Mamatalieva Mohinur Ilhom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ixtisoslik fanlarni o‘qitishda talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped7993.
Ilmiy rahbar:  Mustafoeva Durdona Asilovna - pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar:  Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich,   pedagogika fanlari doktori, professor;   Hakimov Jamshid Oktamovich,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi, amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Texnika oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslik fanlarni o‘qitishda talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda nazariy va metodologik asoslar tizimlashda kreativlikning tarkibiy komponentlari (kreativ ong, muammoni original hal qilish qobiliyati) hamda ularni rivojlantiruvchi pedagogik shart-sharoitlar (shaxsga yo‘naltirilgan, integratsiyalashgan va ijodiy faoliyatga asoslangan yondashuvlar) birlashtirilgan holda o‘quv, amaliy va ishlab chiqarish jarayonlari kontekstida aniqlab berilgan hamda ularning ta’limiy samaradorligi asoslangan;
talabalarda kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modelda o‘quv-kasbiy (nazariy va laboratoriya asoslari), amaliy-tashkiliy (fanlararo integratsiya va loyiha asosida ta’lim), faoliyatli-loyihalash (real muammolar asosida kreativ echim topish) yondashuvlar asosida talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda an’anaviy va raqamli interfaol metodlar (“Inversiya”, “Sindikat”, “Muammo tahlili”, “SWOT-tahlil”, “Assisment” va onlayn muloqot) asosida didaktik ta’minot yaratishda tashkiliy shart-sharoitlarni inobatga olish natijasida kompleks dasturlar rivojlantirilgan;
ixtisoslik fanlari doirasida talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlanganlik darajasini obektiv baholash va monitoring qilishning kompleks tizimida motivatsion, kognitiv va jarayonli komponentlar asosida kreativlik ko‘nikmalarini ifodalovchi aniq ko‘rsatkichlar hamda baholash mezonlari takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslik fanlarni o‘qitishda talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
-talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda nazariy, metodologik hamda pedagogik shart-sharoitlarini asoslab berish maqsadida qisqa muddatli “Talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish” nomli maxsus kurs dasturi hamda “Ta’lim jarayonida pedagogik klaster” nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan hamda oliy ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 02/01-01-56-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda nazariy va metodologik asoslar tizimlashishiga xizmat qilgan;
-talabalarda kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-kasbiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan “Kasbiy ta’lim metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma hamda “Kasbiy pedagogika” fani bo‘yicha elektron ta’lim resurslari ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 02/01-01-56-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kasbiy-ijodiy faoliyatining imkoniyatlari kengaytirilgan hamda o‘quv, amaliy va ishlab chiqarish jarayonlarining ta’limiy samaradorligini oshirishga erishilgan; 
-talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning kompleks dasturlarini takomillashtirishga doir takliflar va tavsiyalar 60112400 – “Professional ta’lim” (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash) yo‘nalishi, 60112400 – “Professional ta’lim” (Suv xo‘jaligi va melioratsiya) yo‘nalishi 60711300 –“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari uchun “Ta’lim texnologiyalari”, “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash” hamda “Irrigatsiya va melioratsiya” fanlari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2024-yil 24-iyundagi 02/01-01-56-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy ta’minot ixtisoslik fanlarni o‘qitishda talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish