Shodiev Jahongir Jo‘raqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inson qadri fenomeni: ijtimoiy-falsafiy tahlil”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fal242
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maksuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Teshaev Nutfullo Nasrulloevich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson qadri fenomenining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insonning fenomenal-strukturaviy komponentlari (inson erkinligi, inson farovonligi, inson qadri) falsafiy-antropologik diskursning ekzistensializm va nigilizm (mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish) konsepsiyalarining komparativistik tahlili asosida ichki salohiyat (erkin tanlov, ma’naviy etuklik, ijodiy qobiliyat) bilan tashqi shart-sharoitlar (ijtimoiy institutlar, adolat tamoyillari, huquqiy kafolatlar) o‘rtasidagi dialektik bog‘liqligi asoslab berilgan;
Sharq falsafasidagi inson qadrining kosubstansional dualistik xususiyatlari (ikki asosning mavjudligi va ular aynan voqeliklar bo‘lmay, yonma-yon mavjudlik tarzida obektiv borlig‘ida namoyon bo‘lishi) introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlarda sotsiotsentrik konsepsiyalar tarzida, G‘arb falsafasida personalizm, gumanizm, ekzistensializm va liberalizm konsepsiyalari tarzida ifodalanishi aniqlashtirilgan;
inson qadri bilan bog‘liq transsendental voqeliklar (qadriyatlar tizimi, ma’naviy ideallar va madaniy mezonlar) neometafizikaning spiritualistik xususiyatlari bilan aksiologik komponentning dialektik munosabatlari (inson qadri shaxsiy ma’naviy ehtiyoj, ijtimoiy butunlik va birdamlikni ta’minlovchi omil)da jamiyat ma’naviy-mafkuraviy tuzilish va ijtimoiy maqom prizmasi orqali ochib berilgan;
insonning ma’naviy-axloqiy kamolotida inson qadri va insoniylikning uyg‘unlashuvi gumanistik (insonparvarlik, hurfikrlilik, bag‘rikenglik) g‘oyalar vositasida yoshlarni ilm olish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hamda barkamollik ruhida tarbiyalashda uzlyuksiz ta’sir ko‘rsatishi, barqaror taraqqiyot, milliy va umuminsoniy manfaatlarning mushtaraklashuvi hamda ma’naviy uyg‘onishning uzlyuksizligini ta’minlashi (permanent ahamiyat kasb etishi) isbotlangan;
insonning qadr-qimmati antropologiyaning ma’naviy negizlari (insonning bilimi, qobiliyati, iste’dodi, iqtidori) bilan ularni sotsiodinamik jarayonda unifikatsiyalash (inson salohiyatini umumijtimoiy maqsadlar bilan uyg‘unlashtirish) va utilizatsiyalash mezonlariga (ijtimoiy hayotga samarali tatbiq etish) moslashtirilganligiga bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson qadri fenomenini ijtimoiy-falsafiy tahlil etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
insonning fenomenal-strukturaviy komponentlari (inson erkinligi, inson farovonligi, inson qadri) falsafiy-antropologik diskursning ekzistensializm va nigilizm (mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish) konsepsiyalarining komparativistik tahlili asosida ichki salohiyat (erkin tanlov, ma’naviy etuklik, ijodiy qobiliyat) bilan tashqi shart-sharoitlar (ijtimoiy institutlar, adolat tamoyillari, huquqiy kafolatlar) o‘rtasidagi dialektik bog‘liqligiga doir yangilik va takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida keltirilgan VIII. “Milliy axborot makonini rivojlantirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” sohasida keltirilgan vazifalarga va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-tarbiyaviy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2024-yil 19-iyundagi 02/02-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya yo‘l xaritasida belgilangan dasturlarini amalga oshirishga, partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini xolisona yoritishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
Sharq falsafasidagi inson qadrining kosubstansional dualistik xususiyatlari (ikki asosning mavjudligi va ular aynan voqeliklar bo‘lmay, yonma-yon mavjudlik tarzida obektiv borlig‘ida namoyon bo‘lishi) introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlarda sotsiotsentrik konsepsiyalar tarzida, G‘arb falsafasida personalizm, gumanizm, ekzistensializm va liberalizm konsepsiyalari tarzida ifodalanishiga oid ilmiy natijalar va xulosalardan O‘zbekiston “Ekologik” partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan vazifalarga va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-tarbiyaviy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashining 2024-yil 19-dekabrdagi 01/515-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda yoshlarning ekologik va estetik ongini shakllantirishda milliy qadriyatlarning ta’sir mexanizmlari hamda ularning ijtimoiy-madaniyligiga doir konseptual modellar partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
inson qadri bilan bog‘liq transsendental voqeliklar (qadriyatlar tizimi, ma’naviy ideallar va madaniy mezonlar) neometafizikaning spiritualistik xususiyatlari bilan aksiologik komponentning dialektik munosabatlari (inson qadri shaxsiy ma’naviy ehtiyoj, ijtimoiy butunlik va birdamlikni ta’minlovchi omil)da jamiyat ma’naviy-mafkuraviy tuzilish va ijtimoiy maqom prizmasi orqali ochib berilganligiga oid yangiliklar va tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Yoshlar vaqti”, “Najot bilimda”, “Zamondosh” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil ish rejasidagi “IV. Ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash, volontyorlikni rivojlantirish va yoshlarga oid istiqbolli g‘oyalarni qo‘llabquvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi” ijtimoiy loyihalarida va targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-maydagi 09-01-84-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 23-dekabrdagi 2-15-21-6870-son ma’lumotnomalari). Natijada, yoshlarni barkamol, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish hamda inson qadrini oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkonini bergan hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarda vatanparvarlikka qaratilgan targ‘ibot dasturlarini amalga oshirishga xizmat qilgan;
insonning ma’naviy-axloqiy kamolotida inson qadri va insoniylikning uyg‘unlashuvi gumanistik (insonparvarlik, hurfikrlilik, bag‘rikenglik) g‘oyalar vositasida yoshlarni ilm olish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hamda barkamollik ruhida tarbiyalashda uzlyuksiz ta’sir ko‘rsatishi, barqaror taraqqiyot, milliy va umuminsoniy manfaatlarning mushtaraklashuvi hamda ma’naviy uyg‘onishning uzlyuksizligini ta’minlashi (permanent ahamiyat kasb etishi)ga doir yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 10-bandi “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarni tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 20-dekabrdagi 10/225-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs ma’naviyatini shakllantirishda inson qadri va insoniylik uyg‘unligining ijtimoiy-falsafiy va ilmiy jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
insonning qadr-qimmati antropologiyaning ma’naviy negizlari (insonning bilimi, qobiliyati, iste’dodi, iqtidori) bilan ularni sotsiodinamik jarayonda unifikatsiyalash (inson salohiyatini umumijtimoiy maqsadlar bilan uyg‘unlashtirish) va utilizatsiyalash mezonlariga (ijtimoiy hayotga samarali tatbiq etish) moslashtirilganligiga bog‘liqligiga oid amaliy tavsiyalar va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqam “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” (2021-2022 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 24-dekabrdagi 04/11-14059-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat ijtimoiy hayotida inson qadri fenomeni: ijtimoiy-falsafiy tahliliga falsafiy tushunchalar asosida yondashib ogohlik maqomini insonparvarlik mezonlari va prinsiplari asosida amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.