To‘raboeva Gulhayo Normo‘min qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Introduksiya sharoitlarida Indigofera tinctoria L. ning bioekologik xususiyatlari va samarali foydalanish yo‘llari», 03.00.10 – Ekologiya, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/B310.
Ilmiy rahbar: Matkarimova Anarjan Abdikarimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.B.01.15 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Saxiba Shamurzaevna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya sharoitida Indigofera tinctoria L. ning bioekologik xususiyatlarini va fitokimyoviy tarkibini aniqlash hamda ko‘paytirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Indigofera tinctoria L. urug‘ining unib chiqishining xususiyatlari aniqlangan, uning ontogenezining asosiy bosqichlari va fazalari belgilangan, atrof-muhitning turli omillari ta’siriga bog‘liq holda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi jarayonlari batafsil tavsiflangan;
o‘simlikning gullashining kunlik va mavsumiy maromlari o‘rnatilgan, g‘unchalar ochilishining xarakterli davrlarini, gullash fazasining davomiyligini va uning jadalligini harorat, yoritilganlik va boshqa tabiiy-iqlim sharoitlarining o‘zgarishiga bog‘liqligi isbotlangan;
Indigofera tinctoria L.ning potensial va haqiqiy urug‘lik mahsuldorligi ko‘rsatkichlari aniqlangan, ularni tabiiy tuproq-iqlim muhiti sharoitida hamda turli xil ekologik omillar ta’sirida amalda o‘zgarishi ochib berilgan;
Indigofera tinctoria L. o‘simligida ilk bor  biologik faol birikmalar mavjudligi aniqlangan va tabiiy indigo pigmenti olingan;
o’simlikning er usti massasidan efir moylari olinib, ularning komponent tarkibi aniqlangan;
Indigofera tinctoria L.ni etishtirish agrotexnologiyasining tadbirlari va iqtisodiy samaradorligi asoslab berilgan va o‘simlikni introduksiyasi natijalari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Introduksiya sharoitida Indigofera tinctoria L.ning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Indigofera  tinctoria  L.  o‘simligini Qashqadaryo  viloyati  turli tuproq iqlim sharoitlarida  ekish  yuzadidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining  Qashqadaryo  viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025 yil 19 apreldagi 03-03/1-03/3-9202-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo  viloyati  “Galabuta  marjonlari” fermer xo‘jaligiga 1  gektar  maydonda  3-3.5  t.  xom-ashyo  olish  va  ekish  uchun 400-600 kg urug‘lik mahsulot etishtirish imkonini bergan;
introduksiya  sharoitlarida Indigofera  L.  o‘simligining  bioekologik  xususiyatlari  va  samarali  foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar  O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 19 apreldagi 03-03/1-03/3-9202-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yakkabog‘ ixtisoslashgan davlat o‘rmon  xo‘jalik  er  maydonlarida  Indigofera  tinctoria  L.  turining  onalik plantatsiyalari tashkil etilib, ushbu o‘simlik turining urug‘ini ko‘paytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish