Olimbekov Odilbek Saidmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Investisiya muhiti jozibadorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5053.
Ilmiy rahbar: Hoshimov Jahongir Ravshanbek o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: investisiya muhiti jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xorijiy va mahalliy investorlar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida B2B (business to business) shakldagi hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
10 million AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda xorijiy investisiyasi ulushi bo‘lgan investisiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investisiya shartnomalarini tuzish huquqi berish taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkasini xorijiy investorlarga 50 yilgacha muddatga, investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali uzoq muddatli ijaraga berish taklif etilgan;
milliy iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb etishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida xorijiy investisiyalar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investisiya muhiti jozibadorligini oshirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xorijiy va mahalliy investorlar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida B2B (business to business) shakldagi hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-fevraldagi “Mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarning yagona reestrini shakllantirish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 27 yanvardagi 03/41-7-1176-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijiy investorlar uchun yanada qulay investisiya muhitining yaratilishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning umumiy investisiya xajmidagi ulushi 35-40 foizgacha o‘sishiga erishilgan.
10 million AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda xorijiy investisiyasi ulushi bo‘lgan investisiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investisiya shartnomalarini tuzish huquqi berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 27 yanvardagi 03/41-7-1176-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet el investorlariga investisiya shartnomalarini tuzish huquqi berilishi, ularning loyihalarga mablag‘ kiritishni rag‘batlantirishi mumkin. Bu davlat iqtisodiyotiga ko‘proq xorijiy kapital jalb qilishga yordam beradi.
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkasini xorijiy investorlarga 50 yilgacha muddatga, investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali uzoq muddatli ijaraga berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 27 yanvardagi 03/41-7-1176-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida yoki boshqa sohalarda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga va erdan foydalanishning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
milliy iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb etishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida xorijiy investisiyalar hajmini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 27 yanvardagi 03/41-7-1176-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy investisiyalar hajmining oshishi milliy iqtisodiyotda ijobiy o‘zgarishlar yaratishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga va raqobatbardoshlikni oshirishga olib keladi.