Usmonova Vasila Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4680.
Ilmiy rahbar: Bobanazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximberdiev Quvonchbek Baxtiyorovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotni sifat jihatdan rivojlantirish sharoitida xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohalari tarkibiy o‘zgarishi va ularni rivojlantirishda raqamlashtirish dinamikasini prognozlashda to‘lov qobiliyati muhim ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida baholanib, raqamlashtirishning ta’sir ko‘rsatuvchi omillari guruhlangan va tarkibiy elementlari asoslangan; 
sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish darajasini oshirishga ko‘ra hududiy tashkilotlar faoliyatining elektron monitoringi va sohada korrupsion holatlarni aniqlash darajasini oshirish, ular faoliyatini reyting baholash tizimi takomillashtirilgan holda ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, “yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimi taklif qilingan; 
xizmat ko‘rsatish sohalarini raqamlashtirishning konseptual asosi sifatida insonni rivojlantirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tizimlarini integratsiyalashga ko‘ra masofaviy bandlikni ish joylarining imkoniyatlarini tadqiq etish asosida oshirishning elektron konseptual modeli asoslangan; 
Jizzax viloyatida xizmatlar ko‘rsatish va servis sohalari samaradorligini oshirish va raqamlashtirishga ko‘ra rivojlantirishning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamlashtirishni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohalari tarkibiy o‘zgarishi va ularni rivojlantirishda raqamlashtirish dinamikasini prognozlashda to‘lov qobiliyati muhim ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida baholanib, raqamlashtirishning ta’sir ko‘rsatuvchi omillari guruhlangan va tarkibiy elementlari taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan vazirlikning dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 9 iyundagi 05-28/12704-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tibbiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida tizimlashtirish va tasniflash orqali raqamli kompetensiyalar tuzilmasiga ta’sir ko‘rsatuvchi va to‘siq bo‘luvchi omillarni yanada aniqroq aniqlash imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish darajasini oshirishga ko‘ra hududiy tashkilotlar faoliyatining elektron monitoringi va sohada korrupsion holatlarni aniqlash darajasini oshirish, ular faoliyatini reyting baholash tizimi takomillashtirilgan holda ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, “yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5199-son qaroriga asosan tibbiy xizmatlarni mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish, tibbiy xizmatlarni takomillashtirishda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 9 iyundagi 05-28/12704-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif tibbiyot sohasini raqamlashtirish asosida korrupsiyadan holi tizimga aylantirish orqali strategik salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohalarini raqamlashtirishning konseptual asosi sifatida insonni rivojlantirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tizimlarini integratsiyalashga ko‘ra masofaviy bandlikni ish joylarining imkoniyatlarini tadqiq etish asosida oshirishning elektron konseptual modeli bo‘yicha taklif Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-sonli farmoniga muvofiq, xizmat ko‘rsatishda raqamlashtirishni kengaytirish natijalarini baholash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishda va xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirishni baholash amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 4 iyundagi 4-17-4/6-8-05 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif raqamlashtirishga ko‘ra tadbiq etilayotgan masofaviy bandlikni oshirishning elektron konseptual modelini qo‘llash amaliyoti masofaviy bandlikni rivojlantirishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosini muddatida sifatli ta’minlash imkoniyatini oshirishda muayyan darajada xizmat qilgan;
Jizzax viloyatida xizmatlar ko‘rsatish va servis sohalari samaradorligini oshirish va raqamlashtirishga ko‘ra rivojlantirishning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari Jizzax viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan “Jizzax viloyatida aholiga xizmat ko‘rsatish va mazkur sohani sohani raqamlashtirish dasturi” va “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (Jizzax viloyati hokimligining 2025 yil 4 maydagi 03-01-255-sonli ma’lumotnomasi). Taklif viloyat bo‘yicha aholiga jami xizmat ko‘rsatish hajmini 2024 yilga nisbatan 2030 yilda 2,16 barobarga oshirish, xizmatlar turlarini ko‘paytirish imkoniyatlarini kengaytirishga  muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish