ABED Nodira Soyibjonovna: «Samarali konstruksion kompozision polimer materiallarni  yaratish va ulardan paxtani qayta ishlash mashinalari detallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish» (02.00.07, 05.02.01) - Umumiy va noorganik kimyo instituti (100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi,  77 a-uy. Tel: 262-56-60, fax: 262-79-90, e-mail: ionxanruz@mail.ru) (dissertatsiya rus tilida).

 

    Ilmiy maslahatchilar: R.G.Maxkamov, A.X.Yusupbekov

    Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti

                                              «Fan va taraqqiyot» DUK

    Rasmiy opponentlar: N.R.Ashurov, A.A.Riskulov, M.R.Amonov

    Yetakchi tashkilot: «Sovplastital» AJ

    Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik

 

    I. Tadqiqotning maqsadi: paxtani qayta ishlash mashinalari detallarining fizik-mexanik va tribotexnik xossalarini oshishini ta’minlovchi kompozision polimer materiallar yaratish.

    II. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

    ilk bor polimer turlari va to‘ldirgichlarning miqdoriga bog‘liq kompozitlarning fizik-mexanik va tribotexnik xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan.  Optimal miqdori 10-30 massa qismni tashkil etishi mineral to‘ldirgichlar - tal`k, kaolin, vollastonit antifriksion va polimer kompozisiyalarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilanishini, oquvchanligini oshirishini, ulardan detallarni shakllantirishda kirishishini kamayishishini ta’minlaydi;

    tolali to‘ldirgichlar - shisha tola va paxta linti kompozisiyaning  mustahkamligini hamda ishqalanish koeffisentini oshishi, eyilish jadalligining kamayishi, armatura bilan mustahkamlash hisobiga va kompozitlarning termomexanik ta’siriga chidamligining oshishi o‘rnatildi.  Kompozisiyadagi to‘ldirgichlarning eng optimal miqdori 10-40 massa qismni tashkil etishi aniqlandi;

kompozisiyada optimal miqdori  5-10 massa qismni tashkil etuvchi uglegrafit to‘ldirgichlar –  grafit va qurumning ishqalanish koeffisentini kamaytirishi, eyilishni oshirishi, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlikni ko‘payishi, mashinalarning ishqalanuvchi ishchi qismlari zonasida hosil bo‘luvchi haroratni va elektr zaryadni pasaytirishi ko‘rasatildi;

    polimerni dispergatsiya qilingan to‘ldirgichlar sirti bilan  o‘zaro ta’siri tufayli  mexanik faollashtirilgan to‘ldirgichlar qo‘shilgan KPM ning ekspluatatsion xususiyatlarining kuchayish effekti  aniqlandi;

    bir qator antifriksion va antifriksion-eyilishbardosh KPMlar tarkibi yaratilgan va ularning  bosim ostida quyish texnologik rejimlari ta’sirida fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari belgilandi. Bu o‘z navbatida ularning shakllanishida eng optimal texnologik parametrlarni aniqlashga imkon  beradi va matertallarning yuqori  fizik-mexanik va tribotexnik xossalarini  ta’minlaydi;

    paxtani qayta ishlash mashinalarining ishchi qismlari ishqalanish juftlarining monolit-eyilishbardosh detallarini ishlab chiqishda maqbul texnologik parametrlari (quymaning harorati, quyish solishtirma bosimi, detallarni qolipda ushlab turish davri, sovutish vaqti) aniqlangan.

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi:  “KOMPOZIT” ITM MChJ texnologik bazasida antifriksion-eyilishbardosh KPMlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va joriy etilgan hamda ulardan qoziqchali  detallarni olish amalga oshirilgan (2012 yil 10 oktyabrdagi qo‘llanish  dalolatnomasi). “KOMPOZIT” ITM MChJ texnologik bazasida  ishlab chiqilgan qoziqchali  detallar 2013 yil 12 iyunda  Bo‘ka paxta tozalash zavodida 125 mln. so‘m iqtisodiy samara bilan joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat ”Uyushmasining 2014 yil  20 noyabrdagi   № 11/2435 sonli xulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish