Ergasheva Nilufar Mansurovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sirt to‘lqinlarining qovushqoq- elastik yarim tekislikda tarqalish xususiyatlari” (Osobennosti rasprostraneniya poverxnostnix voln v vyazkouprugoy poluploskosti) 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/FM656.
Ilmiy rahbar: Teshaev Muhsin Xudoyberdievich fizika matematika fanlai doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Mavlonov To‘lqin Mavlanovich texnika fanlar doktori, professor. 
Indiaminov Ravshan Shukurovich  fizika-matematika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sirt to‘lqinlarining (simmetrik bo‘lmagan) qovushqoq - elastik yarim tekislikda tarqalishi masalalarini echish metodikasi va algoritmini ishlab chiqish, analitik va sonli hisoblash usullarini takomillashtirishdan hamda sonli natijalar olish va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta  harakatlanuvchi kuch ta’siridagi osesimmetrik bo‘lmagan kuchlanishga ega bo‘lgan yarim tekislikda hosil bo‘ladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlash metodikasi va algoritmi Fur’ening integral almashtirilishlari, Romberg usuli, Gauss va Myuller usulariga asoslangan holda ishlab chiqilgan;
Kossera muhitida kuchlanishlar va ko‘chishlar yarim tekislik sirtidan chuqurlik oshib borishi bilan eksponensional qonuniyat bo‘yicha kamayib borishi va gradient elastik muhitga qaraganda 10 -20% ko‘p bo‘lishi ishlab chiqilgan  metodika va algoritm asosida topilgan;
yarim tekslik sirtida chegaradagi kuchlanishlar nol bo‘lgan hol uchun mos keladigan dispersion munosabatlardan rezonans sohalar aniqlangan va chasstotalar mavhum qismlari kesishgan nuqtada energiya dissipatsiyasining intensiv bo‘lish samarasi aniqlangan.
ishlab chiqilgan  metodika va algoritm asosida olingan dispersion tenglama echimidan ideal elastik muhitdan farqli qovushqoq-elastik, gradient-elastik yarim fazo va  Kossera muhitida yangi ko‘ndalang  to‘lqin topilgan.  yangi ko‘ndalang  to‘lqinning faza tezligi va so‘nishini xarakterlovchi parametrlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi qovushqoq-elastik yarim tekislikda subsonik tezlikda harakatlanuvchi nuqtaviy manba ta’sirida to‘lqin tarqalishi natijasida yuzaga keladigan rezonans tebranishlarni so‘ndirish metodikasi va algoritmi asosida:
 silindrik qobiqda sirt to‘lqini yuklanishi natijasida hosil bo‘ladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini topish metodikasidan hamda ularni tavsiflovchi dispersion munosabatlardan Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2016–2020-yillarda bajarilgan OT-F4-01 raqamli “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 2025-yil 21-maydagi 1/01-1822-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qovushqoq-elastik yarim tekislikda tovush tezligigacha (subsonik tezlik) bilan harakatlanuvchi nuqtaviy manbaadan to‘lqin tarqalishi natijasida qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompazit quvurlar dinamik yuklanishlar ta’sirida kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlash imkonini bergan.
    dissertatsiyada ishlab chiqilgan uzun qovushqoq-elastik to‘ldiruvchili yupqa silindrik qobiqda to‘lqin tarqalishi masalasini echishga qaratilgan algoritmdan Rossiya Fundamental tadqiqotlar jamg‘armasining davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2018–2020-yillarda bajarilgan RFFI-18-48-240007 raqamli “Issiqlik elektrstansiyalari ishlab chiqarish-ekologik monitoringining axborot ishonchliligini oshirishning multiversion usuli” (“Mul`tiversionniy metod povisheniya informatsionnoy nadejnosti proizvodstvenno-ekologicheskogo monitoringa teplovix elektrostansiy”) nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Rossiya ilmiy va muhandislik jamoat birlashmalari ittifoqining Krasnoyarsk o‘lkasi fan va texnika uyining 2025-yil 24-apreldagi 084-40-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish-ekologik monitoringning nazariy asoslarini yaratish va umumlashtirilgan sifat mezonini baholash uchun jarayonlarni matematik modellashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish