Niyazov Maksud Kadamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dopustimost` dokazatel`stv pri provedenii dosledstvennoy proverki: problemi i resheniya”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu767. 
Ilmiy rahbar: Djuraev Ixtiyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Rahmonova Surayo Maxmudovna - yuridik fanlar doktori, professor; Muminov Bexzod Abduvahobovich - yuridik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazishni, dalillarning to‘plashning va baholashning huquqiy tartibga solishdagi muammolarni aniqlash va echimlarni taklif etish hamda dalillarning maqbulligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslarini rivojlantiruvchi, xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tergovga qadar tekshiruvga jalb etilgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari qonuniy tartibga solinmaganligi sababli ularni ta’minlash hamda Konstitusiyada belgilangan talablarni amalga oshirish uchun tergovga qadar tekshiruv bosqichida huquq va majburiyatlar majmuini, shu jumladan o‘ziga va yaqin qarindoshiga qarshi guvohlik bermaslik huquqini aks ettirish zarurligi asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsining dalillarni to‘plash va ularga baho berish vakolati belgilanmaganligi sababli ushbu organlarning jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z vazifalarini amalga oshirish doirasida tergov va protsessual harakatlarni o‘tkazish orqali dalillar deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashni amalga oshirishi hamda protsessual qaror qabul qilishda to‘plangan dalillarni tahlil qilishi, ya’ni mavjud dalillarga baho berishi va shu tariqa dalillarning maqbulligini ta’minlash uchun isbotlash sub’ekti maqomini olishi lozimligi asoslantirilgan;
narsalar va hujjatlarni taqdim etish kabi tergov harakatini o‘tkazishda tergovga qadar tekshiruv organining mansabdor shaxsining vakolatlari korsatilmaganligi sababli tergovga qadar tekshiruv bosqichida jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqishda dalillarning maqbulligini ta’minlash va jinoyat-protsessual qonun hujjatlari normalarining nomuvofiqligini istisno qilish maqsadida narsalar va hujjatlarni taqdim etish tergov harakatini amalga oshirishga protsessual jihatdan vakolatli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi xulosa asoslantirilgan;
nomaqbul dalillarni yagona mezon asosida aniqlash va ularni taqdirini belgilash bo‘yicha aniq tariflar yo‘qligi sababli dalillarning nomaqbulligini aniqlashda yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida dalillarni nomaqbul deb topish tartibi va mexanizmi zarurligi, bunda yo‘l qo‘yilgan texnik xatolarni tuzatishning huquqiy ketma-ketligini uning tartibini reglamentlash orqali ta’minlash zarurligi asoslantirilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Dalillarning maqbulligi talablarini qo‘llashni takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
tergovga qadar tekshiruvga jalb etilgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda Konstitusiyada belgilangan talablarni amalga oshirish uchun tergovga qadar tekshiruv bosqichida huquq va majburiyatlar majmuini, shu jumladan o‘ziga va yaqin qarindoshiga qarshi guvohlik bermaslik huquqini aks ettirish zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 3292-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturaning 2025-yil 11-iyundagi №27/2-121-25-son dalolatnomasi). Mazkur taklif tergovga qadar tekshiruvga jalb qilingan shaxslarning huquq va erkinliklarini yanada samarali himoya qilish imkonini bergan;
tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z vazifalarini amalga oshirish doirasida dalillar tariqasida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashni amalga oshirishi hamda protsessual qaror qabul qilishda to‘plangan dalillarni tahlil qilishi, ya’ni mavjud dalillarga baho berishi va shu tariqa dalillarning maqbulligini ta’minlash uchun isbotlash sub’ekti maqomini olishi lozimligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 86, 95-moddasi birinchi qismiga isbotlashning yana bir sub’ekti “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 5-dekabrdagi 3/01-0629-son dalolatnomasi). Mazkur taklif amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish orqali tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi tomonidan to‘planadigan dalillarning maqbulligini ta’minlash imkonini bergan;
tergovga qadar tekshiruv organining mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruv bosqichida jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqishda dalillarning maqbulligini ta’minlash va jinoyat-protsessual qonun hujjatlari normalarining nomuvofiqligini istisno qilish uchun narsalar va hujjatlarni taqdim etish kabi tergov harakatini amalga oshirishga protsessual jihatdan vakolatli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1003-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 202-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2025-yil 11-fevraldagi 04/5-10/8-son dalolatnomasi). Mazkur taklif tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsiga taqdim etiladigan dalillarning maqbulligini ta’minlash imkonini bergan; 
dalillarning nomaqbulligini aniqlashda yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida dalillarni nomaqbul deb topish tartibi va mexanizmi zarurligi, bunda yo‘l qo‘yilgan texnik xatolarni tuzatishning huquqiy ketma-ketligini uning tartibini reglamentlash orqali ta’minlash zarurligi haqidagi takliflardan Oliy sud Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisiga texnik xato va uni bartaraf etish usuli to‘g‘risidagi qoidalarni to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 1-apreldagi 12/5-25915/25-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ko‘rsatmalardan chetga chiqishlar orqali to‘plangan dalillarni maqbul dalillarga aylantirishning yagona tartibini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish