Yigitov Ayubxon Azizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Simul`tant laparoskopik operatsiyalarni qo‘llash orqali qorin bo‘shlig‘i organlarida hamrox kasalliklarining davolash natijalarini yaxshilash», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4981.
Ilmiy rahbar: Xodjimatov Gulomiddin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Irmatov Sarvar Xikmatillaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiët instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma xirurgik kasalliklarida simul`tan operativ aralashuvlar vaqtida asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan videoendoxirurgik usullarni qo‘llash orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda etarli klinik material asosida simul`tan operatsiyalar sharoitida immunologik markerlar dinamikasi, qo‘llaniladigan xirurgik usullar va perioperatsion davr yuritilishining morfofnksional xususiyatlari aniqlangan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma xirurgik kasalliklarini operativ davolashda izolyasion yoki bir tashrix davomida bajariladigan aralashuvlarni o‘tkazish zaruratini kompleks baholash bilan simul`tan endovideoxirurgik tashrixlarning taktik va texnik jihatlari aniqlangan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma xirurgik kasalliklarini davolashda immunologik va laborator ko‘rsatkichlarni (CD3+, CD4+, IL-6, SRO, limfotsitlar) baholagan holda immunosupressiv fenotipni hamda immuntanqislik holati ehtimolligini aniqlash orqali immunokorreksiya qilish modeli ishlab chiqilgan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarida simul`tan operativ aralashuvlar vaqtida asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan hamda “tezkor tiklanish” (fts) konsepsiyasiga asoslangan holda individuallashtirilgan tashxisot va davolash-reabilitatsiya taktik tartibotining klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma xirurgik kasalliklarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda etarli klinik material asosida simul`tan operatsiyalar sharoitida immunologik markerlar dinamikasi, qo‘llaniladigan xirurgik usullar va perioperatsion davr yuritilishining morfofnksional xususiyatlari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 6i-41/u-son bilan tasdiqlangan «Simul`tant laparoskopik operatsiyalarni qo‘llash orqali qorin bo‘shlig‘i organlarida hamrox kasalliklarining davolash natijalarini yaxshilash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 28.04.2025 yildagi 98/9-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 12.05.2025 yildagi 71-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/33-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish bemorlarni davolash davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar sonini keskin kamaytiradi; tashrixdan oldingi va keyingi asoratlarning chastotasini kamaytirish natijasida reabilitatsiya vaqti tezroq amalga oshib, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda kompleks baholangan perioperatsion davr xususiyatlarini inobatga olish har bir bemorga kutilayotgan sarf-xarajatlar o‘rtacha 3922052,1 so‘mni (bemorning shifoxonadagi dastlabki kuni tekshiruvlari, muolajalari, amaliyotlari va boshq. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi AF preyskuranti bo‘yicha), taklif qilinayotgan jarrohlik taktikasida ushbu qiymat 2792718,8 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajatlarni 1,4 barobar kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: taklif etilayotgan jarrohlik taktikasidagi kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun 1129333,3 so‘m iqtisod qilinishiga imkon beradi. Buning natijasida yillik iqtisodiy samara 212314660,4 so‘mni tashkil etadi (188 nafar bemor uchun).
ikkinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma xirurgik kasalliklarini operativ davolashda izolyasion yoki bir tashrix davomida bajariladigan aralashuvlarni o‘tkazish zaruratini kompleks baholash bilan simul`tan endovideoxirurgik tashrixlarning taktik va texnik jihatlari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 6i-41/u-son bilan tasdiqlangan «Simul`tant laparoskopik operatsiyalarni qo‘llash orqali qorin bo‘shlig‘i organlarida hamrox kasalliklarining davolash natijalarini yaxshilash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 28.04.2025 yildagi 98/9-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 12.05.2025 yildagi 71-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/33-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni davolashda simul`tan endovideoxirurgik tashrixlarning aniqlashtirilgan taktik va texnik jihatlari bemorlarga bir vaqtda qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma xirurgik kasalliklaridan davolanishga, xayot sifatini oshirishga, mehnat qobiliyatini tez tiklanishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan usullarni kompleks qo‘llash orqali bemorlarning tashrixdan keyingi erta faollashtirishga erishilgan, buning natijasida bemorlarning reanimatsiya bo‘limida qarov vaqti o‘rtacha 23,1 soatdan 14,9 soatga qisqargan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi AF preyskuranti bo‘yicha (02.02.2024yil) reanimatsiya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi fuqorolari uchun reanimatsiya qarovi uchun 1 soati- 42000 so‘m, 24 soati uchun 1000000 so‘mni tashkil etgan. Hisoblashga ko‘ra an’anaviy-standart taktika qo‘llanilganda bir bemor uchun reanimatsiya bo‘limida qarov uchun 970200 (23,1×42000=970200) so‘m sarflangan, taklif etilgan usul joriy etilganda esa 625800 so‘m (14,9×42000=625800) sarflangan. Demak takomillashtirilgan usulni qo‘llash natijasida bir bemordan 344400 so‘m (970200–625800= 344400) tejash imkonini beradi. Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun 344400 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi.
uchinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma xirurgik kasalliklarini davolashda immunologik va laborator ko‘rsatkichlarni (CD3+, CD4+, IL-6, SRO, limfotsitlar) baholagan holda immunosupressiv fenotipni hamda immuntanqislik holati ehtimolligini aniqlash orqali ishlab chiqilgan immunokorreksiya qilish modeli Andijon davlat tibbiyot instituti kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 6i-41/u-son bilan tasdiqlangan «Simul`tant laparoskopik operatsiyalarni qo‘llash orqali qorin bo‘shlig‘i organlarida hamrox kasalliklarining davolash natijalarini yaxshilash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 28.04.2025 yildagi 98/9-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 12.05.2025 yildagi 71-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/33-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan immunokorreksiya qilish modelini qo‘llash tashrixdan keyingi asoratlar sonini kamaytirish, bemorlarning reabilitatsiya vaqtini qisqartirish, tashrixdan keyingi o‘lim darajasini kamaytirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma xirurgik kasalliklarini davolashda taklif etilayotgan modelni qo‘llash natijasida shifoxonada qolish muddati o‘rtacha 9 kundan 6 kunga qisqargan. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi AF preyskuranti bo‘yicha yotoq-o‘rini, dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 188222,6 so‘mni tashkil etsa, 3 kunlik xarajat 564666,7 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun 564666,7 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=54) 30492001,8 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i a’zolarida simul`tan operativ aralashuvlar vaqtida asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan hamda “tezkor tiklanish” (fts) konsepsiyasiga asoslangan holda individuallashtirilgan tashxisot va davolash-reabilitatsiya taktik tartibotining klinik samaradorligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti kengashi tomonidan 2025 yil 22 aprelda 6i-41/u-son bilan tasdiqlangan «Simul`tant laparoskopik operatsiyalarni qo‘llash orqali qorin bo‘shlig‘i organlarida hamrox kasalliklarining davolash natijalarini yaxshilash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 28.04.2025 yildagi 98/9-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 12.05.2025 yildagi 71-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/33-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: individuallashtirilgan jarrohlik taktikasini qo‘llash diagnostik xatolar va tashrixdan keyingi asoratlar sonini kamaytirish, bemorlarning reabilitatsiya vaqtini qisqartirish, tashrixdan keyingi o‘lim darajasini kamaytirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Hisob-kitoblarga asoslanib, asosiy guruhdagi bemorlarda simul`tan laparoskopik amaliyotlarni o‘tkazishdan o‘rtacha iqtisodiy samaradorlik 1 nafar bemorga 8413442 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: individuallashtirilgan tashxisot va davolash-reabilitatsiya taktik tartibotidan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=54) jami 454325868 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.