Turaeva Nasiba Mirxamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modeli i algoritmi monitoringa setey telekommunikatsiy aeronavigatsionnix sistem” (“Aeronavigatsiya tizimlarining telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish modellari va algoritmlari”),
05.04.01-“Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024/4.PhD/T5108.
Ilmiy rahbar: Eshmurodov Dilshod Elmurodovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Parsiev Saydiaxat Solixodjaevich, texnika fanlari doktori, professor; Arifdjanov Akmal Zakirdjanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi aeronavigatsiya tizimlarining telekommunikatsiya tarmog‘ini texnik va ekspluatatsion xususiyatlarni yaxshilash imkonini beruvchi monitoring qilish modeli va algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aeronavigatsiya tizimlarining telekommunikatsiya tarmog‘idagi jarayonlarni integratsiyalashga hamda tarmoq ishonchliligini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘pagent texnologiyasi asosida ishlovchi monitoring tizimining funksional modeli ishlab chiqilgan;
aeronavigatsiya tizimlarida xatoliklarni kamaytirish imkonini beruvchi axborotlarni o‘z vaqtida etkazish ehtimolining taqsimot funksiyasini hisoblash algoritmi ko‘pagent monitoring mexanizmi asosida takomillashtirilgan;
aeronavigatsiya tizimlarida aloqa kanallari yuklamalarini muvozanatlash hamda nisbiy va mutloq (absolyut) prioritetli xizmat koʻrsatish asosida ma’lumotlar parametrlarini hisoblash imkonini beruvchi matematik modellar taklif etilgan;
nosozliklarni tezkor bartaraf etishni o‘z ichiga olgan aeronavigatsiya tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi muhandis-texnik xodimlar ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘pagent texnologiyasi asosida algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aeronavigatsiya tizimlarining telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish uchun ishlab chiqilgan modellar va algoritmlar asosida:
ishlab chiqilgan ko‘pagent texnologiyasi asosida aeronavigatsiya tizimlarining telekommunikatsiya tarmog‘idagi jarayonlarni integratsiyalovchi monitoring tizimining funksional modeli “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKda va “IT-Park” Toshkent viloyati filialida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 5-dekabrdagi 4/11674-sonli ma’lumotnomasi). Natijada telekommunikatsiya tarmog‘i ish samaradorligini 6-8% ga oshirilishiga erishilgan;
takomillashtirilgan ko‘pagent monitoring tizimi asosida kiruvchi axborot oqimiga xizmat ko‘rsatish texnik ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich hisoblash imkonini beruvchi aeronavigatsiya axborotini o‘z vaqtida etkazish ehtimolining taqsimot funksiyasini hisoblash algoritmi “O‘zbektelekom” AK Toshkent filialida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 5-dekabrdagi 4/11674-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muhandislik hisob-kitoblarini amalga oshirishda etarli bo‘lgan kamida 0,9999% ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ining tayyorlik koeffisientiga erishishga olib kelgan;
taklif etilgan aeronavigatsiya tizimlarida kiruvchi ma’lumotlarga prioritetli xizmat ko‘rsatishning Laplas-Stiltes matematik modellari va telekommunikatsiya tarmoqlari ko‘pagent monitoringi tizimining texnik-iqtisodiy samaradorligini hisoblashning modeli “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKda joriy etilgan (“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKning 2024 yil 26 avgustdagi 242-son ma’lumotnomasi). Natijada texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini optimallashtirish va samaradorlikni 7-9% ga oshirishga erishilgan;
ishlab chiqilgan integratsiyalashgan ko‘pagent monitoring tizimi asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini kuzatish va ularga xizmat ko‘rsatuvchi muhandis-texnik xodimlar ishining samaradorligini oshirish imkonini beruvchi algoritmi “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 5-dekabrdagi 4/11674-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nosozliklarni bartaraf etish vaqti 5-7% ga qisqarishiga erishilgan.