Yuldashov Askar Adizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quvurlarda ikki fazali beqaror oqim gidravlik hisobini takomillashtirish” 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3411
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Xudaykulov Sovet Ishankulovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Seytov Oybek Jumaboevich – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi professori,  texnika fanlari doktori, professor, (05.09.07).
Sayidov Malik Temirovich – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti “Daryo, kanal va inshootlar gidravlikasi laboratoriyasi” mudiri, PhD. katta ilmiy xodim, (05.09.07).
Yetakchi tashkilot: Toshkent Arxitektura va qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ikki fazali oqimlarning nobarqaror harakati nazariyasiga asoslangan gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nav`e-Stoks qonuni yordamida quvurlardagi ikki fazali nostasionar oqim xarakatida bosim va tezliklar o‘zgarishining modellashtirish usuli takomillashtirilgan; 
bosimli quvurlarda oqim o‘zgarishi jarayonida tezliklarning taqsimoti asosida Froude sonining o‘zgarishi orqali fazalar gidravlik parametrlari o‘zgarishining optimal hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
bosimli quvurlarda gidravlik xususiyatlarining eksperimental tadqiqotlari yordamida dyuker va akveduklardagi beqaror oqim xarakatida tezlik o‘zgarishini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
bosimli quvurlarda oqim tezliklari taqsimoti hamda gidravlik parametrlar o‘zgarishi asosida bosimli quvur diametrini aniqlash usuli  takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quvurlarda ikki fazali beqaror oqimning gidravlik hisob usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
sug‘orish tizimlaridagi suv o‘tkazish quvurlari dyuker va akveduklarning gidravlik hisob usullari Amu-Qorako‘l irrigasiya tizimiga qarashli Jondor kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 
5-yanvardagi 03/37-22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada irrigatsiya kanallarida 3-4 foiz suv resurslarini iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.
yuqori bosimli quvurlarda ikki fazali dispers aralashma harakati davomida bosimning o‘zgarishini ifodalovchi takomillashtirilgan gidravlik modellar Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasiga Jayxun nasos stansiyasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi 03/37-22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv o‘tkazish gidrotexnik inshooti dyukerlardan bostirilgan fazoga oqib chiqayotgan disperslarining qirg‘oqlarni emirilishi va quvurlardan chiqish joyiga yaqin masofada cho‘kindi cho‘kish darajalarini kamaytirish imkoniyati yaratilgan.
yuqori bosimli quvurlarda ikki fazali dispers aralashma harakati davomida bosimning o‘zgarishini ifodalovchi takomillashtirilgan gidrodinamik modellar Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasiga qarashli Amu-Buxoro-1 va Amu-Buxoro-2 nasos stansiyalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi 03/37-22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gidrotexnika inshootlarining kapital ta’mirlash ishlariga sarflanadigan xarajatlarni 2 barobar iqtisod imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish