Tursunova Zulayxo Abdujobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Er va mol-mulk solig‘ini hisoblash va undirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5082
Ilmiy rahbar: Saipnazarov Sherbek Shaylavbekovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolov Nabijon Qaxramonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi er va mol-mulk solig‘ini hisoblash hamda undirish mexanizmini takomillashtirish orqali mahalliy byudjet daromadlaridagi rolini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p kvartirali uylarga bevosita bog‘liq bo‘lgan binoning nolinchi qavati (erto‘la)dagi avto saqlash joyi kabi avtomashina turar joylari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ob’ektiga kiritilishi taklif qilingan;
ko‘chmas mulk ob’ektining 1 kv. metr qiymati belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lganda, ko‘chmas mulk ob’ektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish, hamda soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan ikki yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi tan olinishi taklif qilingan;
ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘lgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasini hisoblashda 1 kv. metr uchun eng kam qiymat kiritilishi bilan ayrim hududlarda joylashgan korxonalarning bino va inshootlariga nisbatan 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffisient kiritish mexanizmi takomillashtirilgan;
tadbirkorlik subektlarining istiqbolli rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashda yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini-Kadastr agentligi organlari ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarish va soliq hisobotini shakllantirish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er va mol-mulk solig‘ini hisoblash hamda undirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘p kvartirali uylarga bevosita bog‘liq bo‘lgan binoning nolinchi qavati (erto‘la)dagi avto saqlash joyi kabi avtomashina turar joylari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ob’ektiga kiritilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonunida o‘z aksini topib va Soliq kodeksining 420-moddasi tegishli o‘zgartirish kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 27-iyun 16/1-61977–son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat byudjetiga tushumlar ortib, soliq bazasi kengayishiga, shuningdek, ushbu mulklardan foydalanishda adolat va shaffoflik tamoyillari ta’minlanib, ularni rasmiylashtirish va hisobga olish tizimi yaxshilishiga olib kelgan;
ko‘chmas mulk ob’ektining 1 kv. metr qiymati belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lganda, ko‘chmas mulk ob’ektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish, hamda soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan ikki yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi tan olinish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 27-iyun 16/1-61977–son ma’lumotnomasi). Natijada, ancha yildan beri bino va inshootlarini baholatmagan 4,9-mingta soliq to‘lovchilar 7,1-mingta ko‘chmas mulk ob’ektlarini mustaqil baholatib, soliq ma’muriyatchiligining takomillashishiga erishilgan;
ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘lgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasini hisoblashda 1 kv. metr uchun eng kam qiymat kiritilishi bilan ayrim hududlarda joylashgan korxonalarning bino va inshootlariga nisbatan 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffisient kiritish mexanizmini takomillashtirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 27-iyun 16/1-61977–son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffisient kiritilgan, hamda 26095 ta korxona tomonidan kamaytiruvchi koeffisient qo‘llanilgandan so‘ng hisoblangan soliq summasi 1305,6 mlrd. so‘mdan 965,0 mlrd. so‘mga kamayganligi hisobiga soliq to‘lovchilar ihtiyorida 340,6 mlrd. so‘m mablag‘ qolgan;
tadbirkorlik subektlarining istiqbolli rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashda yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini-Kadastr agentligi organlari ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarish va soliq hisobotini shakllantirish yo‘nalishlari ishlab chiqishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentyabrdagi “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6307-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 27-iyun 16/1-61977–son ma’lumotnomasi). Natijada, soliq solish tizimining raqamlashtirilishi va avtomatlashtirilishi ta’minlash orqali er resurslaridan oqilona foydalanish, soliq intizomini oshirish hamda tadbirkorlik subektlari uchun byurokratik to‘siqlarni kamaytirish orqali ularning samarali faoliyat yuritishiga zamin yaratgan.