Matchanov Ruslanbek Azatovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining jismoniy tayyorgarlini oshirish uslubiyati”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1103.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Korobeynikov Georgiy Valerevich biologiya fanlari doktori, professor; Uraimov Sanjar Ruzmatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining jismoniy tayyorgarligini oshirishda yakkakurash sport turlari vositalaridan foydalanish uslubiyatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarning jismoniy tayyorgarlik tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish uchun ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy asosga ega funksional holatini oshiruvchi qo‘l jangi, jangovar sambo va kikboks kabi sport turlarining maxsus vositalar sxemasidan muntazam ravishda foydalanish hisobiga amaliy mashg‘ulotlarni tizimli tashkil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
xizmat faoliyati davrida organ xodimlarining turli vaziyatlardagi texnik-taktik harakatlarini bajarishdagi xatolarni bartaraf etish uchun ikki va undan ziyod huquqbuzarlarga qarshi keng qo‘llaniladigan usullarni bajarish xarakteri va turini mujassam etuvchi mashqlar majmuasini malaka oshirish kurslarida qo‘llash orqali hujum usullarini bajarish samaradorligi oshirilgan;
xodimlarning xizmat jarayonida duch keladigan vaziyatlardagi himoya harakatlarni samarali amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun qo‘l va oyoqlarni harakatsiz holatga keltirishda jangovar sambo texnikalari asosida ishlab chiqilgan kombinatsion modelni tinglovchilarning amaliy mashg‘ulotlarida ko‘rgazma qilish orqali qo‘shimcha texnik usullarni uzlyuksiz bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
harbiy oliy ta’lim muassasalari tinglovchilarining huquqbuzarlarga qarshi bellashuvlarda bo‘g‘im harakatchanligini oshirish va taslim qildirish prinsiplarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tashlash, chalish, o‘g‘riq berish va qayirish kabi harakatlarni o‘zida mujassam etuvchi mashg‘ulot dasturidan bitiruvchi kursantlarning malakaviy amaliyot davrida qo‘llash hisobiga qo‘lga olish ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
yosh xodimlarining amaliy mashg‘ulot jarayonlarida tezkor harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish, maxsus jismoniy tayyorgarligi oshirish uchun ishlab chiqilgan maxsus tayyorgarlik va chidamlilikni takomillashtirish tizimi yordamida xizmat faoliyatida jarohatlanishning oldini olish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining mashg‘ulot jarayonlarida maxsus jismoniy tayyorgarligi va chidamliligini takomillashtirish bo‘yicha tajriba va tadqiqot natijalari asosida:
huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarning jismoniy tayyorgarlik tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish uchun ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy asosga ega funksional holatini oshiruvchi qo‘l jangi, jangovar sambo va kikboks kabi sport turlarining maxsus vositalar sxemasidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlarining amaliy mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 7-avgustdagi 02-16/8324-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘l zarbasidan so‘ng raqibni oyoqlardan ko‘tarib tashlash samaradorligi 16,2% ga, oyoq zarbasidan so‘ng beldan oshirib tashlash samaradorligi 7,1% ga oshgan;
xizmat faoliyati davrida organ xodimlarining turli vaziyatlardagi texnik-taktik harakatlarini bajarishdagi xatolarni bartaraf etish uchun ikki va undan ziyod huquqbuzarlarga qarshi keng qo‘llaniladigan usullarni bajarish xarakteri va turini mujassam etuvchi mashqlar majmuasidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “DINAMO” jismoniy tarbiya-sport jamiyati sportchilari bilan mashg‘ulot jarayonida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 7-avgustdagi 02-16/8324-son ma’lumotnomasi). Natijada, beldan oshirib tashlash usulida burilish samaradorligi 5,3% ga, qo‘llarni X-simon qilib elkadan oshirib tashlashda 4,2% ga, oyoqlarni ko‘tarib tashlashda 6,1% ga, elkadan oshirib tashlashda esa 7,13% ga oshgan;
xodimlarning xizmat jarayonida duch keladigan vaziyatlardagi himoya harakatlarni samarali amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun qo‘l va oyoqlarni harakatsiz holatga keltirishda jangovar sambo texnikalaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti kursantlarining o‘quv mashg‘ulotlarida tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 7-avgustdagi 02-16/8324-son ma’lumotnomasi). Natijada, bellashuv davomida bajarilgan texnik usullar samaradorligi 14,8% ga, og‘ritish usullarini bajarish samaradorligi esa 4,6% ga ortgan;
harbiy oliy ta’lim muassasalari tinglovchilarining huquqbuzarlarga qarshi bellashuvlarda bo‘g‘im harakatchanligini oshirish va taslim qildirish prinsiplarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tashlash, chalish, o‘g‘riq berish va qayirish kabi harakatlarni o‘zida mujassam etuvchi mashg‘ulot dasturidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tasarrufidagi mashg‘ulot markazida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 7-avgustdagi 02-16/8324-son ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat faoliyatidagi ushlash harakatlarining natijadorligi 40,6% ga oshgan;
yosh xodimlarining amaliy mashg‘ulot jarayonlarida tezkor harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish, maxsus jismoniy tayyorgarligi oshirish uchun ishlab chiqilgan maxsus tayyorgarlik va chidamlilikni takomillashtirish tizimidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Jangovar sport turlari” ixtisosligida tahsil olayotgan tinglovchilarning amaliy mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 7-avgustdagi 02-16/8324-son ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat faoliyatida bajariladigan parter holatidagi usullar samaradorligi 20,3% ga va og‘ritish usullarini bajarish sifati 36,4% ga ortgan.