Abdurazakova Nurjamal Salımatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholash (ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 372.3/.4:82/821.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matchanov Safo, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kambarova Saodat Irkinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Asamatdinova Jamila Paxratdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholash metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
         boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini baholashning pedagogik-psixologik imkoniyatlari, o‘quvchilarning badiiy matnlarni o‘zlashtirishiga doir adabiy ta’lim vositalarini tanlash, ergonimik shart-sharoitlarni yaratish hamda yosh xususiyatlari, bilish jarayonlarining rivojlanganini inobatga olish, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga motivatsiya beruvchi omillarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
        boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholash mexanizmi matnda berilgan ma’lumotlarni aniqlash, unga oid xulosalarni shakllantirish, tegishli ma’lumotlarni talqin qilish, umumlashtirish, mazmuni va til xususiyatlari, tuzilishini tahlilga tortish hamda munosabat bildirish kabi PIRLS xalqaro baholash dasturi mezonlariga asoslanish orqali takomillashtirilgan;
         boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholashning didaktik ta’minoti amaliy-faoliyatli yondashuv, tizimlilik, davomiylik, badiiylik, ifodaviylik, interfaollik, onglilik, ko‘rsatmalilik, ko‘p variantlilik kabi nutq va tafakkur uyg‘unligiga xizmat qiluvchi tamoyillarning integratsiyasiga amal qilish asosida takomillashtirilgan;             
boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholash metodikasi o‘quvchilarning intellektual faoliyati darajasi va axloqiy-estetik rivojlanishiga hissiy-estetik ta’sir ko‘rsatuvchi psixolingvistik, lingvodidaktik va adabiy-metodik yondashuvlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini baholashning pedagogik-psixologik imkoniyatlari o‘quvchilarning badiiy matnlarni o‘zlashtirishlariga doir ta’lim vositalarini tanlash, ergonimik shart-sharoitlarni yaratish hamda yosh xususiyatlari, bilish jarayonlarining rivojlanganini inobatga olish, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga motivatsiya beruvchi omillarni aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022-2023-yillarda bajarilgan II-4721101717 raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2024-yil 23-sentyabrdagi 1429-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholashning didaktik tahlilni samarali qo‘llashga doir yondashuvlarning  imkoniyatlari ortishiga erishilgan; 
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholash mexanizmi va didaktik ta’minoti PIRLS xalqaro baholash dasturi mezonlariga asoslanish hamda nutq va tafakkur uyg‘unligiga xizmat qiluvchi tamoyillarning integratsiyasiga doir taklif va xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqolpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-0908165532-raqamli “Qoraqolpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqolpog‘iston filialining 2024-yil 15.03.dagi 119-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholash mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
    boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida ishlash, matnni tushinib o‘qish va baholashga oid metodik tavsiyalar “Baslawısh tálimde tekst ústinde islew metodikası” nomli o‘quv qo‘llanmasida batafsil yoritilgan. Aynan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholashning didaktik ta’minoti amaliy-faoliyatli yondashuv, tizimlilik, davomiylik, badiiylik, ifodaviylik, interfaollik, onglilik, ko‘rsatmalilik, ko‘p variantlilik kabi nutq va tafakkur uyg‘unligiga xizmat qiluvchi tamoyillarning integratsiyasi asosida o‘qitishga doir o‘qituvchilar uchun metodik taklif va tavsiyalar yordamchi material sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi, 2025-yil 14-maydagi, 47-son ma’lumotnomasi).
boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini matn tahlili asosida baholash metodikasi o‘quvchilarning intellektual faoliyati darajasi va axloqiy-estetik rivojlanishiga hissiy-estetik ta’sir ko‘rsatuvchi psixolingvistik, lingvodidaktik va adabiy-metodik yondashuvlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari “Baslawısh tálimde tekst ústinde islew metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli №759136 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini matn tahlili vositasida baholash metodikasi takomillashtirilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish