Tursunova Dilnoza Adhamjon qizining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni tarixiy va ma’naviy ideallarga aksiologik munosabatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (tarix fanlari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped7552
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ilyosjon Bahromovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich pedagogika fanlari doktori, professor. 
Xajieva Maksuda Sultanovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarni tarixiy va ma’naviy ideallarga aksiologik munosabatini rivojlantirish metodikasi takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tarixiy-ma’naviy ideallik fazilatlari (qahramonlik, jo‘mardlik, oliyjanoblik, bunyodkorlik) va akmeoshaxs xususiyatlari (tarixiy-ma’anviy jasorat, yuksak axloqiy sifatlar, ijtimoiy ta’sir)ni aksiologik yondashuv (qadriyali munosabat) imkoniyatlari asosida integrativ rivojlantirishning nazariy asoslari takomillashtirilgan;
aksiologik yondashuv asosida tarixiy va ma’naviy ideallariga qadriyatli munosabatni shakllantirishni majmuaviy tashxis etish, tarixiy va ma’naviy ideal shaxsga xos ma’naviy-axloqiy sifatlarni tizimlashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tarixiy va ma’naviy ideallarga aksiologik munosabatni shakllantirish modeli vaziyatli topshiriqlar, guruhiy munozara, o‘quv loyihalarini tarix ta’limidagi majburiy va tanlov fanlar amaliyotiga vertikal va gorizontal qo‘llashning didaktik imkoniyatlarini intensifikatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarixiy va ma’naviy ideallarga aksiologik munosabatini rivojlantirish texnologiyasining amaliy komponenti noan’naviy mashg‘ulot (sayohat, taqdimot, tadqiqot, ma’ruza-munozara, seminar-trening) shakllarini shaxsiy faoliyat tajribasi bilan refleksivlik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tarixiy va ma’naviy ideallarga aksiologik munosabatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish asosida:
tarixiy-ma’naviy ideallik fazilatlari (qahramonlik, jo‘mardlik, oliyjanosblik, bunyodkorlik) va akmeoshaxs xususiyatlari (tarixiy-ma’anviy jasorat, yuksak axloqiy sifatlar, ijtimoiy ta’sir)ni aksiologik yondashuv (qadriyali munosabat) imkoniyatlari asosida 
integrativ rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy yangiliklardan 
O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli 
“O‘zbek xalqi diniy va milliy qadiryatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan 
(Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 
11-05-3872/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini o‘quvchilarda tarixiy va ma’naviy ideallarga aksiologik munosabatni shakllantirishga tayyorlashning etnopedagogik va aksiopedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan.
aksiologik yondashuv asosida tarixiy va ma’naviy ideallariga qadriyatli munosabatni shakllantirishni majmuaviy tashxis etish, tarixiy va ma’naviy ideal shaxsga xos ma’naviy-axloqiy sifatlarni tizimlashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i asosida № 218-627-raqam bilan ro‘yxatga olingan  “Pedagogik aksiologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 
11-05-3872/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi aksiologik yondashuv asosida tarixiy va ma’naviy ideallariga qadriyatli munosabatni shakllantirishni majmuaviy tashxis etish, tarixiy va ma’naviy ideal shaxsga xos ma’naviy-axloqiy sifatlarni tizimlashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
tarixiy va ma’naviy ideallarga aksiologik munosabatni shakllantirish modelini vaziyatli topshiriqlar, guruhiy munozara, o‘quv loyihalarini tarix ta’limidagi majburiy va tanlov fanlar amaliyotiga vertikal va gorizontal qo‘llashning didaktik imkoniyatlarini intensifikatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiliklardan 2020-2022-yillarda 
O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 11-05-3872/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini o‘quvchilarda tarixiy va ma’naviy ideallarga aksiologik munosabatni shakllantirishga tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metod va texnologiyalarni takomillashtirishga xizmat qilgan.    
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini tarixiy va ma’naviy ideallarga aksiologik munosabatni shakllantirishga tayyorlash texnologiyasining amaliy komponentini noan’naviy mashg‘ulot (sayohat, taqdimot, tadqiqot, ma’ruza-munozara, seminar-trening) shakllarini shaxsiy faoliyat tajribasi bilan refleksivlik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirishga doir ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i asosida № 218-627-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Pedagogik aksiologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-iyundagi 11-05-3872/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini tarixiy va ma’naviy ideallarga aksiologik munosabatini rivojlantirishga tayyorlash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish