Aminova Gulnoza Nasritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi 
e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida kommunikativ kompetentlik omillari namoyon etilishining pedagogik-psixologik determinantlari”. 19.00.06 –Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P736.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/04.01.2025.P.190.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubova Go‘zal Asatullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida kommunikativ kompetentlik omillari namoyon etilishining pedagogik-psixologik determinantlarini o‘rganish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining shaxs yo‘nalg‘anligini kommunikativ kompetentlik namoyon bo‘lishiga ta’siri o‘z subektiv dunyosi va bolalarning ichki olamiga qiziqishini kuchliligi “tarbiyachi – ota-ona”, “tarbiyachi – tarbiyalanuvchi” munosabatlarida suhbatdoshning qarashlarini qabul qilish va tinglash qobiliyatini empatiyaga bog‘liq rivojlanishi natijasida egotsentrik qarashlarning altruistik pozisiyaga perseptiv ko‘nikmalar asosida o‘zgarishi dalillangan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kommunikativ kompetentligini namoyon bo‘lishi muloqotdagi yon bosuvchanlik, loqaydlik, agressivlik kabi psixologik to‘siqlarni professional faoliyatda affiliyasiya motivlarini rivojlantirish asosida bartaraf etish muhimligiga ko‘ra muloqotning motivatsion-qadriyatlilik, kognitiv, xulq-atvor omillariga “boshqalarni” adekvat idrok qilish xususiyati orqali bog‘liqligi dalillangan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida kommunikativ kompetentlikni namoyon bo‘lishi shaxslararo munosabatlarda axborot almashinish, noverbal ta’sirlarni qo‘llash ko‘nikmasi bilan bog‘liq gneoseologik, muloqot madaniyati va suhbatdoshni hurmat qilish bilan bog‘liq aksiologik qarashlardagi differensiatsiya tufayli affiliyasiya motivlarining ijtimoiy kutuvlarga muvofiq ekstriorizatsiyasiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modeli shaxsning ijtimoiy vaziyatga yo‘nalg‘anligi, bolalar va ularning ota-onalarini tushunishi, verbal hamda noverbal ta’sir usullarini to‘g‘ri qo‘llashini real faoliyatda namoyon bo‘lishi muhimligi sababli, psixokorreksion faoliyatga muloqotdagi kauzal atribusiyaning regulyativ qadriyatlarga bog‘liq intensiv va dispozision darajasini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida kommunikativ kompetentlik omillari namoyon etilishining pedagogik-psixologik determinantlari” ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:  
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining shaxs yo‘nalg‘anligini kommunikativ kompetentlik namoyon bo‘lishiga ta’siri o‘z subektiv dunyosi va bolalarning ichki olamiga qiziqishini kuchliligi “tarbiyachi – ota-ona”, “tarbiyachi – tarbiyalanuvchi” munosabatlarida suhbatdoshning qarashlarini qabul qilish va tinglash qobiliyatini empatiyaga bog‘liq rivojlanishi natijasida egotsentrik qarashlarning altruistik pozisiyaga perseptiv ko‘nikmalar asosida o‘zgarishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-287-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-287a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kommunikativ kompetentligiga ta’sir etuvchi pedagogik–psixologik omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kommunikativ kompetentligini namoyon bo‘lishi muloqotdagi yon bosuvchanlik, loqaydlik, agressivlik kabi psixologik to‘siqlarni professional faoliyatda affiliyasiya motivlarini rivojlantirish asosida bartaraf etish muhimligiga ko‘ra muloqotning motivatsion-qadriyatlilik, kognitiv, xulq-atvor omillariga “boshqalarni” adekvat idrok qilish xususiyati orqali bog‘liqligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-287 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-287a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilar faoliyatida psixologik-pedagogik kompetentlik komponentlar rivojlanishiga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida kommunikativ kompetentlikni namoyon bo‘lishi shaxslararo munosabatlarda axborot almashinish, noverbal ta’sirlarni qo‘llash ko‘nikmasi bilan bog‘liq gneoseologik, muloqot madaniyati va suhbatdoshni hurmat qilish bilan bog‘liq aksiologik qarashlardagi differensiatsiya tufayli affiliyasiya motivlarining ijtimoiy kutuvlarga muvofiq ekstriorizatsiyasiga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM- 287son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-287a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yurituvchi tarbiyachilardagi kommunikativ kompetentlik omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modeli shaxsning ijtimoiy vaziyatga yo‘nalg‘anligi, bolalar va ularning ota-onalarini tushunishi, verbal hamda noverbal ta’sir usullarini to‘g‘ri qo‘llashini real faoliyatda namoyon bo‘lishi muhimligi sababli, psixokorreksion faoliyatga muloqotdagi kauzal atribusiyaning regulyativ qadriyatlarga bog‘liq intensiv va dispozision darajasini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-287son buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-287a-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyachilarda kommunikativ kompetentlik omillarini rivojlantirishga mo‘ljallangan pedagogik–psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish