Bayrieva Mariyam Jangabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz va qoraqalpoq tillarida emotivlik kategoriyasining metaforik voqelanishi, 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3131.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kuldashev Akrom Maxmudovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Karimova Safo Saydullaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillarida emotsional mazmunni ifodalovchi birliklar tarkibini aniqlash va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilida emotsional birliklarning madaniy-ruhiy asosini aks ettiruvchi lingvomadaniy kodlar tahlil qilinib, bu kodlar orqali qoraqalpoq xalqining emotsional dunyoqarashi, ijtimoiy va diniy qadriyatlar bilan bog‘liq obrazlar tizimi orqali ochib berilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi emotsional birliklarning tizimli tasnifi ishlab chiqilib, har ikki tilga xos emotsional birliklar asosiy semantik maydonlar (quvonch, qayg‘u, g‘azab, umid, xavotir va boshqalar) bo‘yicha ajratilgan hamda ularning lingvistik ifoda usullari aniqlangan;
emotsional metaforalarning konseptual modellari aniqlanib, tadqiqotda “muhabbat – olov”, “g‘azab – portlash”, “quvonch – yuksaklik” kabi asosiy metaforik modellar har ikki tilda keltirilgan va ularning milliy ongdagi o‘ziga xosliklari qiyosiy asoslangan;
o‘zaro tarjimada emotsional birliklarni adekvat ifodalash uchun lingvomadaniy tavsiyalar ishlab chiqilib, tarjimashunoslikda emotsional leksikaning milliy xususiyatlarini inobatga olgan holda tarjima mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillarida emotivlik kategoriyasining metaforik voqelanishiga doir tadqiqotlar asosida:
qoraqalpoq tilida emotsional birliklarning madaniy-ma’naviy asosini aks ettiruvchi lingvomadaniy kodlar tahlil qilinib, bu kodlar orqali qoraqalpoq xalqining emotsional dunyoqarashi, ijtimoiy va diniy qadriyatlar bilan bog‘liq obrazlar tizimi haqidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan “FA-F1-OO5 Qoraqalpoq folklori va adabiyotshunosligini tahlil qilish” mavzusidagi fundamental loyihada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 14-apreladgi 215/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, folklor matnlaridagi emotsional birliklarning tizimli tasnifi ishlab chiqildi va tadqiqotdagi ma’lumotlar asosida emotsional birliklar quvonch, qayg‘u, g‘azab, umid, xavotir va boshqa semantik maydonlarga ajratilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi emotsional birliklarning tizimli tasnifi ishlab chiqilib, har ikki tilga mos emotsional birliklar asosiy semantik maydonlar (quvonch, qayg‘u, g‘azab, umid, xavotir va boshqalar) bo‘yicha ajratilgan hamda ularning lingvistik ifoda usullariga oid xulosalardan ilmiy yangilik O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali” “Qoraqalpog‘iston” telekanalining qoraqalpoq tilida olib boriladigan “Til baylıǵı – el baylıǵı” dasturida va radiokanalning “Tilge itibar – elge itibar” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali” 2025-yil 11-apreldagi 05-22/208-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Til baylıǵı – el baylıǵı” dasturida va radio kanalining “Tilge itibar – elge itibar” eshittirishlarining ssenariylari emotsional birliklarning tizimli tasnifi va emotsional birliklarning semantik maydonlari asosida qayta ishlangan;
emotsional metaforalarning konseptual modellari aniqlanib, tadqiqotda “muhabbat – olov”, “g‘azab – portlash”, “quvonch – yuksaklik” kabi asosiy metaforik modellar har ikki tilda keltirilgan va ularning milliy ongdagi qiyosiy xususiyatlari haqidagi ilmiy natijalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi faoliyatida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 16-apreldagi №01-02/03-87-son ma’lumotnomasi). Natijada, emotsional metaforalarning konseptual modellari (“muhabbat – olov”, “g‘azab – portlash”, “quvonch – yuksaklik”) muzey ekspozisiyasiga qo‘yiladigan eksponatlar etiketkalarini ingliz tiliga tarjima qilishga xizmat qilgan;
o‘zaro tarjimada emotsional birliklarni adekvat berish uchun lingvomadaniy tavsiyalar ishlab chiqilib, tarjimashunoslikda emotsional leksikaning milliy xususiyatlarini inobatga olgan holda tarjima mexanizmlari haqidagi ilmiy yangilik V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “Yoshlar – millat timsoli, yurt qudrati” mavzusidagi uchrashuvda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi 2025-yil 24-apreldagi №_12-08-04-09/161-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zaro tarjimada emotsional birliklarni adekvat berish uchun lingvomadaniy tavsiyalar ishlab chiqilgan, jumladan, tarjimashunoslikda emotsional leksikaning milliy xususiyatlarini inobatga olgan holda tarjima mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qilgan.