Qurbonova Zebiniso Mamarajab qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Globallashuv sharoitida talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi tizimini takomillashtirishda Mahmud az-Zamaxshariy ta’limotidan foydalanish (“Atvoq-uz-zahab fi-l mavoi’z va-l –xutab”asari misolida)”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. PhD /Ped6114.
Ilmiy rahbar: Qodirov Qutlug‘ Bekmurodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Muxsieva Aziza Shamsiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Umarov Bahrom Norboevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahmud az-Zamaxshariyning “Atvoq uz-zahab fi-l-mavoi’z va-l-xutab” asari orqali talabalarda  ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha  tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Mahmud az-Zamaxshariyning didaktik me’rosidan ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlari konformizm (o‘xshashlik, muvofiqlik, moslashuvchanlik)ni shaxsning mustaqilligi va tashabbuskorligi kabi xususiyatlar bilan uyg‘un tarzda namoyon bo‘lish barqarorligini sinxron ta’minlash asosida boyitilgan; 
Mahmud az-Zamaxshariy hikmatlarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati, ularda mujassam bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarning sinkretik xususiyatlari va mazmun-mohiyati pedotsentrizmga asoslangan vizual innovatsion ta’lim bilan bog‘lanishi inson qadriyatlariga munosabatni takomillashtirish orqali aniqlashtirilgan;
Mahmud az-Zamaxshariyning ma’naviy-axloqiy va diniy qadriyatlar falsafasining gumanistik xususiyatlari ijtimoiy moslashuv, o‘z-o‘zini baholash va shaxsiy rivojlanish indikatorlaridan iborat modellashtirilgan bosqichni samarali muloqot jarayonlari bilan funksional integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
Mahmud az-Zamaxshariy asarlarida mujassam ma’naviy-axloqiy fazilatlar negizidagi “Ma’naviy kuch” strategiyasi ijtimoiy adolat va tenglikni ta’minlashga qaratilgan pedagogik chora-tadbirlarni istiqbolli didaktik vazifalar bilan uyg‘unlashtirish va relaksatsion yondashuvni tatbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahmud az-Zamaxshariy asarlari vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimini rivojlantirish asosida:
Mahmud az-Zamaxshariyning didaktik me’rosidan ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlari konformizm (o‘xshashlik, muvofiqlik, moslashuvchanlik)ni shaxsning mustaqilligi va tashabbuskorligi kabi xususiyatlar bilan uyg‘un tarzda namoyon bo‘lish barqarorligini sinxron ta’minlashni rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27-dekabrdagi “485”-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan №534281-sonli nashr guvohnomasi. ISNB 978-9910-56-708-7) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-fevraldagi 02/01-01-49 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o‘qitish va talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish samaradorligining ortishiga erishilgan;
Mahmud az-Zamaxshariy hikmatlarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati, ularda mujassam bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarning sinkretik xususiyatlari va mazmun-mohiyati pedotsentrizmga asoslangan vizual innovatsion ta’lim bilan bog‘lanishi inson qadriyatlariga munosabatni takomillashtirish orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2024-yil 28-noyabrdagi 02/525 son ma’lumotnomasi) Natijada, Mahmud az-Zamaxshariy tarbiyaviy-axloqiy qarashlarini omma e’tiboriga havola qilishga erishilgan;
Mahmud az-Zamaxshariyning ma’naviy-axloqiy va diniy qadriyatlar falsafasining gumanistik xususiyatlari ijtimoiy moslashuv, o‘z-o‘zini baholash va shaxsiy rivojlanish indikatorlaridan iborat modellashtirilgan bosqichni samarali muloqot jarayonlari bilan funksional integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar 60110100 – “Pedagogika” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-fevraldagi 02/01-01-49 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishning sifat samaradorligining oshishiga erishilgan;
Mahmud az-Zamaxshariy asarlarida mujassam ma’naviy-axloqiy fazilatlar negizidagi “Ma’naviy kuch” strategiyasi ijtimoiy adolat va tenglikni ta’minlashga qaratilgan pedagogik chora-tadbirlarni istiqbolli didaktik vazifalar bilan uyg‘unlashtirish va relaksatsion yondashuvni tatbiq etish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 2023-2024-yillar davomida bajarilgan “Separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan yoshlar va xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish” loyihasini bajarishda foydalanilgan. Loyiha doirasida nashr qilingan “Sog‘lom e’tiqod - barqarorlik garovi” kitobining mazmun-mohiyatiga singdirilgan. (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2024-yil 17-dekabrdagi 01-07/212 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimini rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish