Sobirova Laylo Xudayberganovnaning Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish uslubiyati” 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9655
Ilmiy rahbar: Sherov Zokir To‘ylievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10.
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor To‘xtaboev Nizom Tursinalievich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga umumiy jismoniy holatini yaxshilash va muvozanat saqlash funksiyasini rivojlantirish uchun "Flamingo", Qo‘lni yuqoriga ko‘tarib turish, "Ko‘zgudek muzqaymoq" va “Ko‘zlarni yumgan holda barqaror turish” kabi maxsus jismoniy mashqlarni kiritish hisobiga murakkab harakatlarni oson bajarish imkoniyati oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari organizmining yoshga bog‘liq fiziologik va psixomotor xususiyatlarini hisobga olgan holda, egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarni maqsadli va samarali rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan to‘rt bosqichli tayyorlov (tanani umumiy ravishda mashqlarga tayyorlash), asosiy rivojlantiruvchi (egiluvchanlik va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan asosiy mashqlar), maxsus takomillashtirish (sohaning maxsus elementlarini chuqur o‘zlashtirish va mustahkamlash), hamda nazorat va barqarorlashtirish (erishilgan natijalarni baholash va ularni mustahkamlash) mashg‘ulot metodikasini takomillashtirish hisobiga funksional ko‘rsatkichlarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanganlik holatini inobatga olib, tayanch harakat aparatining harakatchanligi va rivojlanish darajasiga ko‘ra mashqlar (umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM) – 3 daqiqa, moslashuvchanlik va harakatchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar – 3 daqiqa, koordinatsiya va muvozanat mashqlari – 3 daqiqa hamda o‘yin elementli mashqlar – 2–3 daqiqa) kompleksini qo‘llash hisobiga jismoniy faolligini rivojlantirish jarayoni takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha aniqlangan ustuvor mezonlar asosida hamda yil davomida olib boriladigan dars jarayonini inobatga olib jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish (tashkiliy-uslubiy, ta’limiy (jismoniy), tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi, psixologik) komponentlarining tuzilishi va mazmuni takomillashtirish hisobiga jismoniy tarbiya fani darslari samaradorligi oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy faolligini oshirish orqali umumiy jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan, maqsadli dastur va jismoniy tarbiya darslarida qo‘llaniladigan (ko‘rsatma va tushuntirish, amaliy (harakat), musobaqa (raqobat), mashq qilish, o‘yinlashtirilgan mashg‘ulot, induktiv va deduktiv, individual yondashuv, tahlil va baholash) metodlarni tizimlashtirib har bir mashg‘ulotga alohida qo‘llash bo‘yicha takliflar “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati (1-qism)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 6-martdagi 103-sonli buyruq. Ro‘yxatga olingan №138.). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi 23 % ga oshgan va maktab jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining o‘quv uslubiy bazasi kengayishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari organizmining yoshga bog‘liq fiziologik va psixomotor xususiyatlarini hisobga olgan holda, egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarni maqsadli va samarali rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan to‘rt bosqichli tayyorlov (tanani umumiy ravishda mashqlarga tayyorlash), asosiy rivojlantiruvchi (egiluvchanlik va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan asosiy mashqlar), maxsus takomillashtirish (sohaning maxsus elementlarini chuqur o‘zlashtirish va mustahkamlash), hamda nazorat va barqarorlashtirish (erishilgan natijalarni baholash va ularni mustahkamlash) mashg‘ulot metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Jismoniy tarbiya fani dars va darsdan tashqari sport-to‘garak mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 22-fevraldagi № 02-16/1836-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining funksional ko‘rsatkichlari 6,3 % ga rivojlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanganlik holatini inobatga olib, tayanch harakat aparatining harakatchanligi va rivojlanish darajasiga ko‘ra mashqlar (umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM) – 3 daqiqa, moslashuvchanlik va harakatchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar – 3 daqiqa, koordinatsiya va muvozanat mashqlari – 3 daqiqa hamda o‘yin elementli mashqlar – 2–3 daqiqa) kompleksini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Jismoniy tarbiya nazariyasiq va uslubiyati (1-qism)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 6-martdagi 103-sonli buyruq. Ro‘yxatga olingan №138.). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining chaqqonlik 28,7 % ga va egiluvchanlik sifatlari 35,1 %ga oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha aniqlangan ustuvor mezonlar asosida hamda yil davomida olib boriladigan dars jarayonini inobatga olib jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish (tashkiliy-uslubiy, ta’limiy (jismoniy), tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi, psixologik) komponentlarining tuzilishi va mazmuni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Jismoniy tarbiya fani dars va darsdan tashqari sport-to‘garak mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 22-fevraldagi № 02-16/1836-son ma’lumotnomasi). Natijada Jismoniy tarbiya fani darslari sifati 18 % ga oshgan hamda mashg‘ulotlar mazmuni yaxshilangan.