Mirzayorova Sevara Ubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kombinatsiyalashgan ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmasini ishlab chiqish”, 05.05.04-“Sanoat issiqlik energetikasi” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5373
Ilmiy rahbar: Fayziev To‘lqin Amirovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy Kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Samiev Kamoliddin A’zamovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattorov Bobonazar Nuftillaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kombinatsiyalashgan quyosh suv kollektorli va tashqi kondensatorli ko’p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmasini ishlab chiqish va energiya samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh suv chuchutgich qurilmasi, quyosh suv kollektori va tashqi kondensatorni kombinatsiyalashtirish asosida quyosh nurlanish energiyasi, quyosh suv kollektori va bak-akkumulyatorda zahiralangan issiqlikdan bir vaqtda foydalanish imkonini beradigan takomillashtirilgan ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmasi ishlab chiqilgan (FAP 02365);
ko’p pog‘onali quyosh suv chuchitgich qurilmasining chuchuk suv bo‘yicha unumdorligini oshirish maqsadida tashqi kondensator, quyosh suv kollektori va bak-akkumulyatorda olingan qo‘shimcha issiqlik hisobiga quyosh energiyasi asosida ishlovchi sho‘r suvni chuchuklantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ko’p pog‘onali quyosh suv chuchitgich qurilmasining bug‘lanish kamerasining shaffof qoplamasi, ichki qismidagi sho’r suv va absorberining haroratlarini vaqt bo‘yicha o’zgarishini hisoblash imkonini beradigan, energiya va eksergiya balansi tenglamalari asosidagi matematik model ishlab chiqilgan;
quyosh nurlanish intensivligi, tashqi havo harorati, sho‘r suvning kirish va chiqishdagi haroratlarini inobatga olgan holda kombinatsiyalashgan ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmasining bug‘latish kamerasining shaffof qoplamasi, absorberi va sho‘r suv haroratlarini aniqlash imkonini beradigan dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kombinatsiyalashgan quyosh suv kollektorli va tashqi kondensatorli ko’p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmasini ishlab chiqish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chuchuk suv olish uchun quyosh suv kollektorli va tashqi kondensatorli kombinatsiyalashgan ko’p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (№FAP 02365; 23.11.2023). Natijada, ko’p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmasining unumdorligini oshirish usuli va yuqori samarador quyosh suv chuchutgich qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan quyosh suv kollektorli va tashqi kondensatorli ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmasi Qashqadaryo viloyati, “Aloe-m” XKda joriy etilgan (Energetika vazirligining 2024 yil 27 noyabrdagi №04-13-9914-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy foydali maydoni 1 m2 bo‘lgan ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmasidan bir mavsumda foydalanilganda 1476,6 litr chuchuk suv olishiga hamda 5334960 so’mlik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.