Olimov Laziz Yarashovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sud va tergov faoliyatida psixolog kompetentligini takomillashtirish”. 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/P218.  
Ilmiy maslahatchi: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Safarov Dilmurod Halimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sagindikova Nargiza Djubatkanovna psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sud va tergov faoliyatida psixolog kompetentligini aniqlash va uni takomillashtirishga oid zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sud psixolog-ekspertining kasbiy kompetentligini namoyon bo‘lishida «gumondor», «ayblanuvchi», «jabrlanuvchi» shaxsini noverbal xatti-harakatlari, nutqi va uning tuzilishi, ijtimoiy rollariga bog‘liq munosabatlarini tahlil qilish orqali profayling baholash uchun kasbiy kreativ fikrlashning rivojlanganlik darajasiga ko‘ra ijodiy va kontekstual fikrlashning psixodiagnostik kompetentlikka vektorli ta’siri muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
sud psixolog-eksperti va psixolog-mutaxassis tekshirishlarini sifatli o‘tkazilishini ta’minlashda psixolog emotsional holatining barqarorligi intellektual boshqaruvga, kasbiy faoliyat jarayonida ijodiy fikrlash va intuisiyalarni namoyon etilishida shaxsga nisbatan empatik yondashuvga zarurat borligiga ko‘ra, psixolog emotsional intellektining kasbiy kompetentlikni regulyativ xususiyatlariga o‘zaro bog‘liq rivojlanishi muhimligi isbotlangan; 
sud va tergov faoliyatidagi kazusli holat bilan bog‘liq psixologik holatlarga muvofiq mutaxassisning «ayblanuvchi», «jabrlanuvchi», «gumondor», «guvoh» shaxsini differensial baholashdagi psixodiagnostik savodxonligi, ma’lumotlarni oydinlashtirishdagi psixologik xizmat ko‘rsatish o‘quvlarini shakllantirish muhimligi tufayli stressga barqarorlikning analitik tafakkur ta’sirida kasbiy kompetentlikka integrativ rivojlanishi zarurligi dalillangan; 
sud psixologining psixodiagnostik kompetentligini rivojlanishida tergov va sud-eksperitizasi jarayonidagi vaziyatga yo‘nalganlik, holatni prognozlash, maqsadni belgilash, kazusli holatda obektiv tahlilga tayanib tezkor va asosli qaror qabul qilish xususiyati shakllanganligining muhimligiga ko‘ra professional neytrallikni saqlash, manipulyativ ta’sirlardan himoyalanishni o‘zlashtirganligi o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyati bilan uyg‘unlashuvining zarurati dalillangan;
sud va tergov faoliyatidagi psixolog kompetentligini takomillashtirish modeli shaxsdagi kreativ fikrlash, sud psixologik ekspertizasiga doir ijtimoiy-psixologik bilimlar diapozoni va emotsional intellektning darajaviy vektorini kasbiy kompetentlikni shakllanishiga ta’siri muhimligi tufayli so‘roq qilinayotgan shaxsning holatini prognozlash, hissiy-irodaviy barqarorlik, refleksiya ko‘nikmalarni integrallash asosida rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Sud va tergov faoliyatida psixolog kompetentligi takomillashtirish» yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sud psixolog-ekspertining kasbiy kompetentligini namoyon bo‘lishida «gumondor», «ayblanuvchi», «jabrlanuvchi» shaxsini noverbal xatti-harakatlari, nutqi va uning tuzilishi, ijtimoiy rollariga bog‘liq munosabatlarini tahlil qilish orqali profayling baholash uchun kasbiy kreativ fikrlashning rivojlanganlik darajasiga ko‘ra, ijodiy va kontekstual fikrlashning psixodiagnostik kompetentlikka vektorli ta’siri muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan ilmiy ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 09-noyabrdagi PM-247-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» fani moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-247a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sud va tergov faoliyatida psixolog kompetentligini ifodalovchi ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan; 
sud psixolog-eksperti va psixolog-mutaxassis tekshirishlarini sifatli o‘tkazilishini ta’minlashda psixolog emotsional holatining barqarorligi intellektual boshqaruvga, kasbiy faoliyat jarayonida ijodiy fikrlash va intuisiyalarni namoyon etilishida shaxsga nisbatan empatik yondashuvga zarurat borligiga ko‘ra, psixolog emotsional intellektining kasbiy kompetentlikni regulyativ xususiyatlariga o‘zaro bog‘liq rivojlanishi muhimligi isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-247-sonli buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» fani moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-247a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sud va tergov faoliyatida psixologning psixodiagnostik kompetentligi tashkiliy-psixologik jihatdan takomillashtirilgan;
sud va tergov faoliyatidagi kazusli holat bilan bog‘liq psixologik holatlarga muvofiq mutaxassisning «ayblanuvchi», «jabrlanuvchi», «gumondor», «guvoh» shaxsini differensial baholashdagi psixodiagnostik savodxonligi, ma’lumotlarni oydinlashtirishdagi psixologik xizmat ko‘rsatish o‘quvlarini shakllantirish muhimligi tufayli stressga barqarorlikning analitik tafakkur ta’sirida kasbiy kompetentlikka integrativ rivojlanishi zarurligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-247-sonli buyrug‘iga asosan «Yuridik psixologiya» fani moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-247a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sud va tergov faoliyatida psixolog kompetentligi omillari o‘rtasidagi o‘zaro korrellyasion bog‘liqligi asoslab berilgan;
sud psixologining psixodiagnostik kompetentligini rivojlanishida tergov va sud-eksperitizasi jarayonidagi vaziyatga yo‘nalganlik, holatni prognozlash, maqsadni belgilash, kazusli holatda obektiv tahlilga tayanib tezkor va asosli qaror qabul qilish xususiyati shakllanganligining muhimligiga ko‘ra, professional neytrallikni saqlash, manipulyativ ta’sirlardan himoyalanishni o‘zlashtirganligi o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyati bilan uyg‘unlashuvining zarurati dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-247-sonli buyrug‘iga asosan «Ijimoiy psixologiya» fani moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-247c-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sud va tergov faoliyatida psixolog kompetentligiga ijtimoiy-psixologik ta’sir mexanizmlari samaradorligini ta’minlovchi omillar takomillashtirilgan;
sud va tergov faoliyatidagi psixolog kompetentligini takomillashtirish modeli shaxsdagi kreativ fikrlash, sud psixologik ekspertizasiga doir ijtimoiy-psixologik bilimlar diapozoni va emotsional intellektning darajaviy vektorini kasbiy kompetentlikni shakllanishiga ta’siri muhimligi tufayli so‘roq qilinayotgan shaxsning holatini prognozlash, hissiy-irodaviy barqarorlik, refleksiya ko‘nikmalarni integrallash asosida rivojlantirishga ustuvorlik berish orqali optimallashtirilganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-247-sonli buyrug‘iga asosan «Yuridik psixologiya» fani moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-247a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sud va tergov faoliyatida psixolog kompetentligini takomillashtirishga oid zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish