Nomozova Latofat Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori sinf o‘qituvchilarida psixologik kompetensiyalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P935. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/04.01.2025.P.190.01.
Rasmiy opponentlar: Fayziyeva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘qituvchilarida psixologik kompetensiyalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘qituvchilaridagi psixologik kompetensiyalarning rivojlanishi o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish, ularning individual xususiyatlarini tushunish va qulay ta’lim muhitini yaratish imkonini beruvchi bilim, ko‘nikma va shaxs xususiyatlarining shakllanganlik darajasiga bog‘liqligi tufayli, intellektual va konativ sifatlarning axloqiy intuisiya orqali uyg‘unlashuvi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan;
yuqori sinf o‘qituvchilarining psixologik kompetensiyalarini rivojlanishi pedagogning kasbiy-psixologik pozisiyasini psixologik savodxonlik, faollik, o‘zini boshqarish, intellektual xususiyatlarga bog‘liq dinamik shakllanishiga asoslanib professional o‘zini o‘zi anglashning ta’siriga bog‘liq ijodiy qobiliyatlarni subekti lokus nazorat asosida ifodalanishiga identiv ekanligi isbotlangan;
yuqori sinf o‘qituvchilaridagi psixologik kompetensiyalarning rivojlanishi pedagogni o‘quvchilarning hissiy kechinmalarini idrok etishi, baholashi, tushunishi, o‘z kechinmalarini boshqarishi, farqlashi ijtimoiy persepsiya bilan determinatsiyalashgan kasbiy-sub’ektiv omil ekanligi tufayli emotsional intellektning professional “men” obrazi ta’sir darajasida shakllanganligiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
yuqori sinf o‘qituvchilarining psixologik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli pedagogik muloqotda o‘quvchining individual shakllanish traektoriyasini baholay olish ko‘nikmasi, hissiy bilimdonlik, ijtimoiy-perseptiv xususiyatlarni rivojlanishi shaxsning kasbiy qadriyatlar tizimini qayta baholashiga ta’sir etganligi tufayli, didaktik ijtimoiylashuv jarayonida metakognitiv sifatlarni shakllantirishning intellektual-regulyativ determinantlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yuqori sinf o‘qituvchilarida psixologik kompetensiyalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:  
yuqori sinf o‘qituvchilaridagi psixologik kompetensiyalarning rivojlanishi o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish, ularning individual xususiyatlarini tushunish va qulay ta’lim muhitini yaratish imkonini beruvchi bilim, ko‘nikma va shaxs xususiyatlarining shakllanganlik darajasiga bog‘liqligi tufayli, intellektual va konativ sifatlarning axloqiy intuisiya orqali uyg‘unlashuvi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 maydagi PM-341-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12 maydagi PM-341a-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sinf o‘qituvchilarida psixologik kompetensiyalarni namoyon bo‘lishidagi ustuvor omillar aniqlashtirilgan.
yuqori sinf o‘qituvchilarining psixologik kompetensiyalarini rivojlanishi pedagogning kasbiy-psixologik pozisiyasini psixologik savodxonlik, faollik, o‘zini boshqarish, intellektual xususiyatlarga bog‘liq dinamik shakllanishiga asoslanib professional o‘zini o‘zi anglashning ta’siriga bog‘liq ijodiy qobiliyatlarni subekti lokus nazorat asosida ifodalanishiga identiv ekanligi isbotlangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 maydagi PM-341-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12 maydagi PM-341a-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sinf o‘qituvchilarida psixologik kompetensiyalarni namoyon bo‘lishidagi ijodiy faollikning o‘rni aniqlangan.
yuqori sinf o‘qituvchilaridagi psixologik kompetensiyalarning rivojlanishi pedagogni o‘quvchilarning hissiy kechinmalarini idrok etishi, baholashi, tushunishi, o‘z kechinmalarini boshqarishi, farqlashi ijtimoiy persepsiya bilan determinatsiyalashgan kasbiy-sub’ektiv omil ekanligi tufayli emotsional intellektning professional “men” obrazi ta’sir darajasida shakllanganligiga bog‘liq ekanligi aniqlangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 maydagi PM-341-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12 maydagi PM-341a-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sinf o‘qituvchilarida psixologilk kompetensiyalarni rivojlanishiga emosional, intellektning ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan
yuqori sinf o‘qituvchilarining psixologik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli pedagogik muloqotda o‘quvchining individual shakllanish traektoriyasini baholay olish ko‘nikmasi, hissiy bilimdonlik, ijtimoiy-perseptiv xususiyatlarni rivojlanishi shaxsning kasbiy qadriyatlar tizimini qayta baholashiga ta’sir etganligi tufayli, didaktik ijtimoiylashuv jarayonida metakognitiv sifatlarni shakllantirishning intellektual-regulyativ determinantlari asosida takomillashtirilgan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19 maydagi PM-341-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12 maydagi PM-341a-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sinf o‘qituvchilarida psixologik kompetensiyalarni rivojlanishini ta’minlovich psixologik model va trening dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish