Ro‘zieva Mavluda Anvarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p qatlamli dissipativ bir jinsli bo‘lmagan silindrik qobiqda xos va majburiy to‘lqinlarning tarqalishi” (“rasprostranenie sobstvennix i vinujdennix voln v mnogosloynoy dissipativnoy neodnorodnoy silindricheskoy obolochke”) 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika - matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1310
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibrohimovich  fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: 
Mavlanov To‘lqin Mavlonovich texnika fanlar doktori, professor; 
Indiaminov Ravshan Shukurovich fizika-matematika fanlari doktori, professor;  
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dissipativ bir jinsli bo‘lmagan ko‘p qatlamli silindrik jismlarga xos to‘lqin va majburiy to‘lqinlarni tarqalishini o‘rganish metodikasi va algoritimini yaratish, hamda mavjud nazariya ilmiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
ilk marta matereallarning qovushqoq-elastiklik xususiyatlarini Koltunov-Rjanisin yadrosi orqali hisobga olgan holda ko‘p qatlamli dissipativ bir jinsli bo‘lmagan silindrik qobiqda xos va majburiy to‘lqinlarninig tarqalishi masalalarini echish metodikasi va algoritmi Laplasning integral almashtirishlari, muzlatish, Gauss va Myuller usullariga asoslanib ishlab chiqilgan; 
ko‘p (ikki, uch va to‘rt) qatlamli dissipativ bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan silindrik jismlarning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xos tebranishlar kompleks chastotalarning haqiqiy qismlarining 5% gacha farq qilishi, mavhum qismlarining esa radikal o‘zgarishi topilgan; 
dissipativ bir jinsli bo‘lmagan to‘rt qatlamli silindrik qobiq faza tezligining birinchi modasi to‘lqin soni    oralig‘ida botiqligi, faza tezligining birinchi va uchinchi modalari to‘lqin soniga amalda bog‘liq bo‘lmasligi, yuqori modalar   oralig‘ida to‘lqin soniga bog‘liq bo‘lishi,   bo‘lganda esa bog‘liq bo‘lmasligi dispersion munosabtlarni ifodalovchi transendent tenglama echimlaridan topilgan; 
ikki qatlamli qobiqning ko‘chish amplitudasining ichki erkin sathidagi qiymati materealning qovushqoqlik xususiyatlariga bog‘liqligini 10-15% ni tashkil etishi, Kirxgof-Lyav va Timoshenko gipotezalari asosida olingan natijalar past chastotalarda 20% gacha, yuqori chastotalarda esa farq 10% bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uch qatlamli  dissipativ bir jinsli bo‘lmagan  silindrik  jismning chiziqli erkin va majburiy  tebranishining ilmiy asoslarini hisobga olgan holda hisoblash usuli, algoritmi va dasturi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dissipativ  bir jinslimas sistemalarda  tebranish amplitudasini so‘ndirish samarasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida OT-F4-«Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirishda qo‘llanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2021-yil 10-maydagi 1/01-1263 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, quvurning rezonans sohasidagi tebranishlarni boshqarish imkoniyati yaratilgan;
dissertatsiyada ishlab chiqilgan uzun qovushqoq-elastik to‘ldiruvchili yupqa silindrik qobiqda to‘lqin tarqalishi masalasini echish metodikasidan Rossiya Fundamental tadqiqotlar jamg‘armasining davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2018–2020-yillarda bajarilgan RFFI-18-48-240007 raqamli “Issiqlik elektrstansiyalari ishlab chiqarish-ekologik monitoringining axborot ishonchliligini oshirishning multiversion usuli” (“Mul`tiversionniy metod povisheniya informatsionnoy nadejnosti proizvodstvenno-ekologicheskogo monitoringa teplovix elektrostansiy”) nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Rossiya ilmiy va muhandislik jamoat birlashmalari ittifoqining Krasnoyarsk o‘lkasi fan va texnika uyining 2025-yil 10-iyuldagi 177-40-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish-ekologik monitoringning nazariy asoslarini yaratish va umumlashtirilgan sifat mezonini baholash uchun jarayonlarni matematik modellashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish