Sheraliev Javoxirbek Jaxongir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda byudjet qoidalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1177
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bayxonov Baxodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, DSc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxtiyor Ruzumbaevich, fan doktori (DSc), dotsent; Axmedieva Aliya Taxtarovna, fan doktori (DSc), professor 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda byudjet qoidalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fiskal siyosatning makroiqtisodiy barqarorlik bilan o‘zaro aloqadorligini hisobga olgan holda, fiskal siyosatning yagona vektorini tanlash va unga rioya qilish orqali soliq-byudjet siyosatini amalga oshirishning tarkibiy mexanizmi asosida “byudjet qoidalari”ning iqtisodiy mazmuni takomillashtirildi;
fiskal tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida davlat byudjetidan sarflanadigan subsidiyalar miqdorini qisqartirish orqali yillik jalb qilinadigan davlat tashqi qarzining chegaraviy qiymati YaIMga nisbatan 5,1 foiz miqdorida bo‘lishi asoslangan.
Istiqbolda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini YaIMga nisbatan 3,0 foizdan oshmasligini ta’minlash maqsadida iqtisodiy o‘sish sur’ati, inflyasiya, valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarni hisobga olgan holda davlat byudjeti taqchilligining yuqori chegarasi YaIMning prognoz qiymatiga nisbatan -2,1 foiz bo‘lishi asoslangan.
byudjet qoidalarini joriy etish orqali fiskal siyosatni iqtisodiy sikl bilan o‘zaro bog‘liqlik xususiyatini hisobga olgan holda, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun 2030 yilga qadar makrofiskal ko‘rsatkichlar bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda byudjet qoidalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
fiskal siyosatning makroiqtisodiy barqarorlik bilan o‘zaro aloqadorligini hisobga olgan holda, fiskal siyosatning yagona vektorini tanlash va unga rioya qilish orqali soliq-byudjet siyosatini amalga oshirishning tarkibiy mexanizmi asosida “byudjet qoidalari”ning iqtisodiy mazmunini takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy qarashlar oliy ta’limning 7030103–Makroiqtisodiyot magistratura mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “O‘rta makroiqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025 yil 11-martdagi 97-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv adabiyotlarida foydalanish talabalarda “byudjet qoidalari”ning mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
fiskal tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida davlat byudjetidan sarflanadigan subsidiyalar miqdorini qisqartirish orqali yillik jalb qilinadigan davlat tashqi qarzining chegaraviy qiymati YaIMga nisbatan 5,1 foiz miqdorida bo‘lishi asoslangan qarz qoidasi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 25-dekabrdagi “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-886-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining devonining 2025 yil 08 yanvardagi 07-06/277-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif foiz stavkalarining o‘sishi natijasida paydo bo‘ladigan fiskal tavakkalchiliklarning uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sirini oldini olish imkonini yaratadi.
Istiqbolda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini YaIMga nisbatan 3,0 foizdan oshmasligini ta’minlash maqsadida iqtisodiy o‘sish sur’ati, inflyasiya, valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarni hisobga olgan holda davlat byudjeti taqchilligining yuqori chegarasi YaIMning prognoz qiymatiga nisbatan -2,1 foiz bo‘lishi asoslangan byudjet balansi qoidasi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 29-apreldagi “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi O‘RQ-836-son Qonunida 21-moddasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining devonining 2025 yil 08 yanvardagi 07-06/277-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida davlat qarzining istiqboldagi barqaror dinamikasi muqobil ssenariy sifatida ishlab chiqiladi hamda davlat byudjeti taqchilligining yuqori chegarasi aniqlanadi.
byudjet qoidalarini joriy etish orqali fiskal siyosatni iqtisodiy sikl bilan o‘zaro bog‘liqlik xususiyatini hisobga olgan holda, avatoregressiya modellari asosida O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun 2030 yilga qadar makrofiskal ko‘rsatkichlar bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari  O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 25-dekabrdagi “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-886-son Qonunini ishlab chiqishda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining devonining 2025 yil 08 yanvardagi 07-06/277-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi, davlat byudjeti parametrlari hamda davlat qarzi bo‘yicha o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish