Xudayberdieva Mohira Osimjanovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik jarayonlarda yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiylashuvining milliy mentalitetga moslashtirish” (O‘zbekiston tarixi fani misolida) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5195
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Asqarova Manzura Avazbekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Muqaddas Qaxramonovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Zamilova Rimma Ramilevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy adaptatsiyasini milliy mentalitet ta’sirini ilmiy tahlil qilish va uni samarali metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori sinf o‘quvchilarida ijtimoiylashuvining milliy mentalitetga adaptatsiyasining pedagogik-psixologik xususiyatlari kognitiv kompetensiyasiga motivatsion-psixologik (intrinsik motivatsiya, kognitiv dissonans, emotsional intellekt), dispozision (etnopsixologik identifikatsiya, aksiologik orientatsiyalar) va metakognitiv (refleksiv fikrlash) komponentlarni integratsiyalash orqali takomillashtirishning innovatsion konsepsiyasi ochib berilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiylashuvida sotsiometrik (sotsiogramma, referentometriya), psixodiagnostik (lokus nazorati, sotsial intellekt), etnopsixologik (etnik stereotiplar) va pedagogik (kognitiv strategiyalar, sotsioadaptiv kompetensiyalar) ko‘rsatkichlar tizimini qo‘llagan holda adaptatsiya darajasini milliy mentalitet nuqtai nazaridan kompleks baholash uchun multidisiplinar diagnostik metodologiya yaratish zarurati dalillangan;
yuqori sinf o‘quvchilarida ijtimoiylashuvining milliy mentalitetga moslashtirishning konstruktiv (loyihaviy o‘qitish, muammoli ta’lim), kollaborativ (kollektiv refleksiya) va axborot-kommunikatsion (raqamli pedagogika, virtual simulyasiyalar) usullar integratsiyalashgan holda milliy pedagogik an’analar bilan sinergetik uyg‘unlashgan motivatsion-transformatsion ta’lim modeli ishlab chiqildi;
yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiylashtirish metodikasida pedagogik texnologiyalarning samaradorligini kompleks baholash uchun kvalitativ (intervyu, kuzatuv) va kvantitativ (testlar, so‘rovnomalar) usullar sinergik tarzda qo‘llanilib, eksperimental va nazorat guruhlarida kognitiv, affektiv va sotsiometrik ko‘rsatkichlarning dinamikasi aniqlashtirildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogik jarayonlarda yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy adaptasiyasini milliy mentalitetga moslashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarida ijtimoiylashuvining milliy mentalitetga adaptatsiyasining pedagogik-psixologik xususiyatlari kognitiv kompetensiyasiga motivatsion-psixologik (intrinsik motivatsiya, kognitiv dissonans, emotsional intellekt), dispozision (etnopsixologik identifikatsiya, aksiologik orientatsiyalar) va metakognitiv (refleksiv fikrlash) komponentlarni integratsiyalash orqali takomillashtirishning innovatsion konsepsiyasi ochib berilishiga doir fikr mulohazalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 31-bandi “Mamlakatda yoshlar ma’naviy tarbiyasini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 17-dekabrdagi 10/220-sonli dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ijtimoiylashuviga ijobiy munosabat darajasini tavsivlovchi omillar ijtimoiy munosabatlarni baholash asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiylashuvida sotsiometrik (sotsiogramma, referentometriya), psixodiagnostik (lokus nazorati, sotsial intellekt), etnopsixologik (etnik stereotiplar) va pedagogik (kognitiv strategiyalar, sotsioadaptiv kompetensiyalar) ko‘rsatkichlar tizimini qo‘llagan holda adaptatsiya darajasini milliy mentalitet nuqtai nazaridan kompleks baholash uchun multidisiplinar diagnostik metodologiya yaratish zarurati dalillanganligi yuzasidan xulosa va takliflaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining bir qator teleko‘rsatuvlari (“Ta’lim va taraqqiyot”, “Muvozanat”, “Telemushohada” teledasturlarining 2024-yil mart-aprel oylaridagi sonlari)da dastur va ssenariylar tayyorlangan. (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-dekabrdagi 04-36-1289-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar ijtimoiy adaptatsiyasiyaning milliy mentalitetga moslashtirishni shakllantirishga oid metodik ta’minoti konstruktiv-prognostik topshiriqlar, hamkorlikda o‘qitish shakllarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
yuqori sinf o‘quvchilarida ijtimoiylashuvining milliy mentalitetga moslashtirishning konstruktiv (loyihaviy o‘qitish, muammoli ta’lim), kollaborativ (kollektiv refleksiya) va axborot-kommunikatsion (raqamli pedagogika, virtual simulyasiyalar) usullar integratsiyalashgan holda milliy pedagogik an’analar bilan sinergetik uyg‘unlashgan motivatsion-transformatsion ta’lim modeli ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 31-bandi “Mamlakatda yoshlar ma’naviy tarbiyasini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. Natijada, o‘quvchilarning jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga erishilgan.
yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiylashtirish metodikasida pedagogik texnologiyalarning samaradorligini kompleks baholash uchun kvalitativ (intervyu, kuzatuv) va kvantitativ (testlar, so‘rovnomalar) usullar sinergik tarzda qo‘llanilib, eksperimental va nazorat guruhlarida kognitiv, affektiv va sotsiometrik ko‘rsatkichlarning dinamikasi aniqlashtirish bo‘yicha xulosa va takliflaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining bir qator teleko‘rsatuvlari (“Ta’lim va taraqqiyot”, “Muvozanat”, “Telemushohada” teledasturlarining 2024-yil mart-aprel oylaridagi sonlari)da dastur va ssenariylar tayyorlangan. (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-dekabrdagi 04-36-1289-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar ijtimoiy adaptatsiyasiyaning milliy mentalitetga moslashtirishga yuzasidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar samaradorligini oshirishga erishilgan.