G‘ulamiddinov Sarvarjon G‘ayratjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: Fibrobetondan tayyorlangan siqiluvchi temir beton elementlarining deformatsiyalanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligi.
Ixtisoslik shifri: 05.09.01–Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4519.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolmirzaev Sattor Abdujabbarovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan davlat texnika universiteti., PhD.03/01.04.2023.T.90.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zulpuev Abdivap Momunovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Ibroxim Numanovich, texnika fanlari nomzodi, professor; 
Yetakchi tashkilot nomi: “Kommunalta’mirloyiha” MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi fibrobetondan tayyorlangan siqiluvchi temir beton elementlarning deformatsiyalanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligini tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
eksperimental tadqiqotlar natijasida bazalt tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobetonlarning prizmatik mustahkamligi koeffisienti og‘ir betonnikidan farqli bo‘lib, uning qiymati Rb/R=0,82 qabul qilinishi kerakligi asoslangan;
bazalt tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobetonning deformatsiya moduli og‘ir betonnikidan 30% yuqori ekanligi hisobga olgan holda uni aniqlash formulasi takomillashtirilgan;
eksperimental tadqiqotlar yordamida kichik ekssentrisitetlar bilan yuklangan (e0=0,2h0) bazalt tolalari bilan dispers armaturalangan fibrotemirbeton ustunlarning mustahkamligi og‘ir betonnikiga nisbatan 40-45%, katta ekssentrisitetlar (e0=0,5h0 va e0=0,8h0) bilan yuklangan ustunlarning mustahkamligi esa 30-35% ortishi aniqlangan; 
bazalt tolalari bilan dispers armaturalangan fibrotemirbeton ustunlarni birinchi guruh chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblashda kichik  ekssentrisitetlar bilan (e0=0,2h0) yuklangan ustunlardagi betonning prizmatik  mustahkamligi (Rb) tegishli ish sharoiti koeffisienti γb1=1,4, katta ekssentrisitetlar (e0=0,5h0 va e0=0,8h0) bilan yuklangan ustunlarni prizmatik  mustahkamligi esa γb1=1,3 ga ko‘paytirish yordamida aniqlanishi asoslangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Fibrobetondan tayyorlangan siqiluvchi temir beton elementlarning deformatsiyalanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligi” mavzusi doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
siqiluvchi temir-beton elementlar ishlab chiqarish jarayonida bazalt tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobetondan foydalanish texnologiyasi "Bunyodkor-3" MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi №24-06/13800-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bazalt tolalari bilan mustahkamlangan dispers armaturalangan fibrobetonning siqilishga chidamliligi an’anaviy, oddiy (dispers armaturalanmagan) betonga nisbatan 40–45% ga yuqori ekani aniqlangan. Bu ko‘rsatkich yangi materialning yuk ko‘tarish qobiliyati va konstruktiv ishonchliligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, tadqiqot natijalari asosida, o‘q bo‘ylab siqilish holatida bazalt tolalari bilan armaturalangan fibrobetonning chegaraviy deformatsiya qiymatlari aniqlanib, ularning barqarorligi va deformatsiyaga qarshiligi yuqori ekani tasdiqlandi hamda siqilishdagi chegaraviy deformatsiyalar oddiy betonga qaraganda 15-20%, cho‘zilishda esa 20-25% yuqori ekanligi aniqlangan;
bazalt tolalari bilan dispers armaturalangan siqiluvchi fibrotemirbeton elementlarni mustahkamlikka hisoblash usuli “Farg‘ona Rahmatjon topograf” xususiy korxonasi tomonidan Furqat tumani 32-sonli umumta’lim maktabi hududida joylashgan, 330 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi va sport zalini loyihalash jarayonida amaliyotga joriy etildi. (O‘zR Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi №24-06/13800-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 15% gacha iqtisodiy tejamkorlikka erishilgan;
fibrobetondan tayyorlangan siqiluvchi temir beton elementlarning deformatsiyalanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida olingan ilmiy natijalari “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ tomonidan bino va inshootlarni loyihalash, qurilish jarayonlarini rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishga joriy etilgan (O‘zR Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi №24-06/13800-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bazalt tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobetonda deformatsiyaning kuchlanish bilan bog‘liqligi eksperimental sinov bilan aniqlangan hamda tajriba natijalariga ko‘ra bazalt tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobetonning o‘rtacha zichligi 2000-2100 kg/m3ni tashkil qilganligi sababli uning massai 15-20% ga kamayishi sababli material sarfini tejash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan;
Fibrotemirbeton ustunlarni ANSYS Workbench dasturi yordamida modellashtirish, hisoblash ishlari va takomillashtirilgan formulalar hamda tajriba-sinov natijalariga asoslanib olib borildi. Ushbu tadqiqotlar va hisoblash uslublari Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hududiy boshqarmasi tomonidan amaliy loyihalash va hisoblash ishlarida qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi №24-06/13800-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bazalt tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobetonning deformatsiyalanuvchanligi nomarkaziy siqilish sharoitida o‘rtacha 30% ga kamayganligi va boshlang‘ich elastiklik moduli esa o‘rtacha 30% ga ortganligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish