Karimov Asror Akbarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harakatdagi transport vositalarini foto va video qayd etish orqali masofaviy monitoring qilish tizimini tadqiq etish hamda ishlab chiqish”, 05.04.02 - “Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5538.
Ilmiy rahbar: Nosirov Xabibullo Xikmatullo o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari doktori, professor; Yarmuxamedov Alisher Akbarovich, Texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega. 
II.Tadqiqotning maqsadi Harakatdagi transport vositalarini real vaqtda aniqlash, kuzatish hamda foto va video qayd etish orqali masofaviy monitoring qilish tizimini ishlab chiqish, shuningdek, sun’iy intellekt algoritmlari asosida ma’lumotlarni qayta ishlovchi apparat-dasturiy kompleksni yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
harakatdagi transport vositalarini real vaqt rejimida identifikatsiya qilishda davlat raqami belgisiga bog‘liq bo‘lmagan xolda foto va video ma’lumotlarning  tashqi parametrlari ya’ni kuzov rangi, turi, rusumi hamda modelni avtomatik aniqlash imkonini beruvchi takomillashtirilgan algoritm taklif qilingan; 
radiotexnik qurilma bilan integratsiyalangan harakatdagi transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan yig‘ish hamda markaziy tizimga uzatishni ta’minlovchi tashqi parametrlarni kiritish asosidagi apparat-dasturiy model yangilangan arxitektura va milliy infratuzilma bilan takomillashtirilgan;
harakatdagi transport vositalarini masofadan monitoring qilish tizimi uchun foto va video qayd etish vositalarida olingan tasvirlarni real vaqt rejimida o‘rnatilgan neyron tarmoq asosida qayta ishlovchi usuli yuqori ishonchlilik, optimal samaradorlik bilan takomillashtirilgan;
harakatdagi transport vositalarining kuzov rangi, turi, rusumi va modeli foto va video qayd etish asosida masofaviy monitoring qilishni ta’minlovchi apparat-dasturiy kompleksi hamda mavjud avtomobillar tarixi moduli bilan integratsiyalashgan axborot tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harakatdagi transport vositalarini foto va video qayd etish orqali masofaviy monitoring qilish tizimini tadqiq etish hamda ishlab chiqishbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
harakatdagi transport vositalarini real vaqt rejimida identifikatsiya qilishda davlat raqami belgisiga bog‘liq bo‘lmagan xolda foto va video ma’lumotlarning  tashqi parametrlari ya’ni kuzov rangi, turi, rusumi hamda modelni avtomatik aniqlash imkonini beruvchi takomillashtirilgan algoritm “SMART BASE” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi 33-8/4841-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qiluvchi radiotexnik qurilma bilan bog‘lash mezonlariga ko‘ra, yuqori aniqlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lib, rang bo‘yicha 92,5%, turi bo‘yicha 92,5%, rusumi bo‘yicha 91%, modeli bo‘yicha esa 34,2%ni tashkil etgan. Ushbu natijalar transport vositalarini identifikatsiya qilish jarayonida tizimning texnik va analitik samaradorligini sezilarli darajada oshishi aniqlangan;
radiotexnik qurilma bilan integratsiyalangan harakatdagi transport vositalari haqidagi ma’lumotlarni masofadan yig‘ish hamda markaziy boshqaruv tizimiga uzatishni ta’minlovchi tashqi parametrlarni kiritish asosida takomillashtirilgan apparat-dasturiy model va unga bog‘liq ilg‘or texnologiyalar “Telecom sot” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi 33-8/4841-sonli ma’lumotnomasi) Model yordamida ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish tezligi 0,2 % ga oshirildi, bu esa tizimning nafaqat yuqori texnik samaradorligini, balki ma’lumot almashish jarayonlarida barqarorlik va ishonchlilikni muayyan darajada oshishiga zamin yaratgan;                                                                                                                          
harakatdagi transport vositalarini masofadan monitoring qilish tizimi uchun foto va video qayd etish vositalarida olingan tasvirlarni real vaqt rejimida o‘rnatilgan neyron tarmoq asosida qayta ishlovchi usuli orqali takomillashtirilgan algoritm “UNICON.UZ” MChJ tomonidan tasvirni sun’iy intellekt asosida qayta tiklash loyihasida hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan xalqaro standartlarni milliylashtirish jarayonida asosiy manba sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi 33-8/4841-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur algoritm inson omilisiz baholashni ta’minlaydi va jarima qarorlarining 98,7 foiz xatosiz shakllanishiga erishildi, bu esa bedarak yo‘qolgan, qidiruvdagi yoki jinoyatda gumon qilingan transport vositalarni aniqlash imkonini bergan;
harakatdagi transport vositalarining kuzov rangi, turi, rusumi va modeli foto va video qayd etish asosida masofaviy monitoring qilishni ta’minlovchi apparat-dasturiy kompleksi hamda mavjud avtomobillar tarixi moduli bilan integratsiyalashgan axborot tizimi, jamoat tartibini saqlash va jamoat tartibiga ko'maklashish markazida amaliy tatbiq etilishi bilan bir qatorda, “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalangan tizimlarini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi doirasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari, (Toshkent shahar IIB YHXBga qarashli) “A.Temur–Xurshida” va “A.Temur–Moyqo‘rg‘on” ko‘cha chorrahalarida IIV “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomondan amaliyotga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyuldagi 33-8/4841-sonli va IIV JXD YHXXning 2025-yil 8-may, 24/11-5436-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, transport vositalarini davlat raqamidan tashqari qo‘shimcha identifikatsiya parametrlariga asoslanib aniqlash darajasi 3,8 foizga oshgan va tizim texnik, huquqiy hamda amaliy jihatdan ilg‘or echim sifatida e’tirof etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish