Tojimurotov Sardor Ilhom o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pnevmomexanik yigirish mashinasi diskret barabanchasini takomillashtirib ip sifatini oshirish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/3717
Ilmiy rahbar: Kazakova Dilafro‘z  Erkinovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsenti
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Fazliddin Otaqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent. Rajapov Odil Olimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmomexanik yigirish mashinasi diskret barabanchasini takomillashtirib ip sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diskretlovchi barabancha garnitura tishlari bilan tolaning tutib turish shartlarini tahlil qilish asosida takomillashgan diskretlovchi baraban tolalarga ajratish jarayonidan ishchi kameragacha bo‘lgan masofada buralish burchagi  va tishlar orasidagi qadamining tishlar tomonidan ushlangan tolalar ishchi kameraga uzlyuksiz ravishda uzatilishini ta’minlaydigan qilib ishlab chiqilgan;
diskretlovchi barabancha arra tishi sirtidagi tolalar harakatini tish qadami,  burchak tezligiga bog‘liqlik ifodasi asosida tolalar ishchi kameraga uzlyuksiz ravishda uzatilishi markazdan qochma va kariolis kuchlardan foydalanib aniqlangan; 
diskretlovchi barabancha garniturasi tishlari bilan tolaning tutib turish shartlarini tahlil qilish asosida tolalarga tashqi kuchlar ta’siridagi harakati o‘rganildi va undagi burchak tezligi va garnitura arra tishlarining qadamlari aniqlash tenglamalari  tolalarga  urinma va radius-vektor bo‘yicha ta’sir qiluvchi aerodinamik qarshilik kuchlarni hisobga olgan holda aniqlangan;
olingan regressiyali bog‘liqliklar yordamida diskretlovchi barabanchaning aylanish chastotasi, garnituraning tish qadami va tishlar old qirrasi qiyalik burchagining optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pnevmomexanik yigirish mashinasining takomillashtirilgan diskretlovchi barabanchasini qo‘llab,  sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan iplarini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sifatli ip ishlab chiqarish maqsadida takomillashtirilgan pnevmomexanik yigirish mashinasini qo‘llab ip olish texnologiyasi “Namangan paxta teks” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 19 iyundagi №03/25-1517 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan ikki kirimli diskretlovchi barabanchaning aylanishlar 7500 min-1  chastotasida yigirilgan ipning sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi  va ishlab chiqarishga joriy etishdan korxonada ishlab chiqarilayotgan ipning navini oshirishga (birinchi navli ip ishlab chiqarish I navi 80% ga  II navini 20% ga oshgan) erishilgan;
takomillashtirilgan diskretlovchi barabanchani “Namangan paxta teks” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 19 iyundagi №03/25-1517 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori tezliklar rejimida tolalarni diskretlash jarayonining samaradorligi ta’minlangan va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega ip olish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish