Olmasov Axmad Asadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ultra yuqori chastota diapazonida radiomonitoring samaradorligini oshirishning modeli va algoritmi”,
05.04.02 - “Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4895.
Ilmiy rahbar: Mirzoqulov Hotam Baxtiyor o‘g‘li, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Alimova Nodira Batirdjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Shaxobiddinov Alisher Shopatxiddinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi Expectation Propagation (kutilmani tarqatish) algoritmi, Zero Padding (nol bilan to‘ldirish) usuli hamda takomillashtirilgan logoperiodik vibratorli antenna (LPDA) asosida ultra yuqori chastota diapazonida radiomonitoring samaradorligini oshirishning modeli va algoritmini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
expectation propogation (EP) algoritmini radiomonitoringga tatbiq etish orqali uning sifat ko‘rsatkichi parametrlarini yaxshilovchi LDPC kodli MIMO-OFDM tizimining modeli signallarni tanib olish jarayonida Baes teoremasi asosida takomillashtirilgan;
radiomonitoring jarayonida uzatilgan va qabul qilingan signallar o‘rtacha kvadratik xatolik koeffisientini aniqlash darajasini oshiruvchi zero padding (ZP) usuli asosida SISO-OFDM tizimining modeli takomillashtirilgan;
ultra yuqori chastota diapazonidagi signallarni belgilangan parametrlarning qiymatlari asosida tanib olish uchun expectation propogation (EP) algoritmi, zero padding (ZP) usuli va logoperiodik vibratorli antennani o‘zaro bog‘lanishi hamda integratsiya tamoyili orqali radiomonitoring samaradorligini oshirish imkonini beruvchi algoritm taklif etilgan;
LPDAning ochilish burchagini aniqlovchi matematik modelga dipollar orasidagi masofa koeffisientini kiritish orqali yo‘nalish diagrammasi va kuchlanish bo‘yicha turg‘un to‘lqin koeffisienti parametrlari konfiguratsiyalanadigan antennaning takomillashtirilgan fizik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hisoblash qonuniyatlaridan eng maqbullarini tanlagan holda xalaqitbardosh signallarni dekodlash va yarim mavhum kanalni baholashni optimallashtirishning immitatsion modellarini ishlab chiqish, texnik parametrlari takomillashtirilgan logoperiodik vibratorli antennalarning matematik va real modelini yaratish hamda radiomonitoring jarayonining samaradorligini oshirish usullari va modellari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
LPDAning ochilish burchagini aniqlovchi matematik modelga dipollar orasidagi masofa koeffisientini kiritish orqali yo‘nalish diagrammasi va kuchlanish bo‘yicha turg‘un to‘lqin koeffisienti parametrlari konfiguratsiyalanadigan antennaning takomillashtirilgan fizik modeli hamda expectation propogation (EP) algoritmini LDPC kodli MIMO-OFDM tizimining mobil aloqa tayanch stansiyalari chastota diapazonlaridagi radioxalaqitlarni aniqlashda radiomonitoring jarayoniga tatbiq etish orqali uning sifat ko‘rsatkichi parametrlarini samaradorligini oshirish usuli, yaratilgan logoperiodik vibratorli antenna hamda algoritm O‘zbektelekom AK “O‘zMobayl” filiali Samarqand hududiy bog‘lamasida joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 33-8/7493-sonli ma’lumotomasi). Natijada, O‘zbektelekom AK “O‘zMobayl” filiali Samarqand hududiy bog‘lamasining 713,0-733,0 MHz, 733,0-748,0 MHz, 902,8-908,6 MHz, 1766,4-1784,8 MHz, 1965,0-1980,0 MHz chastota diapazonlarida ishlaydigan mobil aloqa tizimlari tayanch stansiyalarining sifatli ishlashiga ta’sir ko‘rsatayotgan radioxalaqitlarni aniqlash samaradorligini 10,0 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
SISO-OFDM tizimining kam quvvatli uzatgichlarida qabul qiluvchi antenna sifatida logoperiodik vibratorli antenna hamda zero padding (ZP) usulini qo‘llash asosida signalni qabul qilish va tanib olishning takomillashgan modeli “RRTM” DUK Samarqand Radioteleuzatish markazida tatbiq etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 33-8/7493-sonli ma’lumotomasi). Natijada taklif etilayotgan model asosida signal sathi 64,1 dBµV/m ga teng, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan televizion antennada signal sathi 59,1 dBµV/m bo‘lgan. Bunda taklif etilayotgan logoperiodik vibratorli antenna yordamida 8,5 foizgacha signalni samarali qabul qilish imkoni yaratilgan;
ultra yuqori chastota diapazonidagi signallarni belgilangan parametrlarning qiymatlari asosida tanib olish uchun expectation propogation (EP) algoritmi, zero padding (ZP) usuli va logoperiodik vibratorli antennaning takomillashtirilgan fizik modeli o‘zaro bog‘lanishi hamda integratsiya tamoyili orqali radiomonitoring samaradorligini oshirish imkonini beruvchi algoritm “UMS” MChJ Samarqand shahar xizmat ko‘rsatish markazida qo‘llanilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 33-8/7493-sonli ma’lumotomasi). Natijada, “UMS” MChJ Samarqand shahar xizmat ko‘rsatish markazi 804,0-815,0 MHz, 935,0-960,0 MHz, 1805,0-1870,0 MHz, 2110,0-2170,0 MHz chastota diapazonlarida ishlaydigan mobil aloqa tizimlari tayanch stansiyalarining sifatli ishlashiga ta’sir ko‘rsatayotgan radioxalaqitlarni aniqlash samaradorligini 13,2 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan.