Abdieva Ramilya Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virus etiologiyali jigar sirrozlarida sarkopeniyaga diagnostik yondashuvlar va uni davolashning ayrim jihatlari», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2441.
Ilmiy rahbar: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virus etiologiyali jigar sirrozlarida sarkopeniyaga diagnostik yondashuvlar va uni davolashning ayrim jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor virus etiologiyali jigar sirrozi (HBV, HDV, HCV) bilan kasallangan bemorlarda jigar to‘qimasida fibrotik jarayonning tezlashishi sababli sarkopeniya 31% hollarda va HBV+HDV etiologiyali bemorlarda 1,2 baravar ko‘p uchrashi aniqlangan; 
virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlar guruhida virusli gepatitlarning erta boshlanishi, o‘rtacha 4 yilda yuqori HBV DNA 6,9 log4 ± 6,9 log4 XB/ml virus yuklamasi bilan, 57% hollarda sarkopeniya rivojlanishi aniqlangan; 
sarkopeniya holatida, persistirlovchi yallig‘lanish hamda progressiv jigar fibrozi sababli, jigar sirrozi asoratlari rivojlanish xavfi va bemorlarning tibbiy yordamga murojaat qilishini ortishi isbotlangan;
ilk bor, virusli etiologiyaga ega jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda tana vaznining kamayishi, oqsil-energetik va jismoniy etishmovchilikning sarkopeniya rivojlanishida asosiy omil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor virus etiologiyali jigar sirrozi (HBV, HDV, HCV) bilan kasallangan bemorlarda jigar to‘qimasida fibrotik jarayonning tezlashishi sababli sarkopeniya 31% hollarda va HBV+HDV etiologiyali bemorlarda 1,2 baravar ko‘p uchrashi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy kengashida 12.09.2024 yil 1n-r/3-son bilan tasdiqlangan «HBV, HDV va HCV virus etiologiyali jigar sirrozlarida sarkopeniyaga diagnostik yondashuvlar va uni davolashning ayrim jixatlari o‘rganish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialiga 26.10.2024 yildagi 31t-son va Qashqadaryo viloyati filialiga 26.10.2024 yildagi 37-A-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ovqatlanish va mushak kuchi  buzilishlarini kamaytirishga qaratilgan maqsadli profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: maqsadli profilaktik va davolash tadbirlari har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini Chayld-P`yu bo‘yicha «V» sinfidagi JSda yiliga 25,2 AQSh dollari va Chayld-P`yu bo‘yicha «S» sinfidagi JSda yiliga 26,3 AQSh dollarini iqtisod qilishni ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlar guruhida virusli gepatitlarning erta boshlanishi, o‘rtacha 4 yilda yuqori HBV DNA 6,9 log4 ± 6,9 log4 XB/ml virus yuklamasi bilan, 57% hollarda sarkopeniya rivojlanishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy kengashida 12.09.2024 yil 1n-r/3-son bilan tasdiqlangan «HBV, HDV va HCV virus etiologiyali jigar sirrozlarida sarkopeniyaga diagnostik yondashuvlar va uni davolashning ayrim jihatlari o‘rganish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialiga 26.10.2024 yildagi 31t-son va Qashqadaryo viloyati filialiga 26.10.2024 yildagi 37-A-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mushak massasi va kuchi buzilishlarini erta aniqlash va davolash bemorlarning hayot sifatini - jismoniy faolligi va ularning ruhiy-hissiy holatini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: maqsadli profilaktik va davolash tadbirlari har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini Chayld-P`yu bo‘yicha «V» sinfidagi JSda yiliga 25,2 AQSh dollari va Chayld-P`yu bo‘yicha «S» sinfidagi JSda yiliga 26,3 AQSh dollarini iqtisod qilishni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: sarkopeniya holatida jigar sirrozi asoratlari rivojlanish xavfi va bemorlarning tibbiy yordamga murojaat qilish chastotasi oshishi, bu esa persistirlovchi yallig‘lanish hamda progressiv jigar fibrozi bilan bog‘liq ekanligining aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy kengashida 12.09.2024 yil 1n-r/3-son bilan tasdiqlangan «HBV, HDV va HCV virus etiologiyali jigar sirrozlarida sarkopeniyaga diagnostik yondashuvlar va uni davolashning ayrim jixatlari o‘rganish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialiga 26.10.2024 yildagi 31t-son va Qashqadaryo viloyati filialiga 26.10.2024 yildagi 37-A-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: JS asoratlarining oldini olish bemorlarning tibbiy yordamga murojaat qilishining kamayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: maqsadli profilaktik va davolash tadbirlari har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini Chayld-P`yu bo‘yicha «V» sinfidagi JSda yiliga 25,2 AQSh dollari va Chayld-P`yu bo‘yicha «S» sinfidagi JSda yiliga 26,3 AQSh dollarini iqtisod qilishni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor, virusli etiologiyaga ega jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda tana vaznining kamayishi, oqsil-energetik va jismoniy etishmovchilikning sarkopeniya rivojlanishida asosiy omil ekanligi isbotlangan, bu esa Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy kengashida 12.09.2024 yil 1n-r/3-son bilan tasdiqlangan «HBV, HDV va HCV virus etiologiyali jigar sirrozlarida sarkopeniyaga diagnostik yondashuvlar va uni davolashning ayrim jixatlari o‘rganish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filialiga 26.10.2024 yildagi 31t-son va Qashqadaryo viloyati filialiga 26.10.2024 yildagi 37-A-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mushaklar kuchsizligi va progressiv vazn yo‘qotilishi jismoniy faollikning hamda kundalik vazifalarni bajarish qobiliyatining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: maqsadli profilaktik va davolash tadbirlari har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini Chayld-P`yu bo‘yicha «V» sinfidagi JSda yiliga 25,2 AQSh dollari va Chayld-P`yu bo‘yicha «S» sinfidagi JSda yiliga 26,3 AQSh dollarini iqtisod qilishni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish