Tashmetov Tuxtasin Xudayberganovichning 
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda g‘oyaviy omillardan foydalanishning zamonaviy texnologiyalari” “09.00.08. – Ma’naviy tarbiya” (falsafa fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fal227
Ilmiy maslachatchi: Nazarov Nasriddin Atakulovich tarix, falsafa va siyosiy fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: A.Muxtorov, falsafa fanlari doktori, professor, S.M.Gafurov, siyosiy fanlar doktori, professor, B.T.To‘ychiev, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda g‘oyaviy omillardan foydalanishning zamonaviy sotsiopedagogik va sotsiomadaniy texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq jihatlarini ilmiy-falsafiy asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishning ma’naviy-axloqiy va intellektual mezonlari (milliy, umuminsoniy va ilmiy), samarador ko‘rsatkichlari (maqsadli, strategik) va ijtimoiy-madaniy indikatorlari xorijiy va milliy tajribalar asosida qiyosiy tahlil etilib, O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi – milliy g‘oyaning falsafiy-axloqiy mezonlari asosida yoshlarni destruktiv g‘oyalardan himoya qilishning muhim omili ekani tasdiqlangan va bu borada ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
global jarayonlarning mezonlari va yo‘nalishlarini turkumlashtirish, ma’naviyatning jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga deterministik ta’sir etishi kabi g‘oyaviy omillarning ratsionalligi, insonparvarlikka moslashtirilganligi, yoshlarni destruktiv himoya qilish imkoniyatlari, dalillangan;
axborotlashgan jamiyatda inson ratsional faoliyatining mantiqiy izchilligi, shaxs identikligi shakllanishining kommunikativ, kognitiv, informativ, ijtimoiy-falsafiy jihatlari axborot oqimi va tizimi negizida sintezlashgan holda milliy madaniyatlar transformatsiyalashuvi fonida vujudga kelishi asoslangan;
yoshlarni ma’naviy tarbiyalash borasidagi sotsiomadaniy va sotsiopedagogik usullarning, yaratilgan ilmiy, nazariy, falsafiy ta’limotlar, g‘oya va mafkuralarning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liq praksiologik va regulyativ xarakteri hamda g‘oyaviy omil sifatida ularning mohiyati ochib berilgan;
yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning innovatsion, kreativ va samarali vositalarini tahlil etish orqali chiziqli va nochiziqli modellashtirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar (siyosiy texnologiyalar, axborot texnologiyalari, muloqot texnologiyalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirishga jalb etish texnologiyalari) milliy o‘zlikni asrash, axloqiy qadriyatlarga sodiqlik Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishga ishonch, tashqi destruktiv ta’sirga qarshi immunitetni shakllantirish va g‘oyaviy omillari, mavjud intellektual salohiyatdan foydalanishning ong osti mexanizmlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda g‘oyaviy omillardan foydalanishning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishning ma’naviy-axloqiy va intellektual mezonlari (milliy, umuminsoniy va ilmiy), samarador ko‘rsatkichlari (maqsadli, strategik) va ijtimoiy-madaniy indikatorlari xorijiy va milliy tajribalar asosida qiyosiy tahlil etilib, O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi – milliy g‘oyaning falsafiy-axloqiy mezonlari asosida yoshlarni destruktiv g‘oyalardan himoya qilishning muhim omili ekani tasdiqlangan va bu borada ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2024-yil 8-fevraldagi 02/08/-1491-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda g‘oyaviy omillardan foydalanishning dolzarbligi, zarurati va ahamiyatini nazariy va falsafiy jihatdan asoslash, bu borada ilmiy jamoatchilik fikri va qarashlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
global jarayonlarning mezonlari va yo‘nalishlarini turkumlashtirish, ma’naviyatning jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga deterministik ta’sir etishi kabi g‘oyaviy omillarning ratsionalligi, insonparvarlikka moslashtirilganligi, yoshlarni destruktiv himoya qilish imkoniyatlari, dalillanishiga oid xulosa, takliflar va boshqa fikr-mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi 2024-yil 14-martdagi №14-07-429) hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-seminar, trening va targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2024-yil 2-fevraldagi 1-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amalyotga joriy etilishi yuzasidan berilgan nazariy xulosalar, amaliy takliflar mamlakatimiz yoshlarini ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishga, milliy o‘zlikni anglashga milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usining shakllanishiga, milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodning mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda inson ratsional faoliyatining mantiqiy izchilligi, shaxs identikligi shakllanishining kommunikativ, kognitiv, informativ, ijtimoiy-falsafiy jihatlari axborot oqimi va tizimi negizida sintezlashgan holda milliy madaniyatlar transformatsiyalashuvi fonida vujudga kelishi asoslangan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining istiqbol rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil 25-yanvardagi 02/02-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya yoshlar qanoti vakillarining milliy ma’naviyatga bo‘lgan ishonchini “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” tamoyili asosida mustahkamlashga xizmat qilgan;
yoshlarni ma’naviy tarbiyalash borasidagi sotsiomadaniy va sotsiopedagogik usullarning, yaratilgan ilmiy, nazariy, falsafiy ta’limotlar, g‘oya va mafkuralarning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liq praksiologik va regulyativ xarakteri hamda g‘oyaviy omil sifatida ularning mohiyatiga doir ilmiy xulosa va amaliy takliflardan PZ-20170930366 raqamli “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihalar mazmuniga singdirilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 20-yanvardagi 03/08-1004-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini yanada yuksaltirishga, yoshlarda ma’naviyatga bo‘lgan ishonch va e’tiqodining mustahkamlanishiga erishilgan;
yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning innovatsion, kreativ va samarali vositalarini tahlil etish orqali chiziqli va nochiziqli modellashtirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar (siyosiy texnologiyalar, axborot texnologiyalari, muloqot texnologiyalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirishga jalb etish texnologiyalari) milliy o‘zlikni asrash, axloqiy qadriyatlarga sodiqlik Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishga ishonch, tashqi destruktiv ta’sirga qarshi immunitetni shakllantirish va g‘oyaviy omillari, mavjud intellektual salohiyatdan foydalanishning ong osti mexanizmlari aniqlashtirishga oid tavsiya, xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati kengashi tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-seminar, trening va targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 7-fevraldagi 1-01-21-366 son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy ma’naviyatni yoshlar ongiga singdirishning zamonaviy texnologiyalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yosh avlodga etkazishning infrastrukturasi hamda mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish