Ismoilova Gulnora Fayzullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida milliy valyuta barqarorligini ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt901.
Ilmiy maslahatchi: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: akademik, Nurislom Tuxliev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuxrat Amanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Nazarkulov Umidjan Rahimjanovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli iqtisodiyot sharoitida milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda davlatning tartibga solish mexanizmlari va metodologiyasini tahlil qilish, ularning ilmiy asoslarini yaratish va takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi ixtiyoridagi mavjud pul mablag‘lari, muddatli depozitlar va elektron pullar ulushining o‘zgarishiga ko‘ra aholi mablag‘lari tarkibida talab qilib olgunga qadar bo‘lgan elektron pul shaklidagi depozitlar miqdorining oshib borish tendensiyasi asoslab berilgan;
aholining banklarda saqlanayotgan depozitlar tarkibida talab qilib olgunga qadar bo‘lgan depozit mablag‘larga ko‘ra aholining elektron pul shaklidagi talab qilib olgunga qadar depozitlari qoldig‘i oshib borishining istiqbol tendensiyasi va uning asosiy parametrlari asoslangan;
tijorat banklarida talab qilib olgunga qadar bo‘lgan depozitlar uchun moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda aholining bir oy muddatga saqlangan talab qilib olgunga qadar bo‘lgan depozit mablag‘lari qoldig‘iga foiz to‘lovlarini amalga oshirish taklifi asoslangan; 
aholi ixtiyorida mavjud bo‘lgan elektron pullar daxlsizligi hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqori darajadagi himoya vositasiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ko‘pi bilan ikki dona multibank plastik (ish haqi yoki nafaqa va jismoniy shaxsning ixtiyoriy) kartalarini joriy etish  taklif qilingan;
milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda davlatning o‘rni va raqamli texnologiyalar muhimligiga ko‘ra iqtisodiyotda elektron pullar aylanmasi, elektron pullar orqali hisob-kitob jarayonlariga ta’sir etuvchi tashkiliy-iqtisodiy omillar darajasiga ko‘ra fast-peyment modelining taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Raqamli iqtisodiyot sharoitida milliy valyuta barqarorligini ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy-uslubiy va amaliy asoslarini takomillashti-rish bo‘yicha bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aholi ixtiyoridagi mavjud pul mablag‘lari, muddatli depozitlar va elektron pullar ulushining o‘zgarishiga ko‘ra aholi mablag‘lari tarkibida talab qilib olgunga qadar bo‘lgan elektron pul shaklidagi depozitlar miqdorining oshib borish tendensiyasi bo‘yicha taklif “Mikrokreditbank” ATB va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan  (“Mikrokreditbank” ATBning 2025 yil 12 fevraldagi 05-35/1289-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasining 2025 yil 12 fevraldagi 06-17/37 sonli ma’lumotnomalari).  Taklif 2030 yilga borib aholining tijorat banklarida saqlayotgan talab qilib olgunga qadar bo‘lgan depozit mablag‘lari-ning ulushini 22 foizni tashkil qilishi va shunga ko‘ra qo‘shimcha resurs bazasini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
aholining banklarda saqlanayotgan depozitlar tarkibida talab qilib olgunga qadar bo‘lgan depozit mablag‘larga ko‘ra aholining elektron pul shaklidagi talab qilib olgunga qadar depozitlari qoldig‘i oshib borishining istiqbol tendensiyasi va uning asosiy parametrlari taklifi  “Mikrokredit-bank” ATB va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan   (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 12 fevraldagi 05-35/1289-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasining 2025 yil 12 fevraldagi 06-17/37-sonli ma’lumotnomalari). Taklif 2030 yilga borib aholining tijorat banklaridagi elektron pul shaklidagi talab qilib olgunga qadar depozitlarining o‘rtacha yillik qoldig‘i 233623,97 mlrd.so‘m bo‘lishi hamda aholi tomonidan to‘lov terminallari orqali elektron pullar orqali to‘lov summalari yillik miqdori 825448,4 mlrd. so‘m bo‘lishi asoslangan holda tijorat banklari tomonidan qo‘shimcha ravishda to‘lov terminallari sonini ko‘paytirish zaruriyatini asoslashga muayyan darajada xizmat qilgan; 
tijorat banklarida talab qilib olgunga qadar bo‘lgan depozitlar uchun moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda aholining bir oy muddatga saqlangan talab qilib olgunga qadar bo‘lgan depozit mablag‘lari qoldig‘iga foiz to‘lovlarini amalga oshirish taklifi “Mikrokreditbank” ATB va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 12 fevraldagi 05-35/1289-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasining 2025 yil 12 fevraldagi 06-17/37 sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif tijorat banklarida saqlanayotgan elektron pullar tarkibida talab qilib olgunga qadar bo‘lgan depozit mablag‘lariga 2030 yilga oyiga 2826,6 mlrd so‘m qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini asoslashga muayyan darajada xizmat qilgan; 
aholi ixtiyorida mavjud bo‘lgan elektron pullar daxlsizligi hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqori darajadagi himoya vositasiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ko‘pi bilan ikki dona multibank plastik (ish haqi yoki nafaqa va jismoniy shaxsning ixtiyoriy) kartalarini joriy etish  taklifi “Mikrokreditbank” ATB va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (“Mikro-kreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 12 fevraldagi 05-35/1289-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasining 2025 yil 12 fevraldagi 06-17/37 sonli ma’lumotno-malari). Taklif aholi ixtiyoridagi turli banklarga tegishli bo‘lgan har xil turdagi plastik kartalar sonini optimallashtirish hamda elektron pullar orqali amalga oshiriladigan shubhali bank operatsiyalar soni va miqdorini kamaytirilishi asoslangan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil  25 fevraldagi  5/12-son "O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomning 19-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida"gi qarorini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda davlatning o‘rni va raqamli texnologiyalar muhimligiga ko‘ra iqtisodiyotda elektron pullar aylanmasi, elektron pullar orqali hisob-kitob jarayonlariga ta’sir etuvchi tashkiliy-iqtisodiy omillar  darajasiga ko‘ra fast-peyment tizimining modeli bo‘yicha taklifi “Mikrokreditbank” ATB va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 12 fevraldagi 05-35/1289-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasining 2025 yil 12 fevraldagi 06-17/37 sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifga ko‘ra maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida elektron to‘lovlar hajmining 30 foizga oshirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish