Shukurova Gulnoz Muhammadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik maktab yoshi o‘quvchilarida ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlari”. 19.00.06 –Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1120.
Ilmiy rahbar: Ostanov Shuxrat Sharipovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/04.01.2025.P.190.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshi o‘quvchilarida ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlarini tadqiq etish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlanishi ta’limiy axborotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash, arifmetik amallarni bajarishda ko‘rgazmalilikning ustuvorliligiga asoslanib obrazlarning egiluvchanligi, chuqurligini obektni modellashtirishga qaratilgan harakatlarning intereorizatsiyasiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlanishi shaxsdagi fikrlarning ravonligi, kognitiv xususiyatlarni, matematik qobiliyatlar esa moslashuvchanlik, narsa va predmetlarni farqlash jarayonini kuchli ifodalanishiga ta’sir etganligi tufayli verbal tafakkurning senzitivlik asosida transformatsiyalashuviga bog‘liq namoyon bo‘ladigan ijodiy fikrlashga indentiv kechishi isbotlangan;
o‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishda mantiqiy fikrlash umumiy bilimdonlik va ziyraklik, so‘z boyligini, kognitiv xususiyatlar analogiyalarni topishni, matematik qobiliyatni kuchayishiga olib kelganligi tufayli bolaning intellek darajasi predmetning obrazini sintezlash xususiyatiga bog‘liq yetakchi psixologik omil ekanligi isbotlangan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishning psixologik modeli bolalarning ko‘rgazmali-obrazli xotirasini yoshga oid rivojlanishini intellektual xislar bilan uyg‘unlashishiga erishish muhimligi tufayli “kognitiv”, “emotsional”, “motivatsion”, “ijtimoiy” komponentlarni fazoni obrazli modellashtirish qobiliyati orqali o‘zaro integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshi o‘quvchilarida ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik determinantlari”ni o‘rganishga doir tadqiqot natijalari asosida:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlanishi ta’limiy axborotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash, arifmetik amallarni bajarishda ko‘rgazmalilikning ustuvorliligiga asoslanib obrazlarning egiluvchanligi, chuqurligini obektni modellashtirishga qaratilgan harakatlarning intereorizatsiyasiga bog‘liq ekanligi dalillangan xulosalardan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19-maydagi PM-342-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi.Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-342a-sonli ma’lumotnomasi). Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlanishidagi differensiativ xususiyatlar aniqlangan.
o‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlanishi shaxsdagi fikrlarning ravonligi, kognitiv xususiyatlarni, matematik qobiliyatlar esa moslashuvchanlik, narsa va predmetlarni farqlash jarayonini kuchli ifodalanishiga ta’sir etganligi tufayli verbal tafakkurning senzitivlik asosida transformatsiyalashuviga bog‘liq namoyon bo‘ladigan ijodiy fikrlashga indentiv kechishi isbotlangan tavsiyalardan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19-maydagi PM-342-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” modulini faoliyatga joriy etish jarayonida foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-342a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshi o‘quvchilarida ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar aniqlangan.
o‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishda mantiqiy fikrlash umumiy bilimdonlik va ziyraklik, so‘z boyligini, kognitiv xususiyatlar analogiyalarni topishni, matematik qobiliyatni kuchayishiga olib kelganligi tufayli bolaning intellek darajasi predmetning obrazini sintezlash xususiyatiga bog‘liq yetakchi psixologik omil ekanligi isbotlangan tavsiyalardan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 19-maydagi PM-342-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” modulini faoliyatga joriy etish jarayonida foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-342a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshi o‘quvchilarida ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishda intellekt darajasi xususiyatlarini tahlil qilingan.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishning psixologik modeli bolalarning ko‘rgazmali-obrazli xotirasini yoshga oid rivojlanishini intellektual xislar bilan uyg‘unlashishiga erishish muhimligi tufayli “kognitiv”, “emotsional”, “motivatsion”, “ijtimoiy” komponentlarni fazoni obrazli modellashtirish qobiliyati orqali o‘zaro integratsiyasi asosida takomillashtirilgan ilmiy natijalardan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-342-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 12-maydagi PM-342a-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshi o‘quvchilarida ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishning psixologik shart-sharoitlariga doir nazariy-amaliy xulosalar ishlab chiqish va uning amaliy imkoniyatlari aniqlangan.