Kushakov Safarali Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishida tabiiy va ijtimoiy omillar (O‘zbekistonning janubi misolida)”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar703
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Shaydullaev Shapulot Bazorovich - tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Isxakov Mirsadik Mirsultanovich - tarix fanlari doktori (DSc), Ochildiev Fayzulla Boboqulovich - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishi va mintaqa bo‘ylab, ayniqsa O‘zbekiston janubiy hududlarida muhim rol o‘ynagan tabiiy va ijtimoiy omillarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishi masalasida ilmiy qarashlar XVIII asrdan boshlab qizg‘in munozaraga kirganligi shu asosda evropalik olimlar tomonidan zardushtiylik dini, ibodat va amallari etarlicha asoslansa-da, uning vatani borasida yagona to‘xtamga kelinmaganligi, biroq mahalliy tarixchilar tomonidan Sopolli, Jarqo‘ton, Dashtli, Togolok va Gonur yodgorliklarida topilgan materiallarga asoslanib, zardushtiylikning tarixiy ildizlarining rivojlanish bosqichlari bilan bog‘liq omillar asoslangan;
Zardushtiylik dinining ilk ko‘rinishlarini aniqlash faqat arxeologik tadqiqotlarga tayanib asoslanishi, xususan, so‘nggi bronza davriga oid Jarqo‘ton, Dashtli, Togolok-21, Kelleli ibodatxonalari ilk zardushtiylik ibodatxonalari ekanligi, qadimgi Baqtriyada ilk zardushtiylik an’analari Kuchuk I davridan shakllanganligi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar ochib berilgan;
Zardushtiylik ta’limoti dualizm g‘oyasiga asoslanganligi, bunga O‘rta Osiyo mintaqasining tabiiy iqlimi asos bo‘lganligi, zardushtiylik dualizmiga ko‘ra, inson hayoti, ongi va tasavvuridagi kabi tabiat va jamiyatdagi bo‘linish, ya’ni yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, saxiylik va baxillik, kun va tun, nur va zulmat, hayot va o‘limdan iborat ekanligi bilan bog‘liq tushunchalar dalillangan;
Qadimgi Baqtriya va Marg‘iyona yodgorliklaridagi ilk totemistik kultlar (ilon, burgut, tuya, sigir, yirtqich hayvonlar, qurt-qumursqalar va daraxtlar) so‘nggi bronza davriga kelib barham topganligi aholining o‘troq sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligiga o‘tishi tufayli totemistik kultlar, ya’ni zoolatrik diniy qarashlar o‘rnini tabiat unsurlari: quyosh, er, havo va suv egallaganligi bilan bog‘liq holatlarning Avestoda ifodalanishi fonida ijtimoiy hayot an’analari yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishida tabiiy va ijtimoiy omillar (O‘zbekistonning janubi misolida) mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishi doirasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va takliflar asosida:
Zardushtiylik dinining paydo bo‘lishi masalasida ilmiy qarashlar XVIII asrdan boshlab qizg‘in munozaraga kirganligi shu asosda evropalik olimlar tomonidan zardushtiylik dini, ibodat va amallari etarlicha asoslansa-da, uning vatani borasida yagona to‘xtamga kelinmaganligi, biroq mahalliy tarixchilar tomonidan Sopolli, Jarqo‘ton, Dashtli, Togolok va Gonur yodgorliklaridan topilgan materiallarga asoslanib, zardushtiylikning tarixiy ildizlari rivojlanish bosqichlari bilan bog‘liq omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Termiz davlat muzey qo‘riqxonasi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 5-iyul sanasidagi 04-06/2276-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi Termiz davlat muzey qo‘riqxonasi fondinining boyishiga xizmat qilgan.
Zardushtiylik dinining ilk ko‘rinishlarini aniqlash faqat arxeologik tadqiqotlarga tayanilgan holda asoslanishi, xususan, so‘nggi bronza davriga oid Jarqo‘ton, Dashtli, Togolok-21 va Kelleli ibodatxonalari ilk zardushtiylik ibodatxonalari ekanligi qadimgi Baqtriyada ilk zardushtiylik an’analari Kuchuk I davridan shakllanganligi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Termiz davlat muzey qo‘riqxonasi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 5-iyul sanasidagi 04-06/2276-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi muzeyga tashrif buyuruvchilar sonining ortishiga, gid-ekskursovodlarning ilmiy ma’lumotlari boyitilishiga xizmat qilgan.
Zardushtiylik ta’limoti dualizm g‘oyasiga asoslanganligi, bunga Markaziy Osiyo mintaqasining tabiiy iqlimi asos bo‘lganligi, zardushtiylik dualizmiga ko‘ra, inson hayoti, ongi va tasavvuridagi kabi tabiat va jamiyatdagi bo‘linish, ya’ni yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, saxiylik va baxillik, kun va tun, yorug‘lik va qorong‘ulik, hayot va o‘limdan iborat ekanligi bilan bog‘liq ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ibtido” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2022-yil 5-maydagi 01-32-531-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuvlar keng jamoatchilik o‘rtasida Markaziy Osiyoning qadimgi va boy mifologik qarashlari, zardushtiylik dini paydo bo‘lishining ijtimoiy va tabiiy omillari bo‘yicha eng qadimgi mifologik obrazlardan biri sifatida turli xil ramzlarda moddiy madaniyatda aks etgani haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.
Qadimgi Baqtriya va Marg‘iyona yodgorliklaridagi ilk totemistik kultlar (ilon, burgut, tuya, sigir, yirtqich hayvonlar, qurt-qumursqalar va daraxtlar) so‘nggi bronza davriga kelib barham topganligi aholining o‘troq sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligiga o‘tishi tufayli totemistik kultlar, ya’ni zoolatrik diniy qarashlar o‘rnini tabiat unsurlari: quyosh, er, havo va suv egallaganligi bilan bog‘liq holatlarning Avestoda ifodalanishi fonida ijtimoiy hayot an’analari haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ibtido” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2022-yil 5-maydagi 01-32-531-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi qadimgi davr tarixi va Avestoning paydo bo‘lishi borasidagi teletomoshabinlarning tushunchalarining boyishiga xizmat qilgan.