy tashxis va davolash usullarini qo‘llash” mavzusidagi uslubiy tavsiyalarga kiritilgan; ijtimoiy samaradorligi: UOKni erta tashxis qilish davolash taktikasiga o‘z vaqtida reja tuzish imkonini bergan va og‘ir asoratlar sonining kamayishiga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi. Kasallikning kech bosqichlarida qimmatbaho tekshiruv usullariga bo‘lgan xarajatlar qisqartirilgan, har bir bemor uchun o‘rtacha iqtisodiy tejamkorlik 960000 so‘mni tashkil etgan. Ishlab chiqilgan antenatal va postnatal skriningning exografik mezonlari UOKni erta aniqlash aniqligini oshirib, davolash taktikasiga o‘z vaqtida kirishish imkonini bergan, bu esa o‘z navbatida og‘ir asoratlar xavfini kamaytirgan.
ikkinchi ilmiy yangilik. bolalarda UOKning og‘irlik darajasi, buyrak funksional holati, vezikouretral reflyuks darajasi va bolaning yoshiga qarab siydik derivatsiyasi usullarini tanlashda differensial yondashuv asoslangan. Bu taklif “Orqa uretra klapani bo‘lgan bolalarda siydikni chiqarish usulini tanlashda differensial yondashuv xususiyatlari” mavzusidagi uslubiy tavsiyalarda bayon etilgan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan; ijtimoiy samaradorligi: UOKning og‘ir shakllari bo‘lgan bolalarda qayta jarrohlik aralashuvlari va asoratlar soni kamaygan, tirik qolish darajasi oshgan. Iqtisodiy samaradorligi. Qayta operatsiyalar va uzoq muddatli davolash xarajatlarining tejalishi har bir bemor uchun o‘rtacha 1100000 so‘mni tashkil etgan. UOK og‘irlik darajasi, buyrak funksiyasi va reflyuks mavjudligiga asoslangan holda siydikni chiqarish usulini tanlash bo‘yicha differensial algoritmni amaliyotga joriy etish jarrohlik natijalarini yaxshilagan va qayta jarrohlik ehtiyojini kamaytirgan.
uchinchi ilmiy yangilik. UOKning og‘ir shakllarida davolash samaradorligini oshirish maqsadida doimiy drenajni ta’minlovchi, kam shikastlovchi va samarali bo‘lgan Double J stentini o‘rnatishning modifikatsiyalashgan texnikasi ishlab chiqilgan (patent № IAP 7813, 2024 yil). Bu usul kam shikastlovchi va samarali drenaj imkonini beradi. Ushbu xulosalar "Orqa uretra klapani bo‘lgan bolalarda siydikni chiqarish usulini tanlashda differensial yondashuv xususiyatlari" mavzusidagi uslubiy tavsiyalarga kiritilgan; ijtimoiy samaradorligi: Klapanni darhol ablyasiya qilish mumkin bo‘lmagan holatlarda siydik chiqarish yo‘llarini adekvat drenaj qilish imkoniyatini yaratib, SBKning avj olishi xavfini kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi. Gospitalizatsiya muddati va asoratlar sonining kamayishi natijasida har bir bemor uchun o‘rtacha 1300000 so‘m miqdorida iqtisodiy foyda ta’minlangan. Siydik pufagini stentlashning takomillashtirilgan usulini qo‘llash UOKning og‘ir shakllari bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda siydikni vaqtincha chiqarishda samarali va kam shikastlovchi usuli ta’mingan hamda davolashning xavfsizligi va natijadorligini oshirgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. UOK bo‘yicha jarrohlik davolash natijalari, shu jumladan buyrak va siydik pufagi morfo-funksional holatidagi o‘zgarishlar dinamikasi ultratovush doplerografiyasi, miksion sistouretrografiya va radioizotopli ssintigrafiya orqali surunkali buyrak kasalligi (SBK) va urodinamik buzilishlarning rivojlanish xavf omillari aniqlangan. Ushbu tahlil doirasida buyrak va siydik pufagining morfo-funksional holatidagi o‘zgarishlar dinamikasi ul`tratovushli dopplerografiya, miksion sistouretrografiya va radioizotopli ssintigrafiya yordamida o‘rganilgan. Bu esa surunkali buyrak kasalligining avj olish xavfi va urodinamik buzilishlar xavf omillarini aniqlash imkonini bergan. Ijtimoiy samaradorligi. Jarrohlik davolash samaradorligini baholash aniqligi oshgan, SBK rivojlanishiga olib keladigan xavf omillari o‘z vaqtida aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi. Nefrologik asoratlar sonining kamayishi reabilitatsiya va gospitalizatsiya xarajatlarini har bir bemor uchun o‘rtacha 1500000 so‘mgacha qisqartirishga imkon bergan. Xulosa: Ishlab chiqilgan dinamik kuzatuv protokoli operatsiyadan so‘ng buyrak va siydik pufagi funksiyasini ob’ektiv nazorat qilish imkonini bergan, bu esa prognozni yaxshilagan va terapevtik choralarni o‘z vaqtida to‘g‘rilashga sharoit yaratgan
Ushbu takliflar “Bolalarda orqa uretra klapaniga zamonaviy tashxis va davolash usullarini qo‘llash” mavzusidagi uslubiy tavsiyalarga kiritilgan bo‘lib, Tadqiqot davomida olingan natijalar Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 24 oktyabrdagi 228-t-sonli buyrug‘i va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 20 noyabrdagi 11-t-sonli buyrug‘i asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 20.06.2025 yildagi 20/02 son xulosasi).